2022-yilda Soliq qo‘mitasi tomonidan quyi soliq organlarining jami 557,4 mlrd so'mlik 120 ta qarori soliq to‘lovchilar foydasiga bekor qilingan
20/01/2023
1.01.2023-yil holatiga Soliq qo‘mitasiga shikoyat berish tartibida jami 1 556,5 mlrd so‘mlik 512 ta soliq nizolariga oid shikoyat kelib tushgan. Ularning barchasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan. Shundan:
soliq auditi bo‘yicha — 1 299,6 mlrd so‘mlik 299 ta;
sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha — 256,9 mlrd so‘mlik 213 ta.
Natijada:
557,4 mlrd so‘mlik 120 ta shikoyat bo'yicha (shundan, 37 tasi 468,2 mlrd so‘mlik qisman) soliq to‘lovchilarning shikoyati qanoatlantirilgan;
974,2 mlrd so‘mlik 369 ta shikoyat bo'yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirilib, bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;