Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
  
Du Se Cho Pa Ju Sha Yak
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor xodim yollashi mumkinmi?

Murojaat, ijro, nazorat, natija

14 iyul 2017 yil

Bugun yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan keng imtiyoz va qulayliklar samarasi natijasida ushbu soha vakillarining yurtimiz iqtisodiyotidagi ulushi yanada ortib bormoqda. Biroq, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z faoliyatini mavjud qonun talablari asosida rivojlantirish o‘rniga turli xil qonunbuzarlik yo‘llari bilan daromadini oshirishni ko‘zlovchi «tadbirkor»lar ham afsuski uchrab turadi.

Quyida davlat soliq organlari tomonidan joriy yilning 7 iyulidan 13 iyuliga qadar o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

«Ishonch telefon»lari eshitadi...

Davlat soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan «Ishonch telefon»lariga bo‘layotgan murojaatlar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda. xususan, «Ishonch telefon»lari orqali o‘tgan hafta davomida 297 ta, shundan 8 ta yuridik va 289 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.

Qaror ijrosi nazoratda

Davlat soliq organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi «Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2777-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan izchil ish olib borilmoqda.

Xususan, o‘tgan hafta davomida joylarda nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalidan foydalanmaslik hamda tushumlarni bank kassalariga to‘liq topshirmaslik holatlari bo‘yicha 486 ta tekshirish o‘tkazilib, ularning barchasida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Misol uchun, Jizzax viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor «A.Mamadiyorov»ga (nomi o‘zgartirilgan) qarashli savdo shoxobchasida o‘tkazilgan soliq tekshiruvida, mijoz tomonidan amalga oshirilgan to‘lov uchun xarid cheki berilmaganligi, shoxobcha g‘aznasida 194 ming so‘m naqd savdo puli nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmaganligi aniqlanib, tegishli chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, tekshirish natijasida aniqlangan holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 119-moddasi 1-qismiga asosan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda, bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik deya baholanib, eng kam ish haqining 30 baravaridan 50 baravarigacha, ya’ni 4 493 250 so‘mdan 7 488 750 so‘mgacha miqdorda moliyaviy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilsa, eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha, ya’ni 11 233 125 so‘mdan – 14 977 500 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bunday turdagi huquqbuzarliklar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasi 1-qismiga ko‘ra, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish sifatida malakalanib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, ya’ni 149 775 so‘mdan 748 875 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha, ya’ni 748 875 so‘mdan 1 048 425 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Huquqbuzarlik uchun jazo muqarrar

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 4150 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatimizdagi amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 3392 nafar shaxsga nisbatan 1 040,8 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shu jumladan:

- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 767 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasi bilan 114,7 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi;

shundan:

a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schet) bermasdan sotish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha 480 nafar shaxsga nisbatan 71,8 million so‘m;

b) nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga rioya etmaslik bo‘yicha 210 nafar shaxsga nisbatan 31,5 million so‘m;

v) to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga rioya etmaslik bo‘yicha 64 nafar shaxsga nisbatan 9,5 million so‘m;

g) narxlarni asossiz ravishda oshirish bo‘yicha 13 nafar shaxsga nisbatan 1,9 million so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi;

- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 68 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasi bilan 50,9 million so‘m;

- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 439 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismi bilan 65,8 million so‘m;

- daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 175 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismi bilan 26,3 million so‘m;

- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 431 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismi bilan 323,6 million so‘m;

- avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 409 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasi bilan 306 million so‘m;

- soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 855 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismi bilan 128 million so‘m;

- debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 17 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismi bilan 25,5 million so‘m;

- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 231 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi bilan 104 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Автор: Muzaffar Yusuf Nazarov, Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati boshlig‘i
Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech