O‘zbekiston Respublikasi hududida amaldagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari
O’zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksining 23-moddasida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi.
Ushbu modda ikkinchi qismining 1– 6-bandlarida, uchinchi qismining 1– 4-bandlarida, beshinchi qismining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlardir. Ushbu modda ikkinchi qismining 7– 10-bandlarida, uchinchi qismining 5-bandida, beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga kiradi.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.