Soliq to‘lovchilar 2022-yil uchun yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘iga joriy to‘lovlar bo‘yicha ma‘lumotnomani 1-fevralga qadar 1 m² minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etishi mumkin (eski shaklda).
Bunda:
- aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan korxonalar 10401_15-raqamli hisobot shaklini;
- aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari 10401_16-raqamli hisobot shaklini tanlagan holda taqdim etadi.
Shuningdek, 1 m² minimal qiymat miqdorini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan maʼlumotnoma shakllari ham ishlab chiqilgan.
Bunda:
- aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan korxonalar 10401_19-raqamli hisobot shaklini;
- aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari 10401_20-raqamli hisobot shaklini tanlagan holda taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, DSQ mutaxassislari tomonidan yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma shakllarini taqdim etish bo‘yicha USLUBIY QO‘LLANMA tayyorlandi.
➡️ Qo‘llanma bilan batafsil bu yerda tanishing
➡️ 2022-yildagi yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i haqida yangiliklar
➡️ Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha