Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
Hammasi

So’rovnoma

Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

Kun savoli

Kimlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektining oila a’zolari bo’lib hisoblanadi?

Markaziy apparat


Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bosh boshqarmasi


230 kb

Rais o’rinbosari - Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bosh boshqarmasi boshlig’i: vakant

   Telefon: (0371) 244-97-08

E-mail:


Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;

soliq to‘lovchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish yo‘li orqali soliq to‘lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish;

Davlat soliq qo‘mitasining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasining uzluksiz ishlashini ta’minlash;

Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlarni uzatish korporativ tarmog‘ini ekspluatatsiya qilish;

Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralar o‘rtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish;

   Batafsil



Tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi


236 kb

Bosh boshqarma boshlig'i: Ismatov Xolbuta Begmatovich

Telefon: (0371) 244-97-12

E-mail: Xolbuta.Ismatov@soliq.uz


Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish;

byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlarni tahlil etish va prognoz qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tasnifiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobini yuritish;

soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari yuritilishini ta’minlash;

Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralar o‘rtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish va olingan tashqi manba ma’lumotlarini tahlil qilish;

soliq ma’muriyatchiligi jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

bosh boshqarma faoliyatiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish;

bosh boshqarma va uning quyi tuzilmalarida soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etilishini ta’minlash.

Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, bosh boshqarmaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Batafsil



Yuridik shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bosh boshqarmasi


242 kb

Bosh boshqarma boshlig'i: Nasimdjanov Yunusjon Zoxidovich

Telefon: (0371) 244-97-78

E-mail:


Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlashda bevosita ishtirok etadi;

yuridik shaxslarda, xususan ishlab chiqarishning alohida tarmoqlari va yirik soliq to‘lovchilarda, kichik biznes subyektlarida va soliqlarni soddalashtirilgan tartibida to‘lovchi subyektlar ustidan monitoring o‘rnatish, pul oqimlarini tahlil qilish, soliq hisobotlarini qabul qilish va kameral nazoratdan o‘tkazish, tahlil natijalari bo‘yicha soliq solish mexanizmini yanada takomillashtirish orqali soliq sohasida huquq buzilishlarining oldini olish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga sharoit yaratish hamda soliq to‘lovchilarga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha belgilangan majburiyatlarini bajarishda amaliy yordam ko‘rsatish;

Batafsil



Jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bosh boshqarmasi


229 kb

Bosh boshqarma boshlig'i:  Tillavoldiyev Adhamjon

Telefon: (0371) 244-97-67

E-mail:


Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

bosh boshqarma yo‘nalishi bo‘yicha davlat soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish;

soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisob chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘liq miqdorda tushishini ta’minlash;

Batafsil



Valyuta nazorati va xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi


226 kb

Bosh boshqarma boshlig'i v.v.b: Mirziyayev Shuxrat Asrarovich

Telefon: (0371) 244-97-11

E-mail:  Shuxrat.Mirziyayev@soliq.uz


Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshirish;

xorijiy davlatlar soliq organlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatish va tajriba almashish;

bosh boshqarma faoliyatiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish;

soliq to‘lovchilar bilan soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ish olib borish;

Batafsil 



Nazorat-taftish bosh boshqarmasi


227 kb

Bosh boshqarma boshlig'i: Mirzayev Bexzod Mirvosikovich

Telefon: (0371) 244-98-66

E-mail: Bexzod.Mirzaev@soliq.uz


Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;

soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish;

fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari faktlari to‘g‘risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish;

soliq to‘lovchilar bilan soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ish olib borish.

 Batafsil 



Soliq qarzini undirishni tashkil etish bosh boshqarmasi


319 kb

Bosh boshqarma boshlig'i: Nabiyev Adilxоdja Xashimxodjaevich

Telefon: (0371) 244-97-61

E-mail: Adilxadja.Nabiev@soliq.uz


Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzi hisobini yuritish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzini undirishni tashkillashtirish va nazorat qilish;

soliqqa oid huquqbuzarliklar natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash;

soliq to‘lovchilarning umidsiz soliq qarzini tugatish;

huquq va majburiyatlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-texnologiyalaridan keng foydalanish.

Batafsil



Rejim va kadrlar bilan ishlash bosh boshqaramasi


241 kb

Bosh boshqarma boshlig'i: Abdusalamov Oybek Mirzaulukovich

Telefon: (0371) 244-97-10

E-mail: Oybek.Abdusalamov@soliq.uz


Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, davlat soliq xizmati organlarini yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish;

davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish holatlariga keskin barham berish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish;

davlat soliq xizmati organlarida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish.

Batafsil 



Chakana savdo va xizmat ko’rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi


232 kb

Boshqarma boshlig'i: Raimov Ravshan Isakdjanovich

Telefon: (0371) 244-98-99

E-mail: Ravshan.Raimov@soliq.uz


Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish;

pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan naqd pulli hisob-kitoblarni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumi o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

bozorlar va savdo komplekslarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

soliq ma’muriyatchiligi jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

bosh boshqarma faoliyatiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish;

Batafsil 



Metodologiya va soliq organlarini modernizatsiya qilish boshqarmasi

223 kb

Boshqarma boshlig'i: Allaberganov Atabek Valijonovich

Telefon: (0371) 244-97-05

E-mail: Atabek.Allaberganov@soliq.uz


Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

soliq solish metodologiyasini takomillashtirish va soliq organlarini modernizatsiya qilish;

soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va belgilangan tartibda kiritish;

soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi yangiliklar va o‘zgarishlar hamda ularning mazmun-mohiyati bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari xodimlariga va soliq to‘lovchilarga tushuntirishlar berish;

soliq ma’muriyatchiligi jarayonlarini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflarni tayyorlash va yagona siyosatni ishlab chiqish;

Batafsil



Moliyaviy ta’minot boshqarmasi 


220 kb

Boshqarma boshlig'i: Mullajonov Rasuljon Alimjonovich

Telefon: (0371) 244-98-11

E-mail: Rasuljon.Mullajonov@soliq.uz


Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

belgilangan shtat birliklari limitlari va mehnatga haq to‘lash fondi, shuningdek tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida davlat soliq xizmati organlarini moliyalashtirish;

Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining shtat jadvallarini ishlab chiqish, ularni tasdiqlash va shtat birliklarini tarqatish;

Davlat soliq qo‘mitasining yig‘ma moliyaviy va boshqa hisobotlarini tayyorlash, davlat soliq xizmati organlarining yig‘ma moliyaviy va boshqa hisobotlarini umumlashtirish;

boshqaruvni to‘g‘ri amalga oshirish maqsadida, davlat soliq xizmati organlarining buxgalterlik hisobi bo‘yicha hisobotlaridan ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil qilish;

Batafsil 



Moddiy-texnika ta’minoti va xo’jalik ishlari boshqarmasi


227 kb

Boshqarma boshlig'i v.b: Tanirbergenov Atabek Tursinbayevich

Telefon: (0371) 244-97-83

E-mail: Atabek.Tanirbergenov@soliq.uz


Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Davlat soliq qo‘mitasining xo‘jalik operatsiyalarini, xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;

Davlat soliq qo‘mitasining xodimlarga ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash;

Davlat soliq qo‘mitasiga tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan belgilangan tartibda xo‘jalik shartnomalarini tuzish;

Davlat byudjeti hamda Davlat soliq qo‘mitasining “Moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish smetasini tuzish va unga muvofiq tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;

Batafsil 



Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi


221 kb

Boshqarma boshlig'i: Muxriddinov Xasanjon Sirojidinovich

Telefon: (0371) 244-97-47

E-mail:


Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shu jumladan uning Rayosati qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Hay’ati qarorlari, Davlat soliq qo‘mitasining ichki idoraviy hujjatlari va qo‘mita rahbariyati topshiriqlari hamda tasdiqlangan chora-tadbirlarning Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

davlat soliq xizmati organlarida ish yuritish va ijro nazoratini amalga oshirilishini ta’minlash;

Davlat soliq qo‘mitasining asosiy tashkiliy tadbirlar rejasini, Hay’at majlislari va xizmat yig‘ilishlarini rejalashtirish, tayyorlash, o‘tkazish va natijalarini;

Batafsil  



Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi


144 kb

Boshqarma boshlig'i: Rasulov Shuxratjon Ilhomovich

Telefon: (0371) 244-98-18

E-mail:Shuxratjon.Rasulov@soliq.uz

Batafsil  



Yuridik boshqarma


321 kb

Bo'lim boshlig'i: Atadjanov Sanjar Uktamovich

Telefon: (0371) 244-98-37

E-mail: Sanjar.Atadjanov@soliq.uz


Quyidagilar Yuridik boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Davlat soliq qo‘mitasining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

Davlat soliq qo‘mitasining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida tuzilmalar ishini muvofiqlashtirish;

Davlat soliq qo‘mitasi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

 Batafsil  



Ma’muriy amaliyot bo’limi


218 kb

Bo'lim boshlig'i: Omanov Dilshodbek Rustambekovich

Telefon: (0371) 244-97-71

E-mail: Dilshodbek.Omanov@soliq.uz


Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat soliq xizmati organlarida ma’muriy ishlarni qonun doirasida yuritish, ularni hisobga olish va hisobotlarni yuritishni tashkil qilish;

soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bartaraf etish hamda sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlari bilan kurashish ishlarini davlat soliq xizmati organlarida tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish;

jinoyat alomatlari mavjud materiallarni tegishliligi bo‘yicha tergov va surishtiruv organlariga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlash;

davlat soliq xizmati organlarining ma’muriy amaliyot faoliyatini tartibga solib turuvchi me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirib borish borasida shaxsiy tarkib o‘rtasida ishni tashkillashtirish;

Batafsil  



Navbatchi qism


226 kb

Boshliq: Salimov Farobiy Mahamadjonovich

Telefon: (0371) 244-98-54

E-mail: Farobiy.Salimov@soliq.uz


Quyidagilar Navbatchi qismning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari hamda davlat soliq inspeksiyalari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, soliq nazorati jarayonida amalga oshirilgan tadbirlar hamda davlat soliq xizmati organlari va Davlat soliq qo‘mitasiga qarashli ta’lim muassasalari va tashkilotlar hududidagi tezkor vaziyat to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish hamda o‘rnatilgan tartibda Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga va yuqori tashkilotlarga yetkazish;

soliq tekshiruvi materiallarini, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish hamda ularning hisobini yuritish;

Davlat soliq qo‘mitasining “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda qabul qilish va ularni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga taqdim etish;

Batafsil  



Safarbarlik ishlari sho’basi


228 kb

Sho’ba boshlig'i:  Tursunov Olimjon Halilovich

Telefon: (0371) 244-97-32

E-mail:  Olimjon.Tursunov@soliq.uz


Quyidagilar sho‘baning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy davlat soliq xizmati organlari, qo‘mitaga qarashli ta’lim muassasalari va tashkilotlar va ularning hududlarini, shuningdek, xodimlar, talaba va o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy davlat soliq xizmati organlari, qo‘mitaga qarashli ta’lim muassasalari
va tashkilotlarda fuqaro muhofazasi, safarbarlik ishlari va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlarni tayyorlab rahbariyatga kiritish hamda belgilangan tartib va muddatlarda tegishli vazirlik va idoralarga yuborish;

 Batafsil  



 Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo’limi


310 kb

Bo'lim boshlig'i - Raisning matbuot kotibi: Nazarov Muzaffar Yusuf Turdibekovich

Telefon: (0371) 244-98-27

E-mail: Muzaffar.Nazarov@soliq.uz


Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlarining faoliyati to‘g‘risida, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi yangiliklar va o‘zgarishlarni soliq to‘lovchilarga ommaviy axborot vositalari orqali qonun hujjatlari talablari asosida yetkazilishini ta’minlash;

davlat soliq xizmati organlarining ommaviy-axborot vositalari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradigan aloqalari va munosabatlarini ta’minlash va muvofiqlashtirish;

soliq to‘lovchilarga soliq solish va soliq majburiyatlarining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, mavjud soliq imtiyozlari va preferensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan keng tushuntirish ishlarini olib borish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar orqali yetkazish;

davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

 Batafsil  


СохранитьСохранить
Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech