Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech

Kun savoli

Kimlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektining oila a’zolari bo’lib hisoblanadi?

Axborot olishga doir so’rovlarni ko’rib chiqish



Davlat soliq qo‘mitasining
2014 yil 3 iyuldagi 267- sonli buyrug‘iga
4-ilova

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi
axborotlarni olishga doir so‘rovlarni ko‘rib chiqish
REGLAMENTI

1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir so‘rovlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir so‘rovlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuni hamda mazkur Reglament bilan belgilanadi.

3. Davlat soliq xizmati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir so‘rov – axborotdan foydalanuvchining davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etish haqida davlat soliq xizmati organlariga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yo‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjat shaklidagi) talabidir.

Davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir so‘rovni ko‘rib chiqish

4. Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.

5. Ommaviy axborot vositasining davlat soliq xizmati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan yetti kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

6. Agar axborotdan foydalanuvchining so‘rovini ko‘rib chiqish davlat soliq xizmati organlarining vakolatlariga kirmasa, so‘rov so‘ralayotgan axborotni taqdim etish vakolatiga ega tegishli organga ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, axborotdan foydalanuvchi esa bu haqda xabardor qilinadi.

7. Rasmiy nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan (chop etilgan) yoxud rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborotlar so‘ralganda davlat soliq xizmati organlari so‘rovga beriladigan javobda so‘ralayotgan axborot e’lon qilingan (chop etilgan) rasmiy nashrning, ommaviy axborot vositasining nomi, chiqarilish sanasi hamda raqamini va (yoki) so‘ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manzilini ko‘rsatgan holda havola berishi mumkin.

8. Agar davlat soliq xizmati organlari olingan so‘rov bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari vakolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmasa, axborotdan foydalanuvchiga so‘rov ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tegishli javob yuboradi.

9. So‘rov rad etilgan taqdirda axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.

10. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir so‘rovlarni qabul qilib olish, ularning hisobini yuritish, rahbariyatga taqdim etish, rahbariyatning munosabat belgisiga asosan ijrochiga etkazish, ijrochi tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha taqdim etilgan javobni murojaat mualliflariga yuborish uchun Davlat soliq qo‘mitasida Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi, davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspektsiyalarida Nazorat-inspektorlik tuzilmalari mas’ul hisoblanadi.

11. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir so‘rovlar har ish kuni soat 09-00 dan 18-00 ga qadar qabul qilinadi, soat 18-00 dan so‘ng kelib tushgan murojaatlar keyingi ish kunida kirim qilingan hisoblanadi.

12. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir so‘rovlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarining mas’ul ijrochilari tomonidan tayyorlangan va rahbar yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan javob xatlari davlat soliq xizmati organlarining Davlat soliq qo‘mitasida Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasiga, davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspektsiyalarida Nazorat-inspektorlik tuzilmalariga taqdim etiladi.

13. Davlat soliq qo‘mitasining Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi, davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspektsiyalarining Nazorat-inspektorlik tuzilmalari javob xatlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazib, ularga chiqish raqamini qo‘yib, belgilangan tartibda murojaat muallifiga yuboradi.

Davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir so‘rovlarga qo‘yiladigan talablar

14. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni olishga doir so‘rovlar O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasi talablariga javob berishi lozim.

Yakunlovchi qoidalar

15. O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar olishga doir so‘rovlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.





O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari faoliyati to’g’risidagi axborotlarni taqdim etish uchun mas’ul bo’lgan mansabdor shaxslar RO’YXATI


O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari faoliyati to’g’risidagi axborotlar RO’YXATI


O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan qo’mita faoliyati to’g’risidagi axborotlar RO’YXATI


O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari faoliyati to’g’risidagi foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo'yilgan axborotlar RO’YXATI


Axborotdan foydalanuvchilarning  O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi  ochiq Hay’at majlislarida hozir bo’lish TARTIBI





Ism sharifingiz *:
Elektron pochta *:
Xabar *:
Rasmdagi kodni tering *:
CAPTCHA
Kodni o'zgartiring


* To'ldirish majburiy bo'lgan katakchalar




Online nazorat.png

Axborot olishga doir so’rovlarni «Elektron soliq xizmatlari portali – www.my.soliq.uz» orqali elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlangan holda (yuridik, jismoniy shaxslar) yuborilsangiz murojaatlar ijrosini onlayn nazorat qilish (yuridik, jismoniy shaxslar) imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech