Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi.
Shunga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lovchilar uchun, jismoniy shaxslarga jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan:
Dehqon xo‘jaligini yuritish va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan (eski tahrir - meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan) yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Milliy geografik axborot tizimini va davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geografik axborot tizimida yuritiladi.