Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor xodim yollashi mumkinmi?

OAV vakillarini akkreditatsiya qilish

images (3).jpg




O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyardagi «O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 243-sonli qarori talablari asosida amlga oshiriladi.

Muxbirlarni akkreditatsiya qilish

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish uchun tahririyat o‘zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo‘yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.

Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

ixtisoslashuvi;

tarqalish hududi;

elektron pochta manzili;

tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;

kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.

Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi.

Davlat soliq xizmati organlarida muxbirni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi buyurtmanoma tegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Akkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan davlat soliq xizmati organlarida bilan birgalikda belgilanadi.

Akkreditatsiya tartiboti quyidagi asosiy tadbirlardan iborat bo‘ladi:



buyurtmanomani va taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish;

muxbirlarni attestatsiyadan o‘tkazish;

akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish.

Ommaviy axborot vositasi tahririyati tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar va hujjatlarni ko‘rib chiqishni davlat soliq xizmati organlarida tuzilgan Ekspert guruhi hamda Akkreditatsiya Komissiyasi amalga oshiradi.
images (5).jpg


Davlat soliq xizmati organlari akkreditatsiya qilingan muxbirga 2 yilgacha muddatda amal qiladigan akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beradi.

Akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnoma davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab amal qiladi.

Akkreditatsiyaga taalluqli barcha hujjatlar (buyurtmanomalar, qarorlar, dalolatnomalar, akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnoma va shu kabilar) davlat tilida rasmiylashtiriladi.



O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasida akkreditatsiyadan o’tkazilgan jurnalistlar

 

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech