Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
  • Hammasi

    So’rovnoma

    Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

    Yo‘q mutlaqo javob bermaydi. Interaktiv usulda ma’lumot olishni umuman imkoniyati yo‘q, soliq idoralarida esa turli byurokratik to‘siqlar mavjud.

     27 (55%)

     

    Ha javob beradi. Bu borada interaktiv usulda yoki bevosita soliq idorasidan muammosiz ma’lumot olish mumkin.

     15 (31%)

     

    Bunday ma’lumotnoma olish bo‘yicha murojaat qilmaganman.

     7 (14%)

     

So’rovnomada ishtirok etganingiz uchun rahmat

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor kim?

DSQning asosiy vazifalari va funktsiyalari

 DAVLAT SOLIQ QO’MITASINING ASOSIY VAZIFALARI

 Quyidagilar Davlat soliq qo’mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’liq va o’z vaqtida tushishini ta’minlash;

soliq to’lovchilar va soliq solish obyektlarining o’z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularni soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va ilg’or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etgan holda to’liq qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish;

soliq solinadigan bazani tahlil qilish va kengaytirish bo’yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliqlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarni joriy etish, soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va bartaraf etish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

pul mablag’larining g’ayrinoqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan naqd pulli hisob-kitoblarni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining o’z vaqtida va to’liq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

soliq to’lovchilarga to’g’ridan-to’g’ri muloqotsiz elektron xizmat ko’rsatishga to’liq o’tish yo’li orqali soliq to’lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish, ularga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko’maklashish, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy madaniyatini oshirish;

xo’jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini rag’batlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish;

bozorlar va savdo komplekslarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo’yicha tergovga qadar tekshiruvlar o’tkazish, jinoiy ishlarni tergovga tegishliligiga ko’ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish;

(8-bandning to’qqizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017 y., 09/17/960/0355-son)

xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo’yicha respublika nazorat qiluvchi organlari faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta’minlash, ushbu ishlarni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va suiiste’molliklarga yo’l qo’ymaslik;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalari amalga oshirilganda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o’z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, davlat soliq xizmati organlarini yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lgan malakali xodimlar bilan to’ldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish holatlariga keskin barham berish, shuningdek xodimlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o’tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.


DAVLAT SOLIQ QO’MITASINING FUNKSIYALARI

 Davlat soliq qo’mitasi o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash sohasida:

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg’armalariga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;

soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan, tabiiy resurslardan ehtiyotlab va samarali foydalanishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni birxillashtirish, soliq yukini qisqartirish, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini rag’batlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish bo’yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga hamda o’zining tashabbusiga muvofiq qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda ko’rib chiqish uchun kiritadi;

belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish masalalari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

soliq hisobotlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq boshqa hujjatlar shakllarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar to’plamlarini nashr qiladi, davlat soliq xizmati organlarini qonun hujjatlari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi;

O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan ma’lumotlarni almashish va soliq sohasida hamkorlik qilish masalalari bo’yicha xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularning belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi;

soliq to’lovchilar faoliyatining soliq tekshiruvlarini belgilangan tartibda o’tkazadi, shuningdek soliq to’lovchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg’arib boriladigan pensiya badallarining to’g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq va o’z vaqtida kiritilishini tekshiradi;

davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;

soliq to’lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirish xatlari oladi, soliq to’lovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan, soliq to’lovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog’liq joylarni ko’zdan kechiradi (tekshiradi);

xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u yerdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;

soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) jarayonida hisobotdagi ma’lumotlarning ishonchliligi va to’g’riligini aniqlash, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib ko’rsatilishini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun buxgalteriya hisoblarini va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi;

hujjatli tekshiruvlar davomida xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib ko’radi va o’lchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining to’g’riligini aniqlash uchun xom ashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun to’g’ri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulotning to’liq kirim qilinishini, mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy yo’qotishlar normalari to’g’ri belgilanishini aniqlash uchun xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib ko’radi, xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaxslardan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi to’g’risida kelib tushgan murojaatlar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshiradi;

soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlarini tahlil qiladi hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning uzoq muddatli hamda joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo’yicha respublika nazorat organlari faoliyatining muvofiqlashtirilishini, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlashga va suiiste’molliklarga yo’l qo’yilmasligini ta’minlaydi;

b) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’liq va o’z vaqtida tushishini ta’minlash sohasida:

soliq to’lovchilarning majburiyatlari paydo bo’lishi (to’xtatilishi) to’g’risida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

belgilangan tartibda soliq to’lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek soliq to’lovchilarning faoliyati to’g’risida soliq organlari yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida yig’ilgan boshqa hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish asosida kameral nazoratni amalga oshiradi;

davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag’larining davlat daromadiga to’liq va o’z vaqtida tushishini, shuningdek davlat organlariga berilgan mol-mulk hisobini nazorat qiladi;

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tushumini ta’minlash bo’yicha, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qo’shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;

v) soliq to’lovchilar va soliq solish obyektlarining o’z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularni soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va ilg’or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etgan holda to’liq qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish sohasida:

soliq to’lovchilar, soliq solinadigan baza, shuningdek, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog’liq bo’lgan obyektlarning to’liq, o’z vaqtida va ishonchli hisobga olinishini ta’minlaydi;

yuridik va jismoniy shaxslarga, ularni identifikatsiya raqamlari berilgan holda soliq to’lovchilar sifatida hisobga qo’yish to’g’risida hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi;

O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;

soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida soliq to’lovchilar bo’yicha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi;

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar hisobini yuritadi;

banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga ko’ra bank hisobvaraqlari bo’yicha olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik faoliyati bo’yicha - uch oy mobaynida) pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-xo’jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni aniqlaydi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bo’yin tovlash mexanizmlarini o’rganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi;

axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda, barcha soliq to’lovchilar va soliq tushumlari bo’yicha soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini yaratadi;

soliq axborotlarini qabul qilib olish, ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish chora-tadbirlarini ko’radi;

davlat soliq xizmati organlarida, axborot xavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda, yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;

soliq ma’murchiligi jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi;

g) soliq solinadigan bazani tahlil qilish va kengaytirish bo’yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali, soliqlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish, soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va bartaraf etish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlash faktlarini aniqlaydi va tegishli choralar ko’radi, soliqlar va tegishli boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash holatlariga qarshi mexanizmlarni ishlab chiqadi;

soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qo’llaydi;

Davlat soliq qo’mitasining texnik bazasini modernizatsiya qilish, mustahkamlash va yangilash bilan tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlarni tahlil qilishning ilg’or avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi;

makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish bo’yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzini undirishni belgilaydigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning tashkillashtirilishini va qo’llanishini ta’minlaydi;

aksizosti tovarlarini ishlab chiqarishda va aylanmasida huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etilishini belgilangan tartibda tashkillashtiradi va amalga oshiradi;

ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar hajmlarini kamaytirib ko’rsatish mexanizmlarini o’rganish va aniqlashni tashkillashtiradi va amalga oshiradi, ko’rsatib o’tilgan mexanizmlarning qo’llanishini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarni qidirib topish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda beradi, davlatga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi;

ma’muriy huquqbuzarliklar bo’yicha ishlarni yuritadi;

soliqqa oid jinoyatlarning sodir etilishi holatlarini aniqlash uchun, surishtiruv, tergov va suddan yashirinib yurgan shaxslarni qidirib topish uchun ommaviy-axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi;

(9-band «g» kichik bandining o’n birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017 y., 09/17/960/0355-son)

d) pul mablag’larining g’ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan naqd pulli hisob-kitoblarni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumini o’z vaqtida va to’liq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash sohasida:

savdo va xizmatlar ko’rsatishni tashkil etishning qonunchilikka muvofiqligi, shu jumladan, nazorat-kassa mashinalarini, plastik kartochkalardan to’lovlarni qabul qilib olish bo’yicha hisob-kitob terminallarini qo’llash, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

tovarlarni ulgurji sotishda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning bajarilishini o’z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;

naqd pul mablag’lari muomalada bo’lishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul aylanmasiga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;

tadbirkorlik subyektlarida, shuningdek bozorlar va savdo komplekslarida, bir martalik yig’imlar, bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida ko’rsatilgan xizmatlar uchun ijara to’lovlarining o’z vaqtida va to’liq undirilishi, savdo va xizmat ko’rsatish qoidalari bajarilishi, naqd pul mablag’lari yoki plastik kartochkalar bo’yicha to’lov shakliga qarab narxlarning sun’iy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi, nazorat-kassa mashinalarining, to’lov terminallarining qo’llanilishi, shuningdek belgilangan tartibda talon va cheklarning berilishi, naqd pul tushumining o’z vaqtida va to’liq hajmda inkassatsiya qilinishi masalalari bo’yicha belgilangan tartibda qisqa muddatli tekshirishlarni amalga oshiradi;

e) soliq to’lovchilarga to’g’ridan-to’g’ri muloqotsiz elektron xizmat ko’rsatishga to’liq o’tish yo’li orqali soliq to’lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish, ularga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko’maklashish, tadbirkorlik subyektlari va aholining huquqiy madaniyatini oshirish sohasida:

soliq to’lovchilar bilan ishlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilishini ta’minlaydi;

soliqqa doir qonun hujjatlarini nashr etish, ko’paytirish va davlat soliq xizmati hududiy organlariga yetkazish, maslahat xizmatlari ko’rsatish, soliq to’lovchilarni soliqlarni o’z vaqtida hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini va soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqish va to’lash bilan bog’liq bo’lgan boshqa hujjatlarni taqdim etishga o’qitish uchun servis-markazlar tashkil qiladi;

soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlarni soliq to’lovchilarga va aholiga o’z vaqtida tanishtirish va yetkazish ishlarini tashkil etadi;

soliq to’lovchilarga real vaqt rejimida keng ko’lamli interaktiv xizmatlar ko’rsatilishini tashkil etadi;

soliq to’lovchilarga soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat ko’rsatilishini ta’minlaydi;

yuridik va jismoniy shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta’minlaydi;

davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;

soliq majburiyatlarining o’z vaqtida va to’liq bajarilishi uchun soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish choralarini amalga oshiradi;

yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish va soliq qonunchiligi buzilishi masalalari bo’yicha murojaatlarini belgilangan tartibda ko’rib chiqadi;

soliq to’lovchi to’g’risidagi ma’lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi;

j) bozorlar va savdo komplekslarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo’yicha tergovga qadar tekshiruvlar o’tkazish, jinoiy ishlarni tergovga tegishliligiga ko’ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish sohasida:

(9-band «j» kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017 y., 09/17/960/0355-son)

bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo’lgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlaydi, oldini oladi va bartaraf etadi;

bozorlar va savdo komplekslari hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga qarshi kurashadi;

bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo’lgan avtomobil vositalarining to’xtash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari harakati monitoringini va mablag’lar tushumi hisobining to’liqligini ta’minlaydi;

bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo’lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari pul mablag’lari tushumlari va tovar aylanmasi to’g’risida davlat soliq xizmati organlariga tushadigan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun banklar hamda statistika organlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash bo’lgan avtomobilь vositalarining to’xtash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari bo’yicha tergovdan tergovga qadar tekshiruvlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qo’zg’aydi, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko’ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi;

(9-band «j» kichik bandining oltinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017 y., 09/17/960/0355-son)

soliqqa oid huquqbuzarliklar natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi;

z) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, davlat soliq xizmati soliq organlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlar bilan to’ldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish holatlariga keskin barham berish, shuningdek xodimlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o’tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish sohasida:

qo’yilgan talablarga muvofiq davlat soliq xizmati organlariga ma’naviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlarni tanlash va to’ldirish bo’yicha ishlarni tashkil etadi;

belgilangan tartibda ta’lim muassasalari tashkil etish yo’li bilan, davlat oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarining tizimli asosda tashkil etilishini ta’minlaydi, shuningdek rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq organlari va o’quv muassasalari bilan tajriba almashishning kengaytirilishini amalga oshiradi;

davlat soliq xizmati organlari xodimlari lavozimlarining malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan o’tkazadi, ularga o’z vakolatlari doirasida maxsus unvonlar beradi;

kadrlarni O’zbekiston Respublikasiga vatanparvarlik, halollik hamda huquqiy davlat g’oyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ishlarni amalga oshiradi;

tegishli tanlovdan o’tmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari davlat soliq xizmati organlaridan bo’shatilgan shaxslarning ishga qabul qilinishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq to’lovchilarga nisbatan g’arazli maqsadlarda noqonuniy ta’sir ko’rsatish holatlarini aniqlaydi va ularga barham beradi;

davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya holatlarini aniqlashga, ularning oldini olishga, qarshi kurashishga va bartaraf etishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;

davlat soliq xizmati organlarining xodimlari o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

xizmat vazifalarini bajarayotganda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

har ikki yilda ko’pi bilan bir marta davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlarining byudjet va xo’jalik faoliyati bo’yicha xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur bo’lganda va moliya-xo’jalik faoliyatida qonun buzilishlariga yo’l qo’yilgan holatlar to’g’risida ishonchli axborot mavjud bo’lgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar o’tkazilishi mumkin;

davlat soliq xizmatining hududiy organlari va tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi, xo’jasizlik, isrofgarchilik, davlat mablag’larini va byudjetdan tashqari mablag’larni asossiz ravishda sarflash, smeta intizomini buzish hollariga barham beradi.

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech