Davlat soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, yo‘lga qo‘yilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.
Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri – foyda solig‘i hisobotini taqdim etishda salbiy kurs o‘zgarishidan olingan daromad summasi noto‘g‘ri aks ettirish holatidir.
Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – taqdim etilayotgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 150-satr 5-ustunida aks ettirilgan summalarni foyda solig‘i hisobotining Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 130-satrida to‘g‘ri aks ettirilishi lozim.
Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 2 941 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 472,8 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.