Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
Hammasi

So’rovnoma

Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

Kun savoli

Kimlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektining oila a’zolari bo’lib hisoblanadi?

Halqaro hamkorlik

O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan soliq sohasidagi hamkorligi

O’zbekiston xalqaro huquqning teng huquqli sub’ekti sifatida dunyoning boshqa mamlakatlari bilan soliqqa tortish sohasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash bo’yicha siyosatni sobitqadamlik bilan yuritmoqda. 1993 yildan boshlab Davlat soliq qo’mitasi soliqqa tortish sohasida yaqin va uzoq xorijdagi mamlakatlar bilan xalqaro shartnomalar tizimini shakllantirish bo’yicha ishlar olib bormoqda.

Bugungi kunda dunyoning xar hil mamlakatlari bilan 76 ta ikki tomonlama shartnomalar imzolangan. Jumladan:


Ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik, daromad va kapital solig’ini to’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risidagi shartnomalar

Jahon mamlakatlari o’rtasida soliq sohasiga oid ko’plab shartnomalarning tuzilishi bir qator umume’tirof etilgan xalqaro standartlarning ishlab chiqilishiga olib keldi. Ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik maqsadida hamma mamlakatlar ularga rioya qilishga harakat qilishadi. O’zbekiston tomonidan tuzilgan va tuzilayotgan shartnomalar IHTT tomonidan ishlab chiqilgan shartnoma modeliga asoslangan.

Bugungi kunda O’zbekiston ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik, daromad va kapital solig’ini to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish haqida 54 ta shartnoma imzolagan (ushbu shartnomalarning 48 tasi kuchga kirgan va amalda qo’llanilmoqda). Bunday shartnomalar yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va mol-mulk solig’iga tegishlidir. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 4-moddasiga muvofiq, yuqoridagi shartnomalar xalqaro xarakterdagi hujjatlar sifatida milliy qonunchilik me’yorlaridan ustun hisoblanadi.

Shunday qilib, shakllantirilayotgan ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik, daromad va kapital solig’ini to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish haqidagi shartnomalar tizimi O’zbekiston Respublikasining boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligini samarali yo’lga qo’yishga va eng avvalo, o’zaro sarmoyalarni jalb qilish hamda tashqi savdo tovar almashinuvining o’sishiga ko’maklashadi.

So’nggi vaqtlarda ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik va ularga tuzatmalar kiritish haqidagi protokollar: - Singapur, Ummon Sultonligi, Xitoy Xalq Respublikasi, Chexiya Respublikasi va hindiston Respublikasi bilan imzolandi; Bitimlar: - Iordaniya hoshimiylar Podshohligi, Irlandiya hukumati, Estoniya Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Ispaniya qirolligi bilan imzolandi.


  Soliq qonunchiligiga amal qilish, shuningdek, soliq qonunchiligini buzishga qarshi kurash bo’yicha o’zaro yordam va hamkorlik masalalari va soliqqa tortish sohasida axborot almashish to’g’risidagi shartnomalar

Bugungi kunga kelib 17 ta shunday shartnoma imzolangan. Shu bilan birga bir hator MDH davlatlari, shuningdek, Latviya, Ummon va Koreya Respublikasi bilan hamkorlik va tajriba almashish bo’yicha idoralararo kelishuvlar tuzilgan. Davlat soliq qo’mitasi ushbu kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi.

Boshqa mamlakatlarning soliq xizmatlari bilan o’zaro yordam va hamkorlik haqida tuzilgan shartnomalar quyidagi afzalliklarni beradi:

- paritet asosida shartnoma tuzayotgan mamlakatlarning soliq nazoratida soliq qonunchiligi buzilishlarini aniqlash va oldini olish sohasidagi mavjud imkoniyatlaridan foydalanish;

- xorijiy mamlakatlarning soliq ma’murchiligi sohasidagi ijobiy tajribasini o’rganish va undan foydalanish;

- O’zbekiston Respublikasi soliq xizmati xodimlarining kasbiy mahorati o’sishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish.


Bilvosita soliqlarni undirish tamoyillari to’g’risidagi shartnomalar

Hozirgi paytga kelib, MDHning bir qator mamlakatlari bilan shu xildagi 5 ta shartnoma imzolangan. Ular eksport-import operatsiyalarini qo’shimcha qiymat solig’i va aktsiz solig’iga tortish, o’zaro tovarlar va xizmatlar etkazib berish tartiblarini belgilaydi hamda savdo iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, haqqoniy raqobat va xo’jalik sub’ektlari uchun teng imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.


Qayd etish kerakki, yuqorida keltirilgan xalqaro shartnomalarning bajarilishi O’zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli iqtisodiy integratsiyalashuviga, mamlakat xo’jalik sub’ektlarining manfaatlarini himoya qilishga ko’maklashadi.

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech