Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
Hammasi

So’rovnoma

Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

Kun savoli

Kimlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektining oila a’zolari bo’lib hisoblanadi?

Valyuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN

RO’YXATGA OLINGAN

17.09.2004 y.

N 1411

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYA VAZIRLIGINING

02.09.2004 y.

N 98

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYOT VAZIRLIGINING

02.09.2004 y.

N 41

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QO’MITASINING

02.09.2004 y.

N 2004-57

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING

02.09.2004 y.

N 257-V

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT STATISTIKA QO’MITASINING

02.09.2004 y.

N 8

QARORI

Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang

Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya

hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi

nizomni tasdiqlash haqida


(AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ,

MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi Qaror nomi)

(2004 yil 27 sentabrdan kuchga kiradi)


Mazkur Qarorga AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan

"Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 oktabrdagi 422-sonli "Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2001 y., 20-son) muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat statistika qo’mitasi QAROR QILADI:

1. Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi band)

2. Quyidagilar kuchini yo’qotgan deb hisoblansin:

2001 yil 7 noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 119-sonli, Davlat soliq qo’mitasining 2001-111-sonli, Makroiqtisodiyot va satistika vazirligining 34-sonli, Markaziy bankning 205-V-sonli "Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (2001 yil 16 noyabr, ro’yxat raqami 1085 - Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001 y., 22-son);

2002 yil 14 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 34-sonli, Davlat soliq qo’mitasining 2002-26-sonli, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1-sonli, Markaziy bankning 205-V-1-sonli "Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (2002 yil 5 mart, ro’yxat raqami 1085-1 - Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002 y., 5-son);

2003 yil 15 maydagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 65-sonli, Davlat soliq qo’mitasining 2003-52-sonli, Iqtisodiyot vazirligining 5-sonli, Markaziy bankning 205-V-2-sonli, Davlat statistika qo’mitasining 3-sonli "Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (2003 yil 7 iyun, ro’yxat raqami 1085-2, - Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi" 2003 y., 11-son).

3. Mazkur qaror O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab 10 kun o’tgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri

S. Rahimov

Iqtisodiyot vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qo’mitasi raisi

B. Parpiyev

Markaziy bank Boshqaruvi raisi

F. Mullajonov

Davlat statistika qo’mitasi raisi

G. Qudratov

"O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2004 yil, 37-son, 419-modda.




O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2004 yil 17 sentabrda 1411-son
bilan ro’yxatga olingan
O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy banki,
Davlat statistika qo’mitasining
2004 yil 2 sentabrdagi 98, 41,
2004-57, 257-V, 8-son qarori bilan
TASDIQLANGAN

Hujjatning rus tilidagi matniga qarang


Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya

hisobida aks ettirish tartibi to’g’risida

NIZOM


(AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi Nizom nomi)

(Yangi tahrirda)

Mazkur Nizomga AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan

Muqaddima

1-§. Umumiy qoidalar

2-§. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish tartibi

3-§. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning xarid qiymatini shakllantirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi

4-§. Kurs farqlari hisobi

5-§. Moliyaviy hisobotlarda chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish

Ilova. Kurs farqlarini o’rtacha miqdor bo’yicha hisobdan chiqarishga shartli Misol

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 oktabrdagi 422-sonli "Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami 2001 y., 20-son, 142-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartibini belgilaydi. (AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi muqaddima)

1-§. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy bo’ysunuvidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha birlashmalar, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar (keyingi o’rinlarda - xo’jalik yurituvchi subyektlar) uchun taalluqlidir (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno). (AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi band)

2. Mazkur Nizomda quyidagilar ko’rilmaydi:

a) ta’sis hujjatlari va boshqalarda qayta hisoblash talab qilingan hollarda, so’mda tuzilgan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini chet el valyutasiga qayta hisoblash;

b) O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan so’mda moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun O’zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishda foydalaniladigan chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymatini milliy valyutaga qayta hisoblash;

v) bosh jamiyat tomonidan tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun O’zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shu’ba (qaram) xo’jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo’linmalarning chet el valyutasida ifodalangan moliyaviy hisobotlarini qayta hisoblash.

3. O’zbekiston Respublikasida barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar milliy valyutada - so’mda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi shart, agarda qonunchilikda boshqa tartib ko’zda tutilmagan bo’lsa.

4. Xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi bitimlar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi:

a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni) chet el valyutasiga sotib olish yoki sotish;

b) chet el valyutasiga ishlar, xizmatlar ko’rsatish va ulardan foydalanish;

v) to’lash yoki olish summasi chet el valyutasida belgilangan kreditlar va qarzlarni olish yoki berish;

g) chet el valyutasidagi majburiyatlarni o’ziga qabul qilish yoki majburiyatlarni qoplash.

5. Chet el valyutasida ifodalangan xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va majburiyatlarni (ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha majburiyatlardan tashqari) so’mga qayta hisoblashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan chet el valyutasining so’mga nisbatan kursining (keyingi o’rinlarda - Markaziy bank kursi) o’zgarishiga qarab ijobiy yoki salbiy kurs farqi yuzaga keladi.

2-§. BUXGALTERIYA HISOBIDA CHET EL VALYUTASIDAGI

OPERATSIYALARNI AKS ETTIRISH TARTIBI

6. Chet el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar bo’yicha operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha so’m ekvivalentida aks ettiriladi:

a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobraqamlaridagi, akkreditivlardagi valyuta mablag’lari, valyutadagi ssuda qarzlari;

b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar;

v) tuzilgan shartnomalar bo’yicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasida kirim qilish;

g) chet el valyutasida bojxona to’lovlarini amalga oshirish;

d) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;

ye) chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar.

7. Buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni so’mga qayta hisoblash sanasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 23 martdagi 51-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) "Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi" ning (2004 yil 21 may, ro’yxat raqami 1364, - O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 20-son, 246- modda) ilovasida keltirilgan.

8. Chet el valyutasidagi operatsiyalar ushbu valyutaning so’mga nisbatan Markaziy bankning operatsiya amalga oshirilgan sanasidagi kursi bo’yicha so’mda qayta hisoblanishi lozim.

9. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini xarid qilish va sotish Markaziy bankning valyutani xarid qilish yoki sotish kuniga bo’lgan kursi bo’yicha aks ettiriladi.

Chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past yoki yuqori qiymatda sotish (xarid qilish) natijasida vujudga keladigan kurs farqlari xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga moliyaviy faoliyatdan daromadlar (xarajatlar) sifatida olib boriladi.

10. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotish quyidagi tartibda aks ettiriladi:

a) chet el valyutasini Markaziy bank kursi bo’yicha valyuta schyotidan o’tkazilishi (ko’chirilishi):

debet bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5500);

kredit chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5200);

b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining so’mdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:

debet hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) - sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymatiga;

kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymatiga;

kredit 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyoti - sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymati bilan sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymati o’rtasidagi farq summasiga;

v) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining so’mdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:

debet hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymatiga;

debet 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyoti - sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymati bilan sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymati o’rtasidagi farq summasiga;

kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymatiga.

11. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotib olish quyidagi tartibda aks ettiriladi:

a) chet el valyutasini sotib olish uchun xarid kuniga bo’lgan valyuta bozoridagi bitim kursi bo’yicha hisob-kitob schyotidan so’m mablag’larini o’tkazish (ko’chirish):

debet bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5500);

kredit hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5100);

b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda xarid qilinganda:

debet chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5200) - xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymatiga;

debet 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyoti - xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymati bilan xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymati o’rtasidagi farq summasiga;

kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymatiga;

v) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda xarid qilinganda:

debet chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5200) - xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymatiga;

kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymatiga;

kredit 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyoti - xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymati bilan xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi bo’yicha so’mdagi ekvivalent qiymati o’rtasidagi farq summasiga;

12. Buxgalteriya hisobida konsignantga bo’lgan chet el valyutasidagi kreditorlik qarzi konsignatsiyaga olingan tovarlarni sotish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo’yicha vujudga keladi. Qarzning keyingi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

13. Mahsulot (ish, xizmat) larga chet el valyutasi ekvivalentida baho (tarif) belgilaydigan, to’lovlarni esa, milliy valyuta - so’mda oladigan xo’jalik yurituvchi subyektlar, mahsulot (ish, xizmat) larni sotish sanasidan to’lov kelib tushgan (amalga oshirilgan) sanasigacha bo’lgan davrda Markaziy bank kursining o’zgarishi sababli vujudga kelgan ijobiy kurs farqini 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyotiga, salbiy kurs farqini esa 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyotiga olib boradi.


3-§. CHETDAN KELTIRILGAN TOVAR-MODDIY QIYMATLIKLAR VA BOSHQA AKTIVLARNING
XARID QIYMATINI SHAKLLANTIRISH VA BUXGALTERIYA
HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI


14. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning (konsignatsiya shartnomasi bo’yicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) xarid qiymati (keyingi o’rinlarda - xarid qiymati) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

S = Shq + T + Bx., bu yerda

S - chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning xarid qiymati;

Shq - Bojxona yuk deklaratsiyasini to’ldirish sanasidagi Markaziy bank kursi bo’yicha hisoblangan chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning shartnoma qiymati;

T - bojxona to’lovlari

QQSni to’lovchi korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qo’shmaydi, balki umumiy belgilangan tartibda byudjetga to’lashi lozim bo’lgan QQS ni aniqlashda chegirib boradi.

QQSni to’lovchi bo’lmagan korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qo’shadi.

O’zining ehtiyojlari uchun chetdan keltirilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda boshlang’ich qiymati bo’yicha QQS summasini qo’shgan holda aks ettiriladi.

Bx - chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to’plami, 1999 y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizomning 1.1.12-bandiga, O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) "Tovar-moddiy zaxiralari"ga (ro’yxat raqami 1595, 2006 yil 17 iyul) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 28-29-son, 282-modda) va O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) "Asosiy vositalar"ga (ro’yxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi. (AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

15. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni (konsignatsiya shartnomasi bo’yicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) xarid qilish bilan bog’liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:

a) tovar-moddiy qiymatliklar va asosiy vositalar obyektlarini yuk bojxona deklaratsiyasini to’ldirish sanasidagi Markaziy bank kursi bo’yicha kirim (qabul) qilish:

debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);

kredit 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyoti - qarzlarning joriy qismi yoki 7010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyoti - qarzlarning uzoq muddatli qismi;

b) bojxona to’lovlari (import uchun QQS dan tashqari) va chetdan keltirishda vujudga keladigan va belgilangan tartibda xarid qilish qiymatiga qo’shiladigan boshqa xarajatlar:

debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);

kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)" schyoti;

kredit turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);

v) QQS ni to’lovchi korxonalar uchun chegirishga olib borilgan QQS summasiga:

debet 4410 "Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (turlari bo’yicha)" schyoti;

kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)" schyoti;

g) QQS ni to’lamaydigan korxonalar uchun xarid qiymatiga qo’shilgan QQS summasiga:

debet materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000) yoki tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);

kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)" schyoti;

d) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymatiga qo’shiladigan QQS summasiga:

debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);

kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)" schyoti.

16. Konsignatsiya shartnomasiga asosan chetdan keltirilgan tovarlar bo’yicha operatsiyalar xo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) konsignatsiya shartnomasi bo’yicha chetdan keltirilgan tovarlar konsignatorning buxgalteriya hisobida balansdan tashqari 004 "Komissiyaga qabul qilingan tovarlar" schyotining debeti bo’yicha aks ettiriladi;

b) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo’yicha bojxona to’lovlari, QQS qo’shilgan holda hisoblanganda:

debet 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;

kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)" schyoti;

v) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo’yicha QQS va bojxona to’lovlari bo’yicha qarzlar to’langanda (qoplanganda):

debet 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)" schyoti;

kredit pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar;

g) konsignatsiya tovarlari sotilganda:

debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti - shartnoma bahosi bo’yicha sotilgan tovarlar summasiga hisoblangan QQS (QQS ni to’lovchilar uchun) qo’shilgan holda;

kredit 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar" schyotikomissiya mukofotlari (rag’batlantirish) summasiga;

kredit turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) - tovar invoysi va BYUD bo’yicha sotish sanasidagi Markaziy bank kursi bo’yicha konsignatsiya tovari qiymatiga;

kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)" schyoti - komissiya mukofotidan kelib chiqib aniqlanadigan QQS summasiga (QQS ni to’lovchilari uchun).

Bir vaqtning o’zida, sotilgan konsignatsiya tovarlari qiymatini hisobdan chiqarish balansdan tashqari 004 "Komissiyaga qabul qilingan tovarlar" schyotining krediti bo’yicha aks ettiriladi.

d) sotilgan konsignatsiya tovarlarining ulushiga to’g’ri keladigan chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo’yicha QQS qo’shilgan holda bojxona to’lovlari bo’yicha xarajatlarni ushbu tovarlarni sotish paytida moliyaviy natijalarga olib borib hisobdan chiqarish:

debet davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400);

kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti.

Konsignatsiya shartnomasi bo’yicha olingan tovarlar konsignantga qaytarilgan hollarda, 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyotida aks ettirilgan bojxona to’lovlari va QQS bo’yicha konsignator xarajatlarining qaytarilgan tovarlar ulushiga to’g’ri keladigan qismi konsignatorlarning moliyaviy natijalariga (davr xarajatlariga) olib borib hisobdan chiqariladi;

ye) xaridorlar va buyurtmachilardan pul mablag’lari kelib tushganda:

debet pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar;

kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;

j) byudjetga QQS bo’yicha (QQS ni to’lovchilar uchun) qarzlar to’langanda (qoplanganda):

debet 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)";

kredit pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar;

z) konsignatorga qarzlar to’langanda (qoplanganda):

debet turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);

kredit pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar.

4-§. KURS FARQLARI HISOBI

17. Xo’jalik yurituvchi subyektlar balansning valyuta moddalarini har oyi hisobot oyining oxirgi sanasi va xo’jalik operatsiyalarni amalga oshirish sanasida Markaziy bank kursi bo’yicha qayta baholashni amalga oshiradi.

18. Mazkur Nizomda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:

a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta mablag’lari, shu jumladan akkreditivlar;

b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari;

v) chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalar;

g) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar va pul qarzlar.

19. Quyidagilar qayta baholanmaydi:

a) chet el valyutasiga sotib olingan xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o’rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo’yilmalari, tovar-moddiy qiymatliklari;

b) ustav kapitali miqdori va xo’jalik yurituvchi subyektning, shuningdek chet el investitsiyalariga ega bo’lgan korxonalarning ta’sischilari (qatnashchilari) ulushlarining nisbatlari.

20. Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari to’g’ri olib borish usuli qo’llanilganda moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi - 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyotining kredeti bo’yicha;

b) salbiy kurs farqi - 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyotining debeti bo’yicha.

21. Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari jamg’arish usuli qo’llanilganda ular vujudga kelgan vaqtda moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi - 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyotining krediti bo’yicha - ularning joriy qismi va (yoki) 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotining krediti bo’yicha - ularning uzoq muddatli qismi;

b) salbiy kurs farqi - 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyotining debeti bo’yicha - ularning joriy qismi va (yoki) 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyotining debeti bo’yicha - ularning uzoq muddatli qismi.

22. Jamg’arish usulini qo’llash natijasida jamg’arilgan kurs farqlari moliyaviy-xo’jalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi:

a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo’yicha - ularning to’lanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) bo’yicha;

b) boshqa hollarda - balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo’jalik operatsiyalari amalga oshirilishi bo’yicha.

23. Kurs farqlaridan vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar va xarajatlarning joriy qismini o’tkazish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi bo’yicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi o’tkazilganda:

debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

b) salbiy kurs farqi bo’yicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o’tkazilganda:

debet 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;

kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;

24. Jamg’arilgan kurs farqlarini moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalariga mazkur Nizomning 22 bandida ko’rsatilgan tartibda olib borish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi:

debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

kredit 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyoti;

b) salbiy kurs farqi:

debet 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyoti;

kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti.

25. Kurs farqlarini buxgalteriya hisobida yuritishni soddalashtirish maqsadida kechiktirilgan daromadlar va xarajatlar schyotlarida mos ravishda aks ettirilgan ijobiy va salbiy kurs farqlarini hisobdan chiqarishni hisobot oyining oxiridagi chet el valyutasining bir birligiga to’g’ri keladigan kurs farqining o’rtacha iqdori bo’yicha amalga oshirishga ruxsat etiladi (kurs farqini o’rtacha miqdori bo’yicha hisobdan chiqarishning shartli misoli mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan).

26. Kurs farqlarini olib borishda qo’llanilayotgan usullar xo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Xo’jalik yurituvchi subyektlar hisob siyosatini kalendar yil davomida o’zgartirmasligi lozim, bundan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot" (1998 yil 14 avgust, ro’yxat raqami 474 - Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 y., 5-son)ning 56-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.

27. Kurs farqlarini olib borishning jamlash usulidan to’g’ri olib borish usuliga o’tishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldin to’plangan kurs farqlari xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har oyda (bir me’yorda) hisobdan chiqarib boriladi.

28. Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida o’rnatilgan hollarda har bir ta’sischi tomonidan ulushlarning kiritilishi Markaziy bankning ulushni kiritish sanasidagi kursi bo’yicha amalga oshiriladi.

29. Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida o’rnatilgan hollarda va ustav kapitaliga ulushlar kiritish milliy valyuta - so’mda yoki boshqa mulk shaklida amalga oshirilganda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi bo’yicha amalga oshiriladi.

30. Xo’jalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o’rtasida vujudga keladigan ijobiy kurs farqi buxgalteriya hisobida qo’shilgan kapital sifatida 8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi" schyotida aks ettiriladi.

31. Xo’jalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o’rtasida vujudga keladigan salbiy kurs farqi buxgalteriya hisobida 8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi" schyotining debetida ustav kapitalini shakllanishida vujudga kelgan oldingi ijobiy kurs farqi summasi chegarasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishdagi salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga olib boriladi.

32. Chet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitali oshirilganda (kamaytirilganda) buxgalteriya hisobi maqsadida ustav kapitalining faqat oshirilgan (kamaytirilgan) qismi ta’sis hujjatlariga tegishli o’zgartirishlar ro’yxatdan o’tkazilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo’yicha milliy valyutaga qayta hisoblanadi.

33. Ustav kapitalini qo’shimcha oshirilganligi (kamaytirilganligi) ni shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining buxgalteriya hisobi ushbu Nizomning 30 va 31-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

34. Agar chet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitalining oshirilishi munsabati bilan ulushlar kiritish qonunchilikka muvofiq ta’sis hujjatlariga o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazishga qadar amalga oshirilgan bo’lsa, buxgalteriya hisobida ushbu xo’jalik operatsiyasi ta’sichilarga qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6600)ning kreditida aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’liqlikda aks ettiriladi.

35. Sug’urta tashkilotlarida Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablag’larini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan ijobiy kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi "Devalvatsiya uchun rezerv" schyotiga olib boriladi. Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablag’larini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan salbiy kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi "Devalvatsiya uchun rezerv" schyotiga oldingi ijobiy kurs farqlari summasi chegarasida kamaytirishga olib boriladi. Salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga olib boriladi.


5-§. MOLIYAVIY HISOBOTLARDA CHET EL
VALYUTASIDAGI OPERATSIYALARNI AKS ETTIRISH

(AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ,
 MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi paragraf)

(Oldingi tahririga qarang)

36. Jamg’arish usulida 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar", 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar", 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar", 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyotlarida hisobga olingan kurs farqlari "Buxgalteriya balansi" (1-sonli shakl) ning aktiv va passivining tegishli qatorlarida aks ettiriladi. (AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)

37. Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda (2-sonli shakl) aks ettiriladi. (AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)

38. Xo’jalik yurituvchi subyektning ustav kapitali shakllanishida vujudga kelgan kurs farqlari buxgalteriya balansi (1-sonli shakl) ning passivida "Qo’shilgan kapital" moddasida, "Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot" (5-sonli shakl) ning "Qo’shilgan kapital" ustunida aks ettiriladi. (AV 30.07.2013 y. 1411-1-son bilan ro’yxatga olingan MV, IV, DSQ, MB Boshqaruvi, Davstatqo’m Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)


Nizomga

ILOVA

Kurs farqlarini o’rtacha miqdor

bo’yicha hisobdan chiqarishga shartli

MISOL

Balansning

valyuta

moddasining

nomi

AQSh

dollari-

ning

summasi

Milliy valyutadagi summasi

(so’mda)

Balansning valyuta moddalarini

har oyi qayta baholash natijasida

jamlangan kurs farqlari

(so’mda)


MB

kursi

1$=900

so’m

MB

kursi

1$=950

so’m

MB

kursi

1$=1000

so’m


Ijobiy 6230

"Boshqa kechiktirilgan

daromadlar" schyotining

krediti bo’yicha

Salbiy 3290

"Boshqa kechiktirilgan

xarajatlar" schyotining

debeti bo’yicha


Valyuta mablag’lari

100 $

90 000

95 000

100 000

5 000 (95 000 - 90 000)

5 000 (100 000 - 95 000)



Debitorlik qarzlari

300 $

270 000

285 000

300 000

15 000 (285 000 - 270 000)

15 000 (300 000 - 285 000)



Kreditorlik qarzlari

500 $

450 000

475 000

500 000


25 000 (475 000 - 450 000)

25 000 (500 000 - 475 000)


JAMI

900 $




40 000

50 000


Bir birlik chet el valyutasiga to’g’ri keladigan o’rtacha kurs farqi hajmini hisoblash:

(40 000 so’m + 50 000 so’m) / 900 $ = 90 000 so’m / 900 $ = 100 so’m

Masalan:

200 AQSh dollari miqdorida kreditorlik qarzi to’landi, moliya-xo’jalik faoliyati natijasiga hisobdan chiqariladigan salbiy kurs farqi summasi 20 000 so’m (200 $ x 100 so’m) ga teng.

debitorlardan 150 AQSh dollari miqdorida valyuta mablag’i kelib tushdi, moliya-xo’jalik faoliyati natijasiga hisobdan chiqariladigan ijobiy kurs farqi summasi 15 000 so’m (150$ x 100 so’m) ga teng.

"O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2004 yil, 37-son, 419-modda.

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech