Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
Hammasi

So’rovnoma

Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

Kun savoli

Kimlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektining oila a’zolari bo’lib hisoblanadi?

Qo’mita Hay’ati

 DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HAY’ATI

Davlat soliq qo’mitasida Davlat soliq qo’mitasining raisi, raisning birinchi o’rinbosari, rais o’rinbosarlari va Davlat soliq qo’mitasining Davlat soliq qo’mitasi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning soni va shaxsiy tarkibi Davlat soliq qo’mitasi raisining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi:

Davlat soliq qo’mitasi faoliyatining soliq qonunchiligiga rioya etilishini yanada ta’minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish bo’yicha ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy yo’nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha ijro intizomini mustahkamlash, Davlat soliq qo’mitasi rahbarlari va xodimlarining ularni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at shuningdek Davlat soliq qo’mitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko’rib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Davlat soliq qo’mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at agar uning majlisida tarkibining yarmidan ko’pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan masalalar bo’yicha qarorlar oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Davlat soliq qo’mitasi qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Hay’at raisi va a’zolari o’rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo’lgan taqdirda rais paydo bo’lgan kelishmovchiliklar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o’z fikr-mulohazalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech