Davlat soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu asosda amalga oshirilayotgan tahlillar natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.
Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri – QQS to‘lovchilari tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmat) uchun onlayn-NKM orqali chop etilgan cheklarda QQS summasini aks ettirmaslik holatidir.
Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – soliq to‘lovchilar my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida tahrirlash (https://soliq.uz/storage/files/April2022/e4e48082804745ca01805093c3be000a.pdf) xizmatidan foydalanib QQSsiz rasmiylashtirilgan cheklarni QQS summasini ko‘rsatgan holda qayta rasmiylashtirish zarur.
Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 14 281 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 126 699,8 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.