Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
  • Hammasi

    So’rovnoma

    Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

    Yo‘q mutlaqo javob bermaydi. Interaktiv usulda ma’lumot olishni umuman imkoniyati yo‘q, soliq idoralarida esa turli byurokratik to‘siqlar mavjud.

     27 (55%)

     

    Ha javob beradi. Bu borada interaktiv usulda yoki bevosita soliq idorasidan muammosiz ma’lumot olish mumkin.

     15 (31%)

     

    Bunday ma’lumotnoma olish bo‘yicha murojaat qilmaganman.

     7 (14%)

     

So’rovnomada ishtirok etganingiz uchun rahmat

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor kim?

Elektron hukumat

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Davlat soliq qo’mitasining interaktiv davlat xizmatlari

2013 yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga Davlat soliq qo’mitasining «Fuqarolar murojaatlarini ko’rib chiqish», «Soliq qarzdorligi to’g’risidagi ma’lumotnoma» va «Sizning soliq inspektsiyangiz» interaktiv xizmatlari integratsiyalashgan.

2014 yil 27 mayda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi bilan birgalikda davlat soliq xizmati organlarining yana 9 ta interaktiv xizmatlarini 2014 yil oxirigacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiyalash chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Mazkur chora-tadbirlar rejasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 noyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini internet tarmog’i orqali davlat ro’yxatidan o’tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 312-sonli qaroriga binoan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish internet tarmog’idan foydalangan holda O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan. "UZINFOCOM" markazi bilan birgalikda tegishli tashkiliy-texnik chora-tadbirlar amalga oshirilib, 2014 yil 1 martdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni olib kiruvchi yakka tadbirkorni davlat ro’yxatidan o’tkazish” interaktiv xizmati ishga tushirildi.

Bundan tashqari, 2014 yil boshidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga «Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari qabuliga yozilish», «Kichik biznes toifasiga mansubligi haqida ma’lumotnoma berish» va «Fiskal xotirali nazorat kassa mashinalarni davlat soliq xizmati organlarida ro’yxatga olish uchun elektron ariza taqdim etish» kabi interaktiv xizmatlar integratsiya qilindi.

       «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yana bir qator interaktiv davlat xizmatlarini integratsiyalash tadbirlari olib borilmoqda va texnik reglamentlar hamda API interfeyslar ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 9 dekabrdagi «Elektron hukumat to’g’risida»gi O’RQ-395-son qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat soliq qo’mitasining 2015 yil 17 dekabrdagi 45-F-sonli farmoyishi qabul qilindi va Qonun ijrosi bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 dekabrda «Elektron hukumat to’g’risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash to’g’risida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida Davlat soliq qo’mitasining 2016 yil 13 yanvardagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan aхborot-kommunikatsiya tehnologiyalaridan foydalangan holda elektron davlat xizmatlari ko’rsatishni tartibga solish maqsadida Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari va elektron davlat xizmatlari reestri hamda har bir davlat xizmati bo’yicha mas’ul tuzilmalar tarkibi Davlat soliq qo’mitasining 2016 yil 2 fevraldagi 40-sonli buyrug’i bilan tasdiqlandi.

Mazkur buyruq bilan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’rsatilayotgan barcha xizmatlarga «Davlat xizmatlari», «Elektron davlat xizmatlari», «Interaktiv davlat xizmatlari» hamda «Axborot davlat xizmatlari» tushunchalari kiritildi.

Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan 38 turdagi davlat xizmatlari va 26 turdagi elektron davlat xizmatlari ko’rsatilmoqda. Elektron davlat xizmatlaridan 11 tasi - axborot davlat xizmatlari, 15 tasi - interaktiv davlat xizmatlari tarkibiga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-sonli qaroriga asosan, hukumat portalini yanada rivojlantirish, davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etilishi ko’lamini kengaytirish maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) 2016 yil 1 mart holatiga 15 turdagi interaktiv xizmatlari joylashtirilgan.

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech