Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
  
Du Se Cho Pa Ju Sha Yak
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor xodim yollashi mumkinmi?

1439 ta huquqbuzarlik holatlariga nisbatan qanday choralar ko‘rildi

19 fevral 2018 yil

O‘zbekiston respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan "ishonch telefon"lari hamda elektron xizmatlar orqali fuqarolar, barcha toifadagi soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlaridan bo‘layotgan murojaatlar, xat va arizalar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda.

Xususan, o‘tgan hafta davomida "ishonch telefon"lari orqali 138 ta, shundan 7 ta yuridik va 131 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.

Huquqbuzarlik uchun javob berish kerak

Fuqarolar va jamoatchilikning murojaatlari yuzasidan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 1439 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 237 nafar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 1202 nafar shaxsga nisbatan 326,2 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shu jumladan:

- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 9 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 1,6 million so‘m, shundan:

a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schet) bermasdan sotish (xizmat ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha 3 nafar shaxsga nisbatan 0,5 million so‘m;

b) nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 2 nafar shaxsga nisbatan 0,3 million so‘m;

v) to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 2 nafar shaxsga nisbatan 0,3 million so‘m;

g) narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlari bo‘yicha 2 nafar shaxsga nisbatan 0,3 million so‘m ma’muriy jarimalar;

- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 34 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 29,3 million so‘m;

- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 346 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 59,5 million so‘m;

- daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 90 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 15,5 million so‘m;

- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 245 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismiga asosan 42,1 million so‘m;

- avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 11 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasiga asosan 9,5 million so‘m;

- soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 323 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan 55,6 million so‘m;

- debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 32 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismiga asosan 55,1 million so‘m;

- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 112 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 57,8 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech