Davlat soliq xizmati organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasi ga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu asosda, tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.
Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri – soliq to‘lovchilar tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida Soliq kodeksining 314-moddasi bo‘yicha QQSga doir xarajatlar summalarini noto‘g‘ri aks ettirishdir.
Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – Soliq kodeksining 314-moddasida belgilangan QQSga doir xarajatlar summalarini foyda solig‘i hisobotining Xarajatlar ilovasi (2-ilova) 0116-satrida to‘g‘ri aks ettirish lozim.
Ma’lumot uchun: 5 238 ta tashkilot tomonidan 2021-yil uchun taqdim etilgan soliq hisobotlarida jami 102,1 mlrd so‘mlik tafovut aniqlangan.