Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
Hammasi

So’rovnoma

Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

Kun savoli

Kimlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektining oila a’zolari bo’lib hisoblanadi?

Elektron raqamli imzo


Elektron raqamli imzolar kalitlarini berish Davlat soliq qo’mitasi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan beriladi.

Kalitlarni ro’yxatga olish markazi 2003 yil 11 dekabrdagi «Elektron raqamli imzo to’g’risida»gi №562-II-sonli Qonuni, 2004 yil 29 apreldagi «Elektron hujjat aylanishi to'g'risida»gi №611-II-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 senyabdagi «Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to'g'risida»gi №215-sonli Qarori, Adliya Vazirligidan tomonidan 2012 yil 5 aprelda №2349-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishda ularga elektron raqamli imzo kalitlarini berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Nizom talablariga muvofiq vazifa va funktsiyalarni bajaradi.

 

Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatga olish markazi elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari va shifrlash sertifikatlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun mo’ljallangan:



Kalitlarni ro’yxatga olish markazi tomonidan tayyorlanadigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280 xalqaro tavsiyalarida belgilangan formatdan foydalanadi.



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-sonli «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonining 1-ilovasiga asosan elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga o’tkazish uchun to’lov eng kam oylik ish xaqining 10% miqdorida belgilangan.

Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli imzo ro’yxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oy.

Murojaat uchun telefonlar:
Telefonlar: (0-371) 244-97-54, 244-97-64, 241-34-86, 244-98-63
Manzil: Toshkent shahri, Abay ko’chasi, 4-A uy
Email: info@yt.uz
Veb sayt: https://esi.uz/ , https://e-imzo.uz/
Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech