Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
  • Hammasi

    So’rovnoma

    Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

    Yo‘q mutlaqo javob bermaydi. Interaktiv usulda ma’lumot olishni umuman imkoniyati yo‘q, soliq idoralarida esa turli byurokratik to‘siqlar mavjud.

     27 (55%)

     

    Ha javob beradi. Bu borada interaktiv usulda yoki bevosita soliq idorasidan muammosiz ma’lumot olish mumkin.

     15 (31%)

     

    Bunday ma’lumotnoma olish bo‘yicha murojaat qilmaganman.

     7 (14%)

     

So’rovnomada ishtirok etganingiz uchun rahmat

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor kim?

Avtoinformator - Soliq organlari faoliyati bo'yicha DSQning yagona telefon raqami

Avtoinformator - Soliq organlari faoliyati bo'yicha DSQning yagona telefon raqami

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan 2014 yilda ko’p kanalli (0-371) 202-32-82 telefon raqam orqali xizmat ko’rsatuvchi “Avtoinformator” tizimi joriy etilgan.


Mazkur telefon “Avtoinformator” tizimi avtomatik rejimda oldindan programmalashtirilgan algoritm asosida soliq to’lovchilarga quyidagi mavzularda ma’lumotni taqdim etadi:

Davlat soliq qo’mitasi faoliyati bo’yicha;

Jismoniy shaxslarga soliq solish bo’yicha;

Yurdik shaxslarga soliq solish bo’yicha;

Valyuta nazorati va xalqaro xamkorlik bo’yicha;

Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha;

Soliq solish metodalogiyasi bo’yicha;

Bozorlar va savdo komplekslari faoliyati bo’yicha;

Chakana savdo va xizmat ko’rsatish soxasida naqd xorijiy valyuta muomilasiga yul qo’ymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa mudatli tekshirishlarni tashkil etish bo’yicha;

Nazorat taftish tekshirishlari bo’yicha;

Soliq organlarining Interaktiv xizmatlari bo’yicha.

Ishonch telefoni hamda yagona telefon raqami bo’yicha murojaatlarning soliq to’lovchilar tomonidan baholash funktsiyasi ham mavjud.

Shu bilan birga, «Avtoinformator» zaruriyat tug’ilganda qo’ng’iroqlarni Davlat soliq qo’mitasining faoliyati bo’yicha soliq qo’mitasining mas’ul xodimlari telefon raqamlariga, ishon telefonlari hamda yagona telefon ma’lumotnomasiga o’tkazib yuborish imkoniyatiga ega.

«Avtoinformator» Davlat soliq qo’mitasi Raisiga savol berish imkoniyatini beradi.

Ma’lumki, barcha interaktiv shakldagi qo’llanilayotgan munosabatlar ichidan telefon orqali murojaat etish an’anaviy va ommabop hisoblanadi.

Fuqarolarning ko’pchiligi ma’lumotni Internetdan olgandan ko’ra tegishli instantsiyalarga telefon qilishni afzal ko’radi. Chunki aniq mansabdor shaxs bilan telefon orqali an’anaviy muloqot qilganda Internetdan ko’ra ko’proq ishonch tug’diradi.

Ishonamizki, (0-371) 202-32-82 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz orqali Siz soliq ma’murchiligiga tegishli savollarga tezkorlik bilan javob topasiz va Siz qo’ygan baho mazkur xizmatni samaradorligi baholashda bizga ko’mak bo’ladi.

Ish tartibi: kechayu-kunduz.

Soliq organlari faoliyati bo'yicha DSQning yagona telefon raqami Reglamenti

Baholash dinamikasi:


Ro'yxatga qaytish

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech