Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor kim?

Axborot xizmati


Soliq organlarini tashkil etishning butun tizimida ham tub o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur. Bu idoralarning bosh vazifasi soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlashgina emas, balki, eng muhimi, soliqqa doir jinoyatlarning oldini olish maqsadida soliq to‘lovchilarga yordam berish va ularning bu boradagi bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, ular bilan muntazam ish olib borishdan iboratdir.

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‘shma majlisida so‘zlangan ma’ruzadan)


SMI.jpg

Ushbu vazifani amalga oshirish borasida Davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga o‘z vaqtida etkazish, ularga sifatli axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish orqali jamoatchilikning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish borasidagi aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 203-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘i asosida Axborot xizmati tashkil etilgan.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati va davlat soliq xizmati organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, mazkur sohada olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida 14 ta hududiy davlat soliq boshqarmalarida Axborot xizmatlari tashkil etilgan.

Bugungi kunda ular faoliyati uchun zarur texnik vositalar bilan ta’minlanib, barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

Bundan tashqari, Prezidentimiz rahbarligidagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni tushuntirish, shuningdek, OAV yordamida aholiga soliqqa tortish sohasidagi o‘zgarishlarni tezkor va sifatli etkazish maqsadida bugungi kunda respublika davlat soliq xizmati organlarining 194 nafar malakali xodimlaridan iborat maxsus ijodiy guruh tashkil qilingan.

Ushbu guruh har bir viloyat va tuman hududida tasdiqlangan ish rejasi asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Unda soliq to‘lovchilar bilan uchrashuvlar, tadbirkorlar bilan treninglar o‘tkazib borish ko‘zda tutilgan.

Mazkur guruhlar har bir viloyat va tuman hududida tasdiqlangan ish rejasi asosida ish olib bormoqda. Bunday tadbirlarning respublika, viloyat va tuman, shahar kesimida tashkil etilishi qo­nunchilik targ’iboti samaradorligining oshi­shi va aholining keng auditoriyasini qamrab olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasining Axborot xizmati tomonidan bir qator ijtimoiy roliklar tayyorlangan bo‘lib, ular doimiy ravishda respublika telekanallarida namoyish qilinmoqda. «Qanday qilib chekni unutmaslik mumkin?», «Bank plastik kartochkalari va to‘lov terminallaridan foydalanish tartibi», «Soliq inspektsiyalarining ishonch telefonlari», «Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashdan kim manfaatdor?» kabi mavzulardagi videoroliklar soliq to‘lovchilarning o‘z huquq va majburiyatlari haqidagi bilimlarini shakllantirish, umuman, soliq madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

«O‘zekspomarkaz» binosi va mamlakatning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidentimizning qaror va farmonlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini, soliq to‘lovchilarga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmunini tushuntirish maqsadlarida tizimli ravishda ko‘rgazmali seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.


Rolik1.jpgRolik8.jpg
Rolik2.jpgRolik6.jpg
Rolik5.jpgRolik3.jpg


Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech