Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ochiq ma’lumotlar – internet tarmog’ida ma’lumotlar massivi formatida joylashtirilgan, inson tomonidan oldindan o’zgartirish kiritilmasdan (mashina o’qiydigan) foydalaniladigan va avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berilishini ta’minlaydigan hamda erkin (bepul) foydalaniladigan davlat va mahalliy o’zini-o’zi idora qilish organlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlardir.

Internet-saytning mazkur bobida Davlat soliq qo’mitasining ochiq ma’lumotlari nashr etilgan. Ochiq ma’lumotlar bo’yicha taklif va mulohazalarni «Jismoniy va Yuridik shaxslarning murojaatlari» interaktiv davlat xizmati yordamida yuborish lozim.

 

Ochiq ma'lumotlar sahifasiga o'tish

Yuridik shaxs deb quyidagilar e’tirof etiladi:

- O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot;

- chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;

- O‘zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.