Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor kim?

Soliqlar bolalar nigohida

Soliq savodxonligi va qonunchiligi bo‘yicha fuqarolarda yoshlikdan ko‘nikma hosil qilib borish soliq targ‘ibotidagi eng maqbul usuldir.

Shuni inobatga olgan holda Respublika Davlat soliq qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda maktablarda, kasb-hunar ta’limi kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalarining noiqtisodiy yo‘nalishlarida soliq savodxonligi bo‘yicha maxsus o‘quv rejalari ishlab chiqildi. Ushbu rejaga muvofiq 1-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilar uchun lotin alifbosida o‘quv darsliklari yaratildi va 2008-2009 o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalari o‘quv rejasiga kiritildi.

Ushbu kitoblar 1-4 sinf o‘quvchilari uchun «Iqtisod va soliq alifbosi», 5-7-sinflarga «Iqtisod va soliq saboqlari», 8-9 sinf o‘quvchilari uchun esa «Soliqqa tortish asoslari» nomlari ostida chiqarilgan. Noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari uchun esa o‘quv qo‘llanmasi «Soliq va soliqqa tortish» darsligi sifatida o‘z ifodasini topadi. Mazkur qo‘llanmalar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari fanlar tarkibida 38 soat, oliy ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlarida 36 soat, o‘rta maxsus kasb-hunar muassasalarining noiqtisodiy yo‘nalishlarida esa 20 soatga mo‘ljallangan. Bundan tashqari kasb-hunar kollejlari professor – o‘qituvchilari va talabalariga, shuningdek, biznes maktablari o‘qituvchilari va tinglovchilari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes xodimlari hamda tadbirkorlik va biznes bilan qiziquvchi keng jamoatchilikka mo‘ljallangan «Tadbirkorlik va biznes asoslari» nomli o‘quv qo‘llanmasiga «Tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tartibi» deb nomlanuvchi maxsus bob kiritildi.

Soliq savodxonligi va qonunchiligini o‘quvchi yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishda turli seminar hamda ko‘rik-tanlovlar o‘tkazishning ahamiyati kattadir. Ana shu maqsadda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida «Soliq bilimlari-bolalarga» nomli ijodiy ko‘rik-tanlovi, yozgi bolalar oromgohlarida xordiq chiqarayotgan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida «Soliq haqida Siz nimani bilasiz», Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Soliq bilimdonlari» ko‘rik tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda.

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech