Hisobotlardagi tafovutlarni kelib chiqish sabablarini tushuntirish, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarni oldini olish maqsadida soliq to‘lovchilar tomonidan hisobotlarni taqdim etishda ko‘plab uchrayotgan xatoliklar to‘g‘risida ma’lumot berilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Tahlillar davomida taqdim etilgan QQS hisobotida soliq solinadigan bazaga kiritiladigan aksiz solig‘i summasi hamda ushbu davr mobaynida to‘langan aksiz solig‘i summasi o‘rtasidagi tafovutlar aniqlanmoqda.
Bunga sabab – QQS hisobotining 0101-satrida (soliq solinadigan bazaga kiritiladigan aksiz solig‘i summasi) to‘langan aksiz solig‘i summasini emas balki ushbu davr mobaynida jami tovarlar aylanmasi summasini aks ettirish holatidir.
Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun – soliq to‘lovchilar tomonidan ushbu davr mobaynida haqiqatda to‘langan aksiz solig‘i summasi QQS solig‘i hisobotining 0101-satrida aks ettirilishi lozim.
Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 3 021 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 3 446,8 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.