Bugun, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, Ona tilim!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati ishtirok etdi.
Shuningdek, taniqli sanʼatkorlar o‘z chiqishlari bilan tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.
Davlat soliq xizmati organlarining bir guruh xodimlari ham tadbirda ishtirok etib, buyuk alloma Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.