Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
  • Hammasi

    So’rovnoma

    Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

    Yo‘q mutlaqo javob bermaydi. Interaktiv usulda ma’lumot olishni umuman imkoniyati yo‘q, soliq idoralarida esa turli byurokratik to‘siqlar mavjud.

     27 (55%)

     

    Ha javob beradi. Bu borada interaktiv usulda yoki bevosita soliq idorasidan muammosiz ma’lumot olish mumkin.

     15 (31%)

     

    Bunday ma’lumotnoma olish bo‘yicha murojaat qilmaganman.

     7 (14%)

     

So’rovnomada ishtirok etganingiz uchun rahmat

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor xodim yollashi mumkinmi?

Bozorlar va savdo komplekslarini soliqqa tortish

Bozorlar va savdo komplekslarini soliqqa tortish tartiblari

Soliq kodeksining 387-moddasiga muvofiq bozorlar daromadlarining umumiy summasidan, bozorlar daromadidan to‘lanadigan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangandan keyin qolgan mablag‘larning 50 foizi bozorlar joylashgan joydagi tegishli mahalliy byudjetlarga belgilangan tartibda yo‘naltiriladi. Qolgan 50 foizi bozorlar ma’muriyati tasarrufida qoladi va ulardan joriy xarajatlarni qoplash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, bozorlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning ro‘yxatini kengaytirish, sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi.

Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlari bozorlar tomonidan amalga oshirilganda, bunday faoliyatdan olingan daromadlarga ushbu soliq kodeksning 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadi.

Olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bozorlar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlagan shaklda taqdim etadi.

Mablag‘larni byudjetga o‘tkazish olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan bir oyda bir marta amalga oshiriladi.

Bozorlar zimmasida to‘lov manbaida soliqlar va majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha majburiyatlar hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagilarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi:

     bojxona to‘lovlari;

     yagona ijtimoiy to‘lov;

     davlat boji;

     tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;

     davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar;

     avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.

Ushbu qoidalari ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51 foizdan kam bo‘lmagan yuridik shaxslar - savdo komplekslariga tatbiq etiladi.

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech