Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
Hammasi

So’rovnoma

Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

Kun savoli

Kimlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektining oila a’zolari bo’lib hisoblanadi?

Chakana savdo qoidalari

Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 13 fevraldagi
75-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo

QOIDALARI


I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida chakana savdoni tartibga soladi.

Mazkur Qoidalarning amal qilishi savdo rastalari va bozorlardagi savdo o‘rinlari orqali chakana savdo qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.

2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida chakana savdo bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar:

Oldingi таҳрирга қаранг.

yuridik shaxslar;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 20-21-son, 181-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

qonun hujjatlariga muvofiq, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar.

(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qaroriga асосан chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)


II. Asosiy tushunchalar va atamalar

3. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:

chakana savdo — savdo sohasida pirovard iste’molchi uchun, tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga naqd pulga donalab yoki uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda tovarlar sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;

vositachilik savdosi — chakana savdo faoliyatining vositachilar tomonidan vositachilik shartnomalari bo‘yicha sotish uchun ularga berilgan tovarlar sotilishini nazarda tutuvchi turi;

savdo obyekti — mulkchilik shakllaridan, sotuv hajmidan, inshootning o‘lchamidan va hokazolardan qat’i nazar, tovarlar va xizmatlarni sotishga mo‘ljallangan (moslashtirilgan) joy yoki inshoot.

Chakana savdoning savdo obyektlariga quyidagilar tegishlidir: bozor, gipermarket, supermarket, savdo markazi, savdo kompleksi, universam, univermag, minimarket, oziq-ovqatlar do‘koni, ixtisoslashtirilgan do‘konlar, palatkalar, lotoklar, avtodo‘konlar, pavilyonlar, kioskalar, laryoklar.

Savdo obyektlari turg‘un va ko‘chma obyektlarga bo‘linadi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

turg‘un savdo shoxobchalari — davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan belgilangan joylarda doimiy asosda joylashgan savdo obyektlari (do‘konlar, kioskalar, laryoklar, pavilyonlar, dorixonalar, optika, avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari);

(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 martdagi 65-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2012 y., 11-son, 116-modda)

ko‘chma savdo obyektlari — vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek ish kuni tamom bo‘lgandan keyin yig‘ishtirib olishni va obyekt ko‘chirilishini talab etish asosida joylashtirilgan savdo obyektlari (lotoklar, peshtaxtalar, palatkalar, avtodo‘konlar va hokazolar);

savdo zali — tovarlarning ommaviy ofertasiga va/yoki tovarlarning chakana oldi-sotdi shartnomalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan savdo obyekti maydoni;

sotuvchi — savdo faoliyatini amalga oshiruvchi va oldi-sotdi shartnomasining bir tomoni sifatida ish ko‘ruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaxs);

sotuvchi-xodim — sotuvchi nomidan ish ko‘ruvchi va tovarni bevosita sotuvchi yoki iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi shaxs;

Oldingi таҳрирга қаранг.

(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qaroriga асосан chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

tarmoqli marketing — tarmoqli tashkilot tomonidan tovarlarni mustaqil tarqatadigan sotuvchi agentlar tashkil etilishiga asoslangan tovarlarni chakana sotish turi;

tarmoqli tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi hududida mustaqil ravishda yoxud tarmoqli marketing yo‘li bilan sotuvchi agentlar orqali savdoni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;

sotuvchi agent — turg‘un savdo shoxobchalari orqali tovarlarni bevosita sotuvchi, shuningdek uyga buyurtma olish vositasida, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki ko‘chada potensial xaridorlar bilan ishlaydigan, daromadi faqat sotuv hajmiga bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxs – yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor.

(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 25-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 5-son, 48-modda)


III. Sotuvchilarga, savdo obyektlariga va tovarlarga qo‘yiladigan asosiy talablar

4. Sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlar assortimenti, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish shakli sotuvchining ixtisosi va u o‘z faoliyatini ixtisoslashtirishiga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chakana savdo shoxobchasida bo‘lishi shart bo‘lgan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati belgilanishi mumkin, bunday chakana savdo tarmog‘ining joylashishi respublika tumanlari va shaharlari hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

4-1. Tovarlarning olib kirilishini va bojxona bojlari amalda to‘langanligini tasdiqlaydigan bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 12 oy o‘tgandan keyin ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha tayyor import iste’mol tovarlarini sotuvga qo‘yish va chakana sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

(4-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 8 iyundagi 112-son qaroriga асосан kiritilgan — O‘R QHT, 2010 y., 23-son, 186-modda)

5. Sotuvchi o‘z faoliyati ixtisosi va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda davlat standartlarida, sanitariya, veterinariya qoidalarida, yong‘inga qarshi qoidalarda va boshqa normativ hujjatlarda (keyingi o‘rinlarda matnda «standartlar» deb yuritiladi) belgilangan majburiy talablarga rioya qilishi shart.

Oldingi таҳрирга қаранг.

6. Sotuvchi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq tovarlarni qabul qilib olishda, saqlashda, savdo oldi tayyorgarligida va sotish paytida ularning sifati va xavfsizligi savdoning zarur shart-sharoitlarini, shuningdek xaridorlarning tovarlarni tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan zarur joylar, asbob-uskunalar va inventarga ega bo‘lishi shart.

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

7. Sotuvchi qo‘llashga ruxsat berilgan o‘lchov asboblariga ega bo‘lishi va ularni soz holatda saqlashi, ularning metrologik tekshiruvini o‘z vaqtida va belgilangan tartibda o‘tkazishi shart.

8. Barcha o‘lchov vositalari, og‘irlikni o‘lchash priborlari «O‘zstandart» agentligi organlarining tekshirish to‘g‘risidagi ko‘zga yaqqol tashlanadigan ishonch tamg‘asiga yoki guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak, ular belgilangan maqsadida qo‘llanilishi hamda o‘lchovlarning birligi va ishonchliligini ta’minlashi hamda tegishli pasportga ega bo‘lishi kerak.

Nosoz va qo‘llashga ruxsat berilmagan o‘lchov vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

9. Tarozilar va boshqa o‘lchov priborlari sotuvchi-xodimlarning ish joylarida xaridorlar tovarni tortish va berishning butun jarayonini ko‘radigan qilib o‘rnatilishi kerak. Tarozilarni peshtaxtaning fasadiga tomon burchak ostida o‘rnatish, ularning oldini tovarlar, darpardalar, inventar va boshqa narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.

Tarozilar har xil tebranishlar va zirillashlarga uchramaydigan mustahkam, barqaror gorizontal joyga o‘rnatiladi.

Savdo zallarida xaridorlarga qulay joyda nazorat tarozilari va boshqa o‘lchov priborlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

10. 3 va undan ko‘p ish o‘rinli oziq-ovqat do‘konlarining savdo zallarida nazorat tarozilari o‘rnatilishi kerak. Maydoni 1500 kv.m va undan ortiq bo‘lgan savdo zallarida nazorat tarozilari ikki joyda o‘rnatiladi.

11. Savdo avtomatlari, dozatorlar, avtosaturatorlar hamda tovarlarni tortish, dozalash va sotish uchun boshqa priborlarni o‘rnatish va montaj qilish, shuningdek ishga tayyorlash yetkazib berish komplektiga kiradigan ushbu buyumlarga zavodda tayyorlangan hujjatlar talablariga muvofiq o‘tkazilishi kerak. Bunda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga alohida e’tibor berish zarur.

12. Mazkur Qoidalardan tegishli ko‘chirmalar sotuvchi tomonidan ko‘rgazmali va qulay shaklda xaridorlar e’tiboriga yetkaziladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

Alkogol va tamaki mahsulotlari sotish joylarida ularni 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuv joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

13. Xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak:

sotuvchi — yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar — o‘z korxonasining nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi);

sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumotlar — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi.

Agar sotuvchi amalga oshiradigan faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‘lsa, u litsenziyaning tartib raqami va amal qilish muddati to‘g‘risidagi, shuningdek uni bergan organ haqidagi ma’lumotni taqdim etishi kerak.

14. Sotuvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar to‘g‘risidagi quyidagi zarur va ishonchli ma’lumotlarni xaridorning e’tiboriga o‘z vaqtida ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart:

tovarning nomi;

tovarning shtrixli kodi (mavjud bo‘lganda);

tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;

agar u aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa — kafolatli muddati;

agar ular aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa — xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati, shuningdek ko‘rsatilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin xaridor amalga oshirishi kerak bo‘lgan zarur xatti-harakatlar haqidagi hamda, agar tovarlar ko‘rsatilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin xaridorning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavf tug‘dirsa yoki foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolsa, bunday harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

tovarning narxi va uni sotib olish shartlari;

Oldingi таҳрирга қаранг.

ularning majburiy talablariga tovar muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan texnik reglamentlar va standartlarning belgilanishi;

(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

tovarning asosiy iste’mol xossalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar ular o‘ramda ko‘rsatilmagan bo‘lsa);

Oldingi таҳрирга қаранг.

majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati

(14-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 sentabrdagi 194-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 37-38-son, 378-modda)

Agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar iste’mol qilingan bo‘lsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan bo‘lsa, xaridorga bu to‘g‘rida ma’lumot berilishi kerak.

Sotuvchi xaridorning talabiga ko‘ra:

tovarni tayyorlovchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili), xaridorlardan e’tirozlarni qabul qilib olishga va tovarni tuzatuvchi va unga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tayyorlovchi (sotuvchi) tomonidan vakil qilingan tashkilot (tashkilotlar)ning joylashgan joyi to‘g‘risidagi axborotni;

Oldingi таҳрирга қаранг.

sertifikatning asl nusxasi egasi yoki sertifikatni bergan tovarlarni sertifikatlash bo‘yicha organ tomonidan tasdiqlangan sertifikatning nusxasini «(majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarni sotishda);

(14-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 sentabrdagi 194-son qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 37-38-son, 378-modda)

tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etishi shart.

15. Yovvoyi hayvonlarni, ularning nimtalangan go‘shtini, hayot faoliyati mahsulotlarini, ulardan tayyorlangan mahsulotlarni, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni sotish, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan tayyorlangan tovarlarni (mo‘yna, charm, tikuv, attorlik, dekorativ, yodgorlik buyumlari, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor-texnik xom ashyo) sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ovlash (tayyorlash) qonuniyligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi fauna va florasi uchun xos bo‘lmagan obyektlar va ulardan tayyorlangan tovarlar bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan berilgan olib kirish uchun ruxsatnomalar mavjudligi ham talab etiladi.

16. Sotuvchi, tovarlar va ularni tayyorlovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xaridorlar e’tiboriga davlat tilida yetkaziladi, shuningdek boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.

17. Iste’molchiga, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularning narxlari va xizmatlar ko‘rsatish shartlari, shuningdek tovarlarni sotishda xizmat ko‘rsatishning qo‘llaniladigan shakllari to‘g‘risida (oldindan buyurtma berish, tovarlarni uyda sotish, kreditga sotish, gazlamalarni bichish, sovg‘a va komplektli to‘plamlarni komplektlash bo‘yicha va boshqa shakllardagi) ko‘rgazmali va ishonchli axborot taqdim etilishi kerak.

18. Tovarni sotishda xaridorga mustaqil ravishda yoki sotuvchi xodimning yordamida zarur tovarlar bilan tanishish, tosh-tarozining to‘g‘riligini, unga berilgan tovarning o‘lchamini tekshirish imkoni berilishi kerak.

Xaridor tavsiya etilayotgan tovarni ko‘zdan kechirishga, agar tovarning xususiyati buni istisno etmasa va mazkur Qoidalar talablariga zid bo‘lmasa, o‘zining hozirligida uning xossalarini tekshirishni yoki uning harakatlari namoyish qilinishini talab qilishga haqlidir.

Oldingi таҳрирга қаранг.

Sotuvchi agar tekshirish texnik reglamentlar va standartlarining majburiy talablarida yoki shartnoma shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarning sifatini va xavfsizligini (ko‘rib chiqish, sinov, analiz, ekspertiza) tekshirishga majburdir.

(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

19. Sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarlarning narxi, shuningdek shartnomaning boshqa shartlari tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi, qonunlarda yoki boshqa normativ huquqiy hujjatlarda o‘zgacha hol nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

20. Sotuvchi-xodim tovarning nomi, uning sorti, markasi, modeli, tipi, tovarning og‘irligi, o‘lchami yoki birligiga narxi ko‘rsatilgan holda sotiladigan tovarlarning yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnomalari bo‘lishini ta’minlashga majburdir.

21. Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.

Oldingi таҳрирга қаранг.

Turg‘un savdo shoxobchalarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak;

(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 10 iyundagi 116-son qarori таҳририда — O‘R QHT, 2010 y., 23-son, 187-modda)

22. Sotuvchi tomonidan xaridorga kassa yoki tovar cheki yoxud tovarning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat berilgan paytdan boshlab, agar sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida qonunda yoki shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, chakana oldi-sotdi shartnomasi zarur shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

Chakana savdoni nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan amalga oshirayotgan sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor xaridorga sotib olingan tovar bilan birgalikda sotuvchining familiyasi va imzosi, yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqami, tovar sotilgan sana va uning qiymati ko‘rsatilgan holda kvitansiya yoki shunga o‘xshash hujjatni berishi shart.

(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)

23. Sotuvchi-xodim xaridorga xarid bilan birgalikda kassa chekini, tovarlarning ayrim turlarini (antikvariat buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tabiiy mo‘ynadan tikilgan buyumlar va boshqalarni) sotishda haqi to‘langanligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovar chekini berishi shart, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

24. Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat xaridorning roziligi bilan ko‘rsatilishi mumkin.

Xaridor tovarni sotishda tavsiya etiladigan xizmatlarni rad etishga, shuningdek uning roziligisiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan summani qaytarib berishni sotuvchidan talab qilishga haqlidir.

Sotuvchi ayrim tovarlar boshqa tovarlar sotib olinishi yoki ular sotilishi munosabati bilan xizmatlar ko‘rsatilishi sharti bilan sotilishini shart qilib qo‘yishga haqli emas, tovarlar texnik talablarga ko‘ra tegishli mutaxassislarning ishtirokisiz yig‘ilishi va (yoki) o‘rnatilishi (ulanishi) mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno.

25. Sotuvchi-xodim xaridorga zarur sifatga ega bo‘lgan tovarni idishda va (yoki) o‘ralgan holda, muayyan to‘plamda (tovarlar komplekti) va komplektlilikda tovarga tegishli bo‘lgan hujjatlar va anjomlar bilan birga berishi kerak.

26. Sotiladigan tovarning sifatiga, idish va (yoki) o‘rab-joylashtirilishiga, uning komplektliligi, anjomlari va hujjatlariga, tovarlarning komplektiga, shuningdek tovarni yetkazib berish shartlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.

27. Xaridor nooziq-ovqat tovar unga berilgan paytdan boshlab 10 kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan e’lon qilinmagan bo‘lsa, sotib olingan tovarni aynan shunday o‘lcham, shakl, gabarit, fason, rangdagi yoki komplektatsiyadagi boshqa tovarga xarid qilingan joyda va sotuvchi tomonidan e’lon qilingan boshqa joylarda narxida tafovut bo‘lgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitob qilgan holda almashtirishga haqlidir.

Almashtirish uchun sotuvchida zarur tovar bo‘lmagan taqdirda xaridor sotib olingan tovarni sotuvchiga qaytarishga va uning uchun to‘langan summani qaytarib olishga haqlidir.

28. 27-bandda ko‘rsatilgan xaridorning tovarni almashtirish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi talabi, agar tovar iste’mol qilinmagan bo‘lsa, uning tovar ko‘rinishi, iste’mol xossalari, plombasi, yorliqlari saqlangan bo‘lsa, shuningdek ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti mavjud bo‘lsa qondirilishi kerak, zarur sifatga ega bo‘lgan, qaytarilmaydigan yoki nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan, ana shunday o‘lcham, shakl, gabarit, fason, rang yoki komplektatsiyadagi boshqa tovarga (mazkur Qoidalarga 1-ilova) almashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar bundan mustasno.

29. O‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo‘ladi):

aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;

xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;

xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;

tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;

tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini talab etishga haqlidir.

Bunda xaridor zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilganligi oqibatida o‘ziga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Texnik jihatdan murakkab yoki qimmatbaho tovarning sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy ravishda buzilgan taqdirda (bartaraf etilmaydigan nuqsonlar, mutanosib xarajatlarsiz yoki vaqt sarfisiz bartaraf etib bo‘lmaydigan nuqsonlar aniqlanishi, nuqsonlar qayta-qayta aniqlansa yoxud bartaraf etilgandan keyin qayta namoyon bo‘lsa hamda shunga o‘xshash boshqa nuqsonlar) xaridor uning almashtirilishini talab qilishga haqlidir.

Uzoq muddat foydalaniladigan tovarning nuqsonlari sotuvchi tomonidan bartaraf etilishi to‘g‘risida xaridor tomonidan talab qo‘yilgan yoki bunday tovar almashtirilishi talab qilingan taqdirda, xaridor bir vaqtning o‘zida tuzatish davrida yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni almashtirish davrida zarur sifatga ega bo‘lgan aynan shunday tovar berilishini talab qilishga haqlidir. Ularga nisbatan xaridorning tuzatish yoki almashtirish davrida unga ana shunday tovar tekin berilishi to‘g‘risidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar ro‘yxatida (mazkur Qoidalarga 2-ilova) ko‘rsatilgan tovarlar bundan mustasno.

Xossalari bartaraf etib bo‘linmaydigan tovarning nuqsonlari aniqlangan taqdirda (pardoz-andoz buyumlari, maishiy kimyo tovarlari va boshqa tovarlar), xaridor o‘zining tanlashi bo‘yicha bunday tovarni zarur sifatga ega bo‘lgan tovar bilan almashtirishni yoxud xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqlidir.

Ko‘rsatib o‘tilgan talablarni taqdim etish o‘rniga, xaridor sotib olingan tovarni rad etishga va tovar uchun to‘langan pul summasi qaytarilishini talab qilishga haqlidir.

Zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni almashtirish yoki qaytarishda, xaridor o‘zi sotib olgan zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni sotuvchining hisobidan qaytarishi kerak.

Tovar uchun to‘langan pul summasini xaridorga qaytarishda sotuvchi tovardan to‘liq yoki qisman foydalanilganligi, uning tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovarning qiymati pasaygan summani xaridordan ushlab qolishga haqli emas.

30. Sotuvchi-xodim yoki shartnoma asosida sotuvchining funksiyasini bajaruvchi shaxs, tovarning sifatini tekshirish zarur bo‘lgan taqdirda, zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni xaridordan qabul qilib olishga majburdir. Xaridor tovarning sifatini tekshirishda qatnashishga haqlidir.

Tovarning nuqsonlari paydo bo‘lishi sabablari to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda sotuvchi o‘z hisobidan tovarning mustaqil ekspertizasini o‘tkazishi shart. Xaridor bunday ekspertiza xulosasi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishga haqlidir.

31. Sotuvchi tomonidan xaridorning talablari qondirilishi muddatlari, shuningdek ushbu muddatlar buzilganligi uchun javobgarlik «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.

32. Agar nuqsonlar kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida aniqlangan bo‘lsa, xaridor mazkur Qoidalarning 29-bandida ko‘rsatilgan tovarning kamchiliklariga nisbatan talab qo‘yishga haqlidir.

Tovarning kafolat muddati tovar xaridorga sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovarning sotilgan kunini aniqlash mumkin bo‘lmasa, ushbu muddat tovar tayyorlangan kundan boshlab hisoblanadi.

Tovarning yaroqlilik muddati u foydalanishga yaroqli bo‘lgan muddat mobaynida yoki tovar foydalanishga yaroqli bo‘lgan sanadan boshlab tovar tayyorlangan kundan hisoblab chiqiladigan davr bilan belgilanadi.

Agar tovar yig‘ilishi va (yoki) maxsus o‘rnatilishi (ulanishi) kerak bo‘lsa, kafolat muddati u yig‘ilgan va (yoki) o‘rnatilgan (ulangan) kundan boshlab hisoblanadi. Agar yig‘ish va (yoki) o‘rnatish (ulash) kunini aniqlash imkoni bo‘lmasa, ushbu muddat oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Kafolat muddati olti oydan kam etib belgilangan va tovarning nuqsonlari xaridor tomonidan kafolat muddati tamom bo‘lgach, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy doirasida aniqlangan taqdirda, agar xaridor tovarning nuqsonlari tovar xaridorga berilgunga qadar yoki shu paytgacha paydo bo‘lgan sabablar tufayli paydo bo‘lganligini isbotlasa, sotuvchi javob beradi.

33. Agar tovarga kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa, tovarning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan talablar xaridor tomonidan nuqsonlar maqbul muddatda, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy mobaynida yoxud shartnomada belgilangan uzoqroq muddat davomida aniqlanishi sharti bilan berilishi mumkin.

Mavsumiy tovarlar uchun tovarning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan e’tirozlar bildirish muddati tovar xarid qilingan sanadan keyin tegishli mavsum boshlangan paytdan boshlab hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining iqlim sharoitlaridan kelib chiqib mavsumlar quyidagichadir:

qishki mavsum — 25 noyabr — 10 mart;

bahorgi mavsum — 11 mart — 14 may;

yozgi mavsum — 15 may — 15 sentabr;

kuzgi mavsum — 16 sentabr — 24 noyabr.

34. Davlat korxonasi chakana savdo obyektining ish rejimi (ish boshlanishi, tamom bo‘lishi, tushlik tanaffus, dam olish kunlari) davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlariga ko‘ra, mulkchilikning boshqa shakllaridagi tashkilotlarda esa mulkdor tomonidan belgilanadi. 10 ish o‘rinli va undan ko‘p ish o‘rinli savdo korxonalari, shuningdek majburiy ro‘yxatda nazarda tutilgan tovarlarni sotish bo‘yicha joylashtirishga kiritilgan korxonalar korxonaning yopilishi to‘g‘risida xaridorlarni oldindan xabardor qilishlari kerak.

Oldingi таҳрирга қаранг.

35. Yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, yakka tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi va boshqa hujjatlar savdo obyektida turishi hamda nazorat organlarining birinchi talabi bilan ko‘rsatilishi kerak.

(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)

36. Barcha savdo obyektlari ularning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Tekshirish savdo obyekti ochilganda davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan bir marta o‘tkaziladi.

IV. Oziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari

Oldingi таҳрирга қаранг.

37. Oziq-ovqat tovarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda, mazkur Qoidalarning 15-bandida ko‘rsatilgan talablardan tashqari texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga muvofiq, tovarlarning turiga bog‘liq ravishda:

(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan ingredintlarning nomlari, shu jumladan oziq-ovqatga solinadigan qo‘shimcha masalliqlar;

oziqlik qiymati (mahsulotning kaloriyaliligi, oqsillar, yog‘, uglevodlar, vitaminlar, mikroelementlar mavjudligi), og‘irligi va metrik birliklardagi hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

qo‘llaniladigan sohasi (bolalar, davolash-profilaktika, oziq-ovqat mahsulotlari va parhez taomlar va boshqalar uchun);

tayyorlash usullari va shartlari (konsentratlar va yarim tayyor mahsulotlar uchun) va qo‘llanilishi (bolalar, davolash-profilaktika mahsulotlari va parhez taomlar uchun);

Oldingi таҳрирга қаранг.

muvofiqlik sertifikati yoki mahsulotning tayyorlovchi korxonalarda sertifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «(majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlar uchun);

(37-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 sentabrdagi 194-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 37-38-son, 378-modda)

saqlash shartlari (ular uchun saqlash sharoitlariga nisbatan majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun);

tayyorlangan sanasi;

kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoizligi (ular to‘g‘risidagi ma’lumotda kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoizligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lishi kerak bo‘lgan tovarlar uchun);

Oldingi таҳрирга қаранг.

tamaki mahsuloti qutisi (o‘rami) old tomoni asosiy maydonining kamida qirq foizini va orqa tomonidagi asosiy maydonning kamida 40 foizini egallaydigan, shuningdek alkogolli mahsulot idishi etiketkasi asosiy maydonining kamida 40 foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak;

(37-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

38. Tovarlar savdo zaliga yoki sotiladigan boshqa joyga qo‘yilgunga qadar idishdan, o‘rash va bog‘lash materiallaridan, metall klipsdan olinishi kerak. Tovarning iflos bo‘lgan yuzasi yoki qismi tozalanishi kerak. Sotuvchi-xodim, shuningdek tovarlarning sifatini tekshirishi (tashqi belgilariga qarab), ularda zarur hujjatlar hamda ma’lumotlar mavjudligini tekshirishi, tovarlarni brak qilishi va sortlarga ajratishi kerak.

39. Tuz, shakar, un, yorma va boshqa sochiluvchan tovarlarni qadoqlash va sotishda alohida kurakchalardan foydalaniladi.

40. Oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nurlari va yog‘ingarchiliklarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siriga uchraydigan holatda, shuningdek tovarlarni yonma-yon saqlash tartibi buzilgan holda saqlashga va joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

41. Tortib sotiladigan tovarlarni sotishda temir-tersak, chiqindilar, uvoqlar standartlarda belgilangan yo‘l qo‘yiladigan normalardan ortiq bo‘lmasligi kerak.

42. Tortib sotiladigan tovarlar sotishdan oldin sotuvchi tomonidan qadoqlangan va o‘ralgan taqdirda, yaroqlilik muddati qisqa bo‘lgan tovarlarni qadoqlash hajmi savdoning bir kuni mobaynida ular sotiladigan hajmdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Qadoqlangan tovar o‘ramiga etiketka yopishtiriladi, unda uning nomi, tayyorlovchi korxonaning yoki tayyorlovchi mamlakatning nomi, bir birligining bahosi, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, qadoqlangan sanasi, qadoqlovchining tartib raqami yoki familiyasi ko‘rsatiladi.

O‘ramdagi og‘irligi ko‘rsatilgan, tayyorlovchi tomonidan qadoqlangan va o‘rab-joylangan oziq-ovqat tovarlarini sotishda ular qo‘shimcha ravishda tarozida tortilmaydi.

43. Tortib sotiladigan oziq-ovqat tovarlari xaridorga o‘ralganligi uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘ralgan holda beriladi.

O‘rash uchun davlat standartining majburiy talablariga muvofiq bo‘lgan va aniq tovarlarni o‘rashga ruxsat berilgan materiallardan foydalaniladi.

44. Tortib sotiladigan tortiladigan oziq-ovqat tovarlarining narxi netto og‘irligi bo‘yicha belgilanadi.

45. Xaridorning iltimosiga ko‘ra sotuvchi-xodim gastronomiya tovarlarini kesilgan holda sotishi mumkin.

46. Go‘sht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari (biskvit tortlar, pirojnoyelar va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni sotishga faqat sovutiladigan peshtaxtalar, vitrinalar bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

47. Tamaki mahsulotlarini aksiz markalarisiz va 20 yoshdan kichik shaxslarga sotishga ruxsat berilmaydi.

(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

471. Oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan 10 foizdan ortiq konsentratsiyali sirka kislotasini chakana savdoda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

(471-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 noyabrdagi 306-sonli qaroriga асосан kiritilgan — O‘R QHT, 2013 y., 46-son, 602-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

48. Oziq-ovqat tovarlari chakanalab sotiladigan joylarda qo‘shimcha oziq-ovqat tovarlari sotilishi va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shimcha tovarlar bilan savdo qilish va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablari bilan belgilangan oziq-ovqat tovarlari sifati yomonlashishiga va xavfsizligiga va ularni sotish sharoitlari yomonlashishiga olib kelmasligi kerak.

(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

49. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslardan oziq-ovqat tovarlarini qabul qilib olish (qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari) taqiqlanadi.

50. Non va non-bulka mahsulotlari savdosini amalga oshiruvchi savdo korxonalarida belgilangan ish soatlarida assortiment ro‘yxatida nazarda tutilgan assortimentdagi non va non-bulka mahsulotlari bo‘lishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan non do‘konining savdo zalida yoki non mahsuloti savdosini amalga oshiruvchi bo‘limda ko‘rinarli joyga mahsulotning tayyorlovchilari, olib kelish jadvallari, non mahsulotlarini sotish muddatlari, parhezbop non mahsulotlari va yangi turdagi mahsulotlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.

Non sotish va saqlash uchun mo‘ljallangan joy quruq va shamollatib turiladigan bo‘lishi kerak.

Non va non-bulka mahsulotlari sotuvchi savdo obyektlari maxsus anjomlar (vilkalar, pichoqlar, ajratuvchi taxtalar, stellajlar, polkalarni non ushoqlaridan tozalash uchun cho‘tka va boshqalar) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Savdo obyektida dezinfeksiyalovchi vositalar bo‘lishi shart.

51. Non va non-bulka mahsulotlarini qabul qilishda sotuvchi mahsulot sifatini organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha, har bir mahsulot vaznining mahsulotning aniq turi uchun amalda bo‘lgan normativ hujjatlarga muvofiqligini tekshirishi lozim. Buzilishlar aniqlangan taqdirda mahsulot tayyorlovchiga qaytariladi.

Yetkazib beruvchining ilova hujjatida ushbu tovarlar to‘g‘risida «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 ва 6-moddalarida nazarda tutilgan to‘liq ma’lumotlar bo‘lishi lozim.

Non va non-bulka mahsulotlari faqat non mahsulotlari tashishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan avtomashinalarda tashiladi.

52. Ixtisoslashtirilgan va firma non-qandolat do‘konlarida va boshqa do‘konlarning non bo‘limlarida non, non-bulka mahsulotlari va qandolatchilik mahsulotlaridan tashqari shakar, choy, kofe, kakao, un, yorma, makaron mahsulotlari, bolalar ovqati uchun quruq mahsulotlar, oziq-ovqat konsentratlari, kafeteriyga ega bo‘lgan do‘konlarda esa, shuningdek issiq ichimliklar (choy, kofe, kakao, sut) shu jumladan o‘zlari ishlab chiqargan xamir va qandolatchilik mahsulotlari sotilishi mumkin.

53. Non, non-bulka mahsulotlarining tandirdan chiqqandan keyin sotuvda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muddatlari faqat mahsulotning har bir turi uchun normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda belgilanadi.

54. Xaridorlar xohishiga ko‘ra og‘irligi 0,4 kg va undan ortiq bo‘lgan non, non-bulka mahsulotlari (o‘ralganlaridan tashqari) 2—4 ta teng bo‘laklarga kesilishi va tarozida tortilmasdan sotilishi mumkin.

Oldingi таҳрирга қаранг.

55. Amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq bo‘lmagan, shuningdek noto‘g‘ri saqlash tufayli buzilganlik belgilari bo‘lgan non, non-bulka mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.

(55-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

Non mahsulotlari savdo obyektlarida noto‘g‘ri saqlanganligi tufayli buzilgan taqdirda buning uchun savdo obyektlari javob beradi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

Non texnik reglamentlar yoki standartlarga muvofiq saqlanadi.

(55-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

Xaridorlarga non va non-bulka mahsulotlari, maxsus anjom qo‘llanilmagan taqdirda, maxsus qo‘lqoplar (polietilen qo‘lqoplar yoki boshqa qo‘lqoplar) vositasida berilishi mumkin.

Sifatsiz (g‘arch-g‘urch qilgan, kuygan, ichi bo‘sh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non yoki non mahsulotlari sotilgan taqdirda sotuvchi-xodimlar xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatlisiga so‘zsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak. Xaridorlar tomonidan qaytarib berilgan non va non-bulka mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi.

Non mahsulotlari zarur sifatga ega bo‘lmagan taqdirda sotish muddatlari doirasida almashtiriladi.

56. Non, non-bulka mahsulotlarini saqlash va sotish jarayonida ularda kartoshka kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda sotuvchi bu haqda mahsulot yetkazib beruvchiga darhol xabar berishi kerak. Zararlangan mahsulotlar sotuvdan chiqariladi va amaldagi qoidalarga muvofiq yo‘q qilinadi. Non mahsulotlarida kartoshka kasalligi mavjudligi va ularning yo‘q qilinganligi haqidagi dalolatnoma belgilangan tartibda tuziladi.

Kartoshka kasalligi mavjud bo‘lgan mahsulot saqlangan tokchalar, shkaflar, lotoklar, idishlar kartoshka kasalligining oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq belgilangan tartibda zararsizlantiriladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

V. Alkogol va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari

(V-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

57. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish belgilangan tartibga muvofiq berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo huquqi uchun ruxsatnoma asosida va ushbu maqsadlar uchun himoyalangan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalaridan, shuningdek bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan majburiy tartibda foydalangan holda amalga oshiriladi.

(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

Oldingi таҳрирга қаранг.

58. Sifatiga ko‘ra texnik reglamentlar yoki standartlarning majburiy talablariga muvofiq bo‘lgan, belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalangan (pivodan tashqari) alkogol va tamaki mahsulotlari sotilishi kerak.

(58-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shu jumladan import alkogol va tamaki mahsulotlarining sotuvchisi mahsulotlarning har bir nomi bo‘yicha tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hamda hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlari, uning amal qilish muddati va sertifikatni bergan organ ko‘rsatilgan holda mahsulotning har bir nomi bo‘yicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tovar-transport hujjatlariga ega bo‘lishi kerak.

(58-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Muvofiqlik sertifikati xaridorning talabiga ko‘ra sotuvchi tomonidan taqdim etilishi kerak.

Sertifikatsiyalangan mahsulot belgilangan tartibda muvofiqlik belgisi bilan markalanadi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish faqat alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lgan omborxonalari va asbob-uskunalari bo‘lgan (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini va bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini qo‘llanish, moddiy boyliklarning to‘liq saqlanishini ta’minlash sharoitlariga ega bo‘lgan), alohida kirish joyi hamda shaharlarda — kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda — kamida 15 kvadrat metrli (faqat alkogolli mahsulotlar sotish uchun mo‘ljallangan) savdo zali, uzoq tog‘li joylarda — alohida savdo bo‘limi mavjud bo‘lgan turg‘un savdo shoxobchalarida amalga oshirilishi mumkin.

(58-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

59. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, chakana savdo obyektlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish vaqti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan, alkogolli mahsulotlar sotish shartlariga muvofiq belgilanadi.

(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

60. Alkogol va tamaki mahsulotlarini:

20 yoshga to‘lmagan shaxslarga;

muvofiqlik sertifikatisiz;

yaroqlilik muddati o‘tib ketgan holda;

aksiz markalari bilan markalanmagan holda (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan;

ishlab chiqarilgan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda;

alkogolli mahsulotlar tayyorlashga litsenziyasi bo‘lmagan mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlanganda;

alkogol va tamaki mahsulotlarini yetkazib berish huquqiga ega bo‘lmagan yoki bojxona tartibga solishi, savdo belgilari va firma nomlaridan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzgan holda yetkazib bergan yetkazib beruvchilardan sotib olinganda;

alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotish uchun sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lmagan xona va joylarda;

ta’lim, sport va diniy muassasalardan kamida besh yuz metr radiusda joylashgan savdo korxonalarida;

tamaki mahsulotlariga nisbatan – donalab, qutisiz (o‘ramsiz);

savdo avtomatlari orqali;

jamoat transporti bekatlarida, shu jumladan metropoliten bekatlarida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida, aeroportlarga, temir yo‘l vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan joylarda joylashgan savdo korxonalarida;

etiketkalarsiz, iflos (ichki yoki tashqi tomoni), singan (og‘zi uchgan, yorilgan), tiqini uchgan, umumiy ko‘rinishi tiniq bo‘lmagan, chet narsalar aralashgan, cho‘kindili butilkalarda (vinolar to‘plamidan tashqari);

alkogolli mahsulotlarga qonun hujjatlarida belgilangan eng past chakana narxdan past narxlarda (pivodan tashqari) sotish taqiqlanadi.

(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

61. Alkogol va tamaki mahsulotlari mahsulotning tegishli turi bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq holda saqlanishi kerak.

(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Uzum, meva vinolari, konyaklar, shampan quyilgan, po‘stloq tiqinli butilkalar tiqinlarning qurib qolmasligi va havo kirmasligi uchun omborxonalarda yotiq holatda, boshqacha tiqinli butilkalar esa tik holatda saqlanadi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

62. Sotuvchi alkogol va tamaki mahsulotlarini savdo zaliga qo‘yishdan oldin tashqi belgilariga qarab ularning sifatini tekshirib ko‘rishga majburdir.

(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

63. Alkogolli mahsulotlarni sotish chog‘ida sotuvchi sotuvdagi mavjud tovar namunalariga mahsulot nomi yozilgan, ularning idishi va qadoqlash qiymati qo‘shilgan narxlari ko‘rsatilgan narxnomalarni birkitib qo‘yadi.

(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

64. Sotuvchi-xodimlarning ish o‘rinlari (alkogolli mahsulotlarni quyib sotuvchi shaxslar uchun) tegishli savdo uskunasi, davlat tekshiruvidan o‘tgan o‘lchov menzurkalari va o‘lchov krujkalari bilan jihozlangan va alkogolli mahsulotlarni 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvga ega bo‘lishi kerak.

(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

65. Xaridor kamchiliklari bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotlari sotib olgan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatli tovarga almashtirib berishga yoki, agar mazkur kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan bo‘lsa, xaridorga uning to‘lagan summasini qaytarib berishga majburdir.

Sotuvchi aybi bilan belgilangan yaroqlilik muddati doirasida kamchiliklari bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish oqibatida iste’molchi hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar amaldagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.

(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

66. Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, chakana savdo korxonalarining sotuvchi-xodimlari, rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari aholiga alkogol va tamaki mahsulotlari sotish tartibini buzganlik yoki yomon sifatli alkogol va tamaki mahsulotlari sotganlik, shuningdek ularni saqlash tartibini buzganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.

(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

67. Pivo alkogolli mahsulot hisoblanadi (alkogolsizlari bundan mustasno). Pivoni (alkogolsizlari bundan mustasno) alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo huquqi uchun ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda yuridik shaxslar tomonidan sotishga yo‘l qo‘yiladi.

(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)


VI. Meva-sabzavot tovarlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari

68. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida ixtisoslashtirilgan meva-sabzavot do‘konlarida, oziq-ovqat do‘konlarining bo‘limlari va seksiyalarida, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi pavilyonlarda yangi uzilgan sabzavot, ho‘l meva, uzum, rezavor meva, subtropik o‘simliklar, yong‘oqmevalar, poliz mahsulotlari, qo‘ziqorin, yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, kartoshka va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar (keyingi o‘rinlarda matnda «meva-sabzavot tovarlari» deb yuritiladi)ni chakana sotish sohasidagi asosiy talablarni belgilab beradi.

69. Chakana savdo korxonalari meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka ko‘plab keltiriladigan davrda tumanlar, shaharlar hokimliklari va sanitariya nazorati organlarining ruxsati bilan lotoklar, telejkalarda sotishni, shuningdek dehqon bozorlari, guzarlar, yarmarkalar va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan boshqa joylarda mayda ulgurji savdoning keng tarmog‘ini tashkil etadilar.

Mayda chakana savdo tarmog‘i meva-sabzavot va boshqa qo‘shimcha tovarlar bilan o‘zlari tarkibiga kiradigan, ushbu mahsulotlar bilan savdo qiladigan korxonalar va tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

70. Meva-sabzavot bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar qo‘shimcha ravishda qadoqlangan boshqa oziq-ovqat tovarlari: ziravor, ketchuplar, dorivorlar, asal, o‘simlik moyi, tuz, oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan 10 foizdan ortiq bo‘lmagan konsentratsiyali sirka kislotasi, meva-sabzavot sharbatlari va chanqovbosdi ichimliklar ham sotishi mumkin.

(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 noyabrdagi 306-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2013 y., 46-son, 602-modda)

71. Ish sharoitlariga qarab meva-sabzavot tovarlari bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar xo‘jalik tovarlari: kartoshka-sabzavot tozalagich, sharbatsiqqich, qopqoqlash mashinalari, har xil idishlar, tiqin va o‘rash materiallari, kichik mexanizatsiya vositalari, bog‘-poliz anjomlari, polietilen plyonka, meva-sabzavot ekinlari va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lari va ko‘chatlarini sotishi mumkin.

Oldingi таҳрирга қаранг.

72. Sotuvga qo‘yiladigan meva-sabzavot tovarlari sortlarga ajratilgan bo‘lishi va sifatiga ko‘ra texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Saralash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan olmaning ayrim dumbul navlari («Oq olma», «Astraxan oq olmasi», «Rozmarin»), rezavor mevalar (qulupnay, malina (xo‘jag‘at), smorodina (qorag‘at), danakli mevalar (olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik) va uzum uchun bundan istisno qilishga yo‘l qo‘yiladi. Agar yaroqsizlik va chiqit miqdori olmalar uchun 5 foizdan, danakli mevalar va uzum uchun 10 foizdan ortiq bo‘lmasa, ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar sortlarga ajratilmasdan sotuvga qo‘yilishi mumkin.

(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

73. Meva-sabzavot tovarlari tayyorlash (qabul qilish), saqlash, qayta ishlash, sotish (savdo) joylariga tovarni mexanik shikastlanishdan saqlashni ta’minlovchi idishda va o‘ramda keltiriladi. Meva-sabzavot tovarlarining nosoz, iflos va o‘ziga xos hid kelib turadigan idishda va transport vositalarida idishsiz tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

74. Meva-sabzavot tovarlari transportning ochiq turlari bilan tashilganda ularning ustiga brezent yoki o‘rash materiali yopilgan bo‘lishi kerak.

75. Idish ehtiyotkorlik bilan, maxsus asboblar yordamida ochilishi kerak. Savdo korxonasi va tashkilotiga keltiriladigan barcha meva-sabzavot idishi uning saqlanishini ta’minlaydigan hamda ayniqsa zararli moddalar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak. Idishni savdo zalida, tamburda va savdo korxonalarining old tomonida saqlash taqiqlanadi. Idishni saqlash uchun maxsus bino yoki atrofi o‘ralgan bostirmali maydon ajratiladi.

76. Ho‘l, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot tovarlari buning uchun maxsus ajratilgan, tabiiy yorug‘lik tushmaydigan, yaxshi shamollatiladigan, sovutiladigan joylarda idishga solingan holda saqlanadi. Tovarning har bir turi saqlash joylarida alohida joylashtiriladi. Mahsulot solingan yashiklar, lotoklar, savatlar 1,5-2 metr balandlikdagi so‘rilarga qo‘yiladi. Tovarlar konteynerlarda saqlanganda ularning poldan balandligi bino shipining balandligiga va ko‘tarish mexanizmlari jihozlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.

77. Ho‘l meva, sabzavot va kartoshkani saqlash uchun quyidagi sharoitlar ta’minlanishi kerak:

Mahsulotning nomi

Selsiy bo‘yicha harorat darajasi

Havoning nisbiy namligi, foiz

Kartoshka

+2 dan +3 gacha

85—95

Sabzi, petrushka, selderey, sholg‘om,
yerqalampir (xren), lavlagi, turp,
rediska, bryukva, piyoz

–1 dan +1 gacha

90—95

Karam

–1 dan +3 gacha

90—95

Pomidor

+10 dan +13 gacha

75—80

Bodring, kabachki, qovoq, patisson, baqlajon

+13 dan +15 gacha

90—95

Salat, ismaloq, ko‘kpiyoz, bog‘lamli rediska
va boshqa oshko‘klar

+1 dan +3 gacha

90—95

Qovun

+10 dan +13 gacha

85—90

Tarvuz

+3 dan +4 gacha

80—85

Olma

+4 dan +5 gacha

95

Nok

+2

95

Uzum

0 dan —1 gacha

90—95

Danakli mevalar (olcha, gilos,
o‘rik, olxo‘ri, shaftoli)

0 dan +1 gacha

80—95

Qalampir

+6 dan +7 gacha

80—95

Bulg‘or qalampiri

+10 dan +13 gacha

90—95

Sariq, to‘q sariq tusli
sitrus mevalar

+2 dan +3 gacha

85—90

Mandarin, apelsin va limon

+2 dan +3 gacha

85—90

Pishgan ananas

+8 dan +9 gacha

85—90

Pishgan banan

+12 dan +14 gacha

90—95

78. Mevalar buzilishining oldini olish uchun fumigatsiya qilingan olma, nok va sitrus mevalarni savdo joylarida saqlash 24 soatdan oshmasligi kerak.

79. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan bodring va pomidorlar yog‘och bochkalarda, bidonlarda polda, shisha idishda — so‘kchaklarda yoki yashiklarda, polietilen qopchalarda-yashiklarda: karam — 0 dan — 20S gacha, bodring va pomidor — 1 dan +4oS gacha haroratda, sovutiladigan xonalar bo‘lmagan taqdirda omborlarda +120S dan oshmaydigan haroratda tungi vaqtda majburiy shamollatishni qo‘llagan holda ko‘pi bilan ikki kecha-kunduz saqlanadi.

80. Quritilgan mevalar, sabzavot va qo‘ziqorinlar 0 darajadan +10 darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75 foizdan yuqori bo‘lmagan quruq, salqin xonalarda yashiklarda, so‘kchaklarga joylashtirilgan polietilen yoki kraft qopchalarda saqlanadi.

81. Havo kirmaydigan, sterilizatsiya qilingan metall, polimer, shisha idishdagi konservalar, sharbat va ichimliklar yog‘och (yoki plastmassa) qutilarda +3 dan +100S darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 85 foizdan oshmaydigan sharoitda saqlanadi.

82. Muzlatilgan meva va sabzavotlar harorati — 8 — 100S darajadan oshmaydigan past haroratli kameralarda va peshtaxtalarda saqlanadi.

83. Yangi rezavor mevalar solingan ochiq savatlar va g‘alvirlar usti yengil gazlama (masalan, doka va hokazolar) bilan yopiladi.

84. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlari sotishga qo‘yishdan avval yaroqsiz va nostandartlarga ajratib saralanadi, shuningdek ularning ifloslangan ustki qismi tozalanadi. Qayta ishlash uchun saralash stollari, imkoniyatga qarab saralash — kalibrlash mashinalari bilan jihozlangan maxsus xona ajratiladi.

Rezavor mevalar, gilos, olcha va uzum dastlabki qayta ishlovlarsiz savdoga qo‘yilishi mumkin.

85. Do‘konlarda yangi va quritilgan meva-sabzavot tovarlari va kartoshkani sotish tovarning narxi va sorti ko‘rsatilgan, qadoqlangan holda amalga oshiriladi.

86. Do‘konlarda kartoshka va meva-sabzavot tovarlari polkalarda, etajerkalarda va peshtaxtalarda, shu jumladan sovutish peshtaxtalarida, chakana savdo stollarida, savatlarda, yashiklarda va boshqa asbob-uskunalar va jihozlarda ko‘rsatib qo‘yiladi.

87. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bilan savdoga tayyorlanadigan tovarlar do‘konlarda bog‘lamlanadi, qadoqlanadi, ovqat tayyorlash uchun to‘plam qilib qo‘yiladi, ip va polietilen to‘rxaltalarga, qopchalarga va boshqa o‘rash-joylash materiallariga joylanadi hamda markalanadi.

88. Tortib sotiladigan kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini og‘irligi xaridorga ko‘rinarli joyda ko‘rsatilgan idishda tortishga yo‘l qo‘yiladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

89. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan qo‘ziqorin amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlarga muvofiq foiz nisbatlaridagi sharbat, tuzli va sirkali suv bilan birga sotiladi.

(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

Boshqa tuzlangan va sirkalangan meva-sabzavot tovarlarini sotishda suyuqlik tovar tortib bo‘lingandan so‘ng xaridor iltimosiga ko‘ra qo‘shiladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni sotishda maxsus anjomlar (qoshiq, vilka, kurakchalar) qo‘llaniladi.

90. Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.

91. Sifati past meva-sabzavot tovarlarini sotish taqiqlanadi.


VII. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish xususiyatlari

92. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish xo‘jalik yurituvchi subyektlar — belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan savdo qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning savdo obyektlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan dislokatsiyaga kiritilishi kerak.

Dislokatsiyaga moddiy-texnik bazasi mazkur Qoidalarning 93—95-bandlari talablariga muvofiqligi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida tashkil etilgan komissiyalarda ekspertizadan o‘tgan savdo korxonalari kiritiladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

Tasdiqlangan Dislokatsiyaga muvofiq Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probani aniqlash palatasi ro‘yxatdan o‘tkazadi va ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi beradi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

(92-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)

93. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan tovarlarni sotish faqat ixtisoslashtirilgan zargarlik do‘konlari, univermaglar, savdo markazlarining bo‘limlari, seksiyalarida amalga oshiriladi. Ularda ko‘rsatib o‘tilgan boyliklarning hisobga olinishi, ishonchli saqlanishi (qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligi signalizatsiyasi mavjudligi, savdo bo‘limidan to‘silgan mustahkamlangan, yonmaydigan po‘lat sandiq mavjudligi) va ularni xaridorlarning tanlashi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi.

Do‘konlar va bo‘limlarda quyidagilar mavjud bo‘lishi shart: «O‘zstandart» agentligining davlat tekshiruvchilari tomonidan tekshirilgan birinchi yoki ikkinchi klass aniqlikdagi torozilar, gardish o‘lchagichlar, barmoq o‘lchagichlar, probani aniqlash uchun reaktivlar.

94. Ixtisoslashtirilgan zargarlik do‘konlarida, univermaglar, savdo markazlarining bo‘limlari va seksiyalarida xaridorlarga qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni ko‘rsatish qulay bo‘lishi ta’minlanishi kerak.

Xaridorlarga qulay bo‘lishi uchun zargarlik zeb-ziynatlari, stolni tuzash buyumlari va boshqa buyumlar vazifasi va xiliga ko‘ra guruhlarga ajratilishi kerak.

Oldingi таҳрирга қаранг.

95. Savdo zallarida qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan probalar to‘g‘risidagi axborot, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tamg‘alash tartibi to‘g‘risidagi normativ hujjatlardan ko‘chirmalar, proba tamg‘alari tasviri, chakana savdo korxonasi Davlat probani aniqlash palatasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, mazkur Qoidalar va xaridorlar uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘zga ko‘rinarli joyga osib qo‘yilishi kerak.

(95-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)

96. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar ularda ularni tayyorlaganlarning tamg‘alari va Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan qo‘yilgan proba tamg‘alari mavjud bo‘lsagina sotiladi.

Chet eldan keltirilgan xorijda ishlab chiqarilgan buyumlarda ham Davlat probani aniqlash palatasining tamg‘asi bo‘lishi shart.

97. Sotuvga qo‘yilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda mahsulotning nomi, tayyorlovchi, artikul, proba, 1 gramm mahsulotning massasi va narxi, sotuvga qo‘yilgan buyumlarning turi, ularning xususiyati, buyumning massasi va chakana narxi ko‘rsatilgan holda plombalangan yorliqlar bo‘lishi kerak.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq tamg‘alanmaydigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlarning ayrim turlarida sifat sertifikati bo‘lishi kerak.

98. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar savdo zaliga qo‘yilgunga qadar sotuvdan oldingi tayyorgarlikdan o‘tishi kerak. Bu tayyorgarlik buyumlarni ko‘zdan kechirish va brak qilishni, belgilangan proba tamg‘alari, plomba va yorliqlar mavjudligini tekshirishni, o‘lchamlariga ko‘ra sortlarga ajratishni o‘z ichiga oladi.

Sotuvchi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashda xaridorga malakali yordam berishi va uni zarur maslahat bilan ta’minlashi, xaridorni sotuvdagi mavjud namunalar bilan tanishtirishi kerak.

Xaridorning xohishiga ko‘ra sotuvchi-xodim xaridor tanlagan qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni do‘kon ish kunining oxirigacha bo‘lgan muddatga saqlab turishga majburdir.

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar yakka tartibda o‘rab-joylangan bo‘lishi kerak.

Sotuvchi qo‘shimcha tovarlar sotishni tashkil etishi va xaridorga qo‘shimcha xizmatlar kompleksini ko‘rsatishi mumkin (o‘yma naqsh solish, oldindan buyurtma qabul qilish, sovg‘ani yetkazib berish va topshirish, chiroyli qilib o‘rab-joylash va xizmatlarning boshqa shakllari).

99. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar almashtirilmaydi va qaytarib olinmaydi, ularda chakana savdo korxonasi tomonidan qayd etilmagan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning sifatsiz mahkamlanganligi, yorliqlar, ushalgan joylar, tirnalgan joylar, g‘udurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlangan, davlat proba tamg‘asi muhrining zargarlik qotishmasi amaldagi probasiga, buyum xususiyatining plombalangan yorliq ma’lumotlariga mos kelmasligi bundan mustasno.

100. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda chakana savdo korxonasi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar aniqlangan taqdirda xaridor ularni xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida xarid narxi tegishlicha qayta hisoblangan holda ana shunday buyumlarga yoki boshqa buyumlarga almashtirish huquqiga ega bo‘ladi yoxud ulardagi nuqsonlar tekin bartaraf etilishi yoki xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishi kerak.

Xaridor shuningdek zarar qoplangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga ham haqli bo‘ladi. Xaridorning ko‘rsatib o‘tilgan talablari tovar cheki taqdim etilgandan keyin ko‘rib chiqiladi.

101. Almashtirish yoki nuqsonlarni tekin bartaraf etish muddatlari buzilgan taqdirda sotuvchi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq neustoyka to‘lashi shart.

102. Sifatga oid nuqsonlar paydo bo‘lishi sabablari masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqsa sotuvchi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumni xaridordan qabul qilib olishga va uni mustaqil ekspertiza o‘tkazish uchun Davlat probani aniqlash palatasiga yuborishga majburdir.

Xaridor ekspertiza o‘tkazishda qatnashishga haqlidir.

103. Sotilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun xaridordan naqd pulni qabul qilish nazorat-kassa mashinalari qo‘llangan holda amalga oshiriladi.

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan sotilgan buyum uchun xaridorga kassa cheki hamda savdo tashkiloti qaydi qo‘yilgan va sotuvchi-xodim tomonidan imzolangan tovar cheki nusxasi beriladi. Tovar cheki nusxasida buyumning nomi, artikuli, narxi va sotish sanasi, sotuvchi-xodimning imzosi va savdo korxonasi shtampi ko‘rsatiladi.

104. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan vositachilik savdosi tovarlar bilan vositachilik savdosi qoidalariga muvofiq mazkur Qoidalarning 92-bandiga binoan Dislokatsiyaga kiritilgan savdo korxonalaridagina amalga oshiriladi.

105. Sotuvchi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotish qoidalari buzilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xaridor oldida javob beradi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

106. Davlat proba tamg‘alarisiz yoki plombirlangan yorliqsiz sotuvga tushgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar muhrlanishi va Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probani aniqlash palatasiga jo‘natilishi kerak.

(106-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 26 dekabrdagi 572-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003 y., 24-son, 242-modda)


VIII. Qimmatbaho metallar, toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni aholidan sotib oluvchi punktlarning ish qoidalari xususiyatlari

Oldingi таҳрирга қаранг.

107. Qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar siniqlarini va ulardan yasalgan buyumlarni aholidan sotib oluvchi sotib olish punktlari, do‘konlar va boshqa yuridik shaxslar (matnda keyingi o‘rinlarda «sotib olish punktlari» deb yuritiladi) Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga ega bo‘lishlari kerak. Zargarlik buyumlarini qayta ishlash va tayyorlashda Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga ega bo‘lish kerak.

(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)

108. Sotib olish punktlari ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli boyliklar ishonchli saqlanishini ta’minlaydigan, shuningdek topshiruvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan maxsus jihozlangan binolarda joylashtirilishi kerak.

109. Sotib olingan boyliklar sotib olish punkti tomonidan ularning haqi to‘langandan keyin qimmatli boyliklarni sotuvchiga qaytarib berilmaydi.

110. Sotib olish punktlari aholidan shartnoma asosida:

qimmatbaho metallar (oltin, platina, palladiy va kumush) va ulardan yasalgan buyumlarni;

qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni;

monetalarni (oltin, platina va kumush tangalarni);

korpusiga oltin qoplangan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import soatlarni;

kumush gardishli chinni va billur buyumlarni sotib oladi.

111. Sotib olish punktlarining:

texnik olmoslarni;

qayta ishlanmagan shakldagi qimmatbaho toshlarni;

yombi, oltin cho‘kindi, olib qo‘yiladigan yasama tish, sim va kukun shaklidagi oltin, platina, palladiy va kumushni;

oltin, platina, palladiy va kumushdan yasalgan ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi buyumlarni (chega, laboratoriya idishi va boshqalarni);

davlat va jamoat korxonalari va tashkilotlaridan qimmatli boyliklarni sotib olishi taqiqlanadi.

112. Qimmatbaho metallarning probasini aniqlash va qimmatli boyliklarni tosh-tarozida tortish uchun sotib olish punktlari:

barcha aniqlangan probalarni aniqlash uchun kimyoviy reaktivlarga;

qimmatbaho toshlarni tosh-tarozida tortish uchun analitik tarozilarga;

oltin, platina, palladiy, yarim qimmatbaho, ishlov berilgan va sintetik toshlarni tortish uchun I klassli texnik tarozilarga;

kumushni tosh-tarozida tortish uchun II klassli texnik tarozilarga ega bo‘lishi kerak.

113. Boyliklarni tosh-tarozida tortish:

oltin, platina, palladiy va ushbu metallardan yasalgan buyumlar uchun — 0,01 grammgacha;

kumush va kumushdan yasalgan buyumlar uchun — 0,1 grammgacha;

gardishsiz qimmatbaho toshlar uchun — 0,01 karatgacha;

yarim qimmatbaho toshlar uchun — 0,01 grammgacha;

ishlov berilgan toshlar uchun — 0,1 grammgacha aniqlikda bo‘lishi kerak.

Xarid qilish paytida buyumdan olish mumkin bo‘lmagan yoki buyumdan olish maqsadga muvofiq bo‘lmagan barcha qimmatbaho toshlar karatomer bo‘yicha 0,1 karatgacha aniqlikda aniqlanadi.

114. Boyliklarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha operatsiyalar boyliklarning egasi ishtirokida amalga oshiriladi (probani aniqlash, tortish, shtift, kanifolni yo‘qotish va boshqalar).

115. Boyliklarning narxi sotuvchi bilan kelishilgandan keyin sotib oluvchi tovarshunos belgilangan namunadagi kvitansiyani 4 nusxada yozadi, kvitansiyani sotib oluvchi tovarshunos va boyliklarni sotuvchi imzolaydi.

116. Sotib olingan har bir qimmatli boylik kvitansiya bilan birgalikda haqi to‘langandan keyin darhol konvertga solinadi va reyestrga yozib qo‘yiladi, konvertda kvitansiyaning raqami va qabul qilingan sana ko‘rsatiladi. Shundan keyin konvert yelimlanadi. Konvertga sig‘maydigan sotib olingan yirik hajmli qimmatli boyliklar qog‘ozga o‘raladi, ularga konvertda ko‘rsatiladiganga o‘xshash ma’lumotlar bo‘lgan yorliq yopishtiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida sotib oluvchi tovarshunos ichiga qimmatli boyliklar solingan barcha konvertlarni paketga (yoki qopga) o‘raydi va o‘zining plombiri bilan plombalaydi. Plombalangan paketlar seyfda saqlanadi. Seyfning kaliti sotib olish punktining mudirida saqlanadi, agar sotib olish punkti do‘kon huzurida bo‘lsa — sotib oluvchi tovarshunosda saqlanadi. Qimmatli boyliklarni saqlash uchun qabul qilishda sotib olish punkti mudiri reyestrni imzolaydi. Reyestrning bir nusxasi sotib oluvchi tovarshunosda qoladi. Paketga yoki qopga joylangan qimmatli boyliklar uchun sotib oluvchi tovarshunos to‘liq moddiy javob beradi.

117. Keyingi ish kunida, aholidan sotib olingan qimmatli boyliklar ko‘zdan kechirilgandan keyin, tovarshunos sotib olish punkti rahbari bilan birgalikda bundan keyin sotish uchun yaroqli bo‘lgan zargarlik buyumlarini sotish uchun qo‘yadi. Bundan keyin sotish uchun yaroqli bo‘lmagan buyumlarga ega bo‘lgan sotib olish punkti:

Oldingi таҳрирга қаранг.

ushbu buyumlarni qayta ishlashi va o‘zining sexlari (ustaxonalari)da, ulardan zargarlik buyumlari tayyorlashi mumkin. O‘zining sexlari (ustaxonalari)da tayyorlangan zargarlik buyumlari bundan keyin o‘zining ixtisoslashtirilgan savdo obyektlarida yoki shartnoma asosida boshqa ixtisoslashtirilgan savdo obyektlarida sotilishi mumkin;

(117-band ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

ushbu buyumlarni bundan keyin qayta ishlash va ulardan zargarlik buyumlari tayyorlash uchun korxonalarga berish yoki shartnoma asosida sotishi mumkin. Tayyorlangan mahsulot buyurtmachining ixtisoslashtirilgan savdo obyektlarida bundan keyin sotish uchun buyurtmachiga qaytarilishi yoki o‘zining ixtisoslashtirilgan savdo obyektlari orqali tayyorlovchi korxonalarga sotilishi mumkin.

(117-band uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)

118. Quyidagi masalalar bo‘yicha sotib olish punktlari ishi ustidan nazorat:

punktlar ishining to‘g‘ri tashkil etilganligi — tasarrufida ushbu punktlar bo‘lgan tashkilotlar tomonidan;

ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi mavjudligi, hisobga olish va pul operatsiyalarini yuritish, shuningdek nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilishi bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan;

Oldingi таҳрирга қаранг.

shartnomaviy narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qo‘llanilishining to‘g‘ri iqtisodiy asoslanganligi — O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan;

(118-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 9 sentabrdagi 244-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2013 y., 37-son, 485-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

buyumlarning sifati, ularda Davlat proba tamg‘asi ottisklari borligi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi probani aniqlash tamg‘asi mavjudligi — Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan amalga oshiriladi.

(118-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 26 dekabrdagi 572-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003 y., 24-son, 242-modda)


IX. O‘zbekiston Respublikasi hududida yangi avtomototransport vositalarini chakana sotish xususiyatlari

Oldingi таҳрирга қаранг.

119. Sotuvga faqat belgilangan muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lsa) avtomototransport vositalari (avtomobillar, mototsikllar, tirkamalar, mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan raqamli agregatlar) qo‘yiladi.

(119-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 sentabrdagi 194-son qarori таҳририда — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 37-38-son, 378-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

Yangi import avtomobillarni sotish faqat yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshiriladi.

(119-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-sonli qaroriga асосан ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009 y., 52-son, 560-modda)

Avtomototransport vositalarini sotuvchi do‘konlarning joylashishi avtomototransport vositalarini namoyish qilish uchun zarur savdo maydonlari va sotish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjudligi hisobga olingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

120. Avtomototransport vositalari savdo zaliga qo‘yilguniga qadar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ishlar hajmiga muvofiq savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak. Bunday tayyorgarlik sotuvchi yoki sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida bunday talabni bajaruvchi korxona tomonidan amalga oshiriladi. Servis daftarida yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatda tayyorgarlik o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qayd etiladi. Hujjatda bunday belgini qayd etmasdan avtomototransport vositalari sotilishi mumkin emas.

121. Sotuvchi rasmiylashtirishgacha xaridorga avtomototransport vositasini sotishdan oldin tayyorlashga doir bajarilgan ishlarning sifatini, uning butlanganligini tekshirish, shuningdek kafolat majburiyatlari shartlari bilan tanishish imkonini berishi kerak.

Chet elda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasidan foydalanishga doir amaliy qo‘llanma davlat tiliga qo‘shimcha haq undirilmasdan tarjima qilinishi kerak.

122. Sotuvchi avtomototransport vositasini tanlashda malakali yordam berilishini ta’minlashi, xaridorni ushbu vositalarning sotuvda mavjud bo‘lgan rusumlari va modellari bilan tanishtirishi kerak.

Avtomototransport vositalari savdo zalida yoki sotish qulay bo‘lgan boshqa joylarda xaridor uni erkin ko‘rib chiqadigan qilib joylashtirilishi kerak.

Sotuvchi qo‘shimcha tovarlar sotilishini tashkil etishi va qo‘shimcha haq to‘lash evaziga xaridorga kompleks xizmatlar (avtomobilga qo‘shimcha aksessuarlar, qurilmalar va mexanizmlar o‘rnatish, avtomobillarni saqlash, yonilg‘i quyish va boshqalar) ko‘rsatishi mumkin.

123. Sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi xaridorga quyidagilarni berishi kerak: servis daftarchasi, foydalanish bo‘yicha amaliy qo‘llanma, pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi tovar (kassa) cheki yoki boshqa hujjat, avtomototransport vositasi kompleksiga kiruvchi anjomlar to‘plami, agar bunday to‘plam ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ma’lumotnoma-schyot.

Nomerli agregat (dvigatel, shasse, kuzov, rama) sotilganda xaridorga quyidagilar beriladi:

ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan texnik hujjatlar (bayoni), tovar (kassa) cheki yoki pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ma’lumotnoma-schyot.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtomototransport vositalarini sotuvchi korxonalarni belgilangan tartibda tegishli himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lgan ma’lumotnoma-schyot blankalari bilan ta’minlaydi va ularning sarflanishini nazorat qiladi.

124. Haqi to‘langan avtomototransport vositasini olish xaridor tomonidan rad etilgan taqdirda to‘langan summa unga qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.

125. Avtomototransport vositasiga ishlab chiqaruvchining kafolatnomasi normativ-texnik hujjatlarda belgilangan muddat davomida yoki muayyan kilometr yurilishi mobaynida amal qiladi.

Kafolat muddati avtomototransport vositasi xaridorga sotilgan kundan boshlanadi.

126. Foydalanishning kafolat muddati davrida sotilgan avtomototransport vositalarida sotuvchi tomonidan qayd etilmagan kamchiliklar va ishlab chiqarishdagi yashirin nuqsonlari aniqlangan taqdirda avtomototransport vositasi egasining tanlovi bo‘yicha shunga o‘xshash rusumdagi yangi avtomototransport vositasi bilan yoki xarid narxi tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilingan holda boshqa rusumdagi avtomototransport vositasi bilan almashtirilishi, yoxud ulardagi kamchiliklar tekin bartaraf etilishi yoki ularni bartaraf etish xarajatlari to‘lanishi, yoxud xarid narxi tegishlicha kamaytirilishi kerak (avtomobillar bundan mustasno).

Kafolat muddati mobaynida avtomobillarni almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga ko‘ra (ushbu Qoidalarning 130-bandigamuvofiq) amalga oshiriladi. Avtomototransport egasi, shuningdek zararlar to‘langan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga haqlidir (avtomobillar bundan mustasno). Ko‘rsatib o‘tilgan talablar avtomototransport vositasini sotuvchiga qo‘yiladi.

Istisno hollarda (sotuvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda) kamchiliklarni tekin bartaraf etish yoki bartaraf etish bo‘yicha o‘z xarajatlarini qoplash, boshqa avtomototransport vositasiga almashtirish to‘g‘risidagi talab avtomototransport vositasi egasi tomonidan tovarni ishlab chiqaruvchiga berilishi mumkin. Avtomototransport vositasi egasi ushbu talablarni qo‘yish o‘rniga nosoz avtomototransport vositasini ishlab chiqaruvchiga qaytarishga hamda uning uchun to‘langan summa qaytarilishini talab qilishga haqlidir.

Sotuvchi, ishlab chiqaruvchi aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha avtomototransport vositasi egasining talablarini qondirish borasida ularning funksiyasini bajarishga vakil qilingan korxonalar tashkil etishlari, shuningdek ushbu maqsadlarda boshqa korxonalar bilan (keyingi o‘rinlarda matnda «ularning funksiyalarini bajaruvchi korxonalar» deb yuritiladi) shartnomalar tuzishlari mumkin.

Sotuvchi, tayyorlovchi (ularning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan avtomototransport vositasi egasining shaxsiy arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kun ushbu bandda sanab o‘tilgan talablar qo‘yiladigan muddat boshlanadigan kun hisoblanadi.

127. Avtomototransportda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi (respublika tashqarisidan keltiriladigan zarur ehtiyot qismlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularni keltirish talab qilinadigan vaqtni hisobga olmasdan, biroq uch oydan ortiq bo‘lmagan) muddatlarda amalga oshiriladi:

ko‘pi bilan 10 kun — avtomototransport vositasi egasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli talab berilgan paytdan boshlab ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan;

ko‘pi bilan 20 kun — kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida avtomototransport vositasi egasi tomonidan tegishli talab berilgan paytdan boshlab savdo korxonasi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan.

128. Avtomototransport vositasidagi kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan kafolat muddati transport vositasidan foydalanilmagan vaqtga uzaytiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan vaqt avtomototransport egasining kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi talab bilan murojaat qilgan kundan boshlab hisoblanadi va avtomototransport vositasi tuzatilgandan keyin olingan paytdan boshlab tamom bo‘ladi.

129. Nuqsonlari bo‘lgan avtomototransport vositasini sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan almashtirish yetti kun muddatda (agar almashtirish to‘g‘risida talab berilgan paytda shunga o‘xshash avtomototransport vositasi bor bo‘lsa), sifatni qo‘shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganda esa avtomototransport vositasi egasi tomonidan talab berilgan kundan boshlab 20 kun ichida amalga oshiriladi. Avtomobillarni almashtirish muddatlari mazkur Qoidalarning 127-bandiga muvofiq ekspert komissiyasi qarori qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.

Shunga o‘xshash avtomototransport vositasi mavjud bo‘lmaganda avtomototransport vositasi egasining nuqsonli avtomototransport vositasini almashtirish to‘g‘risidagi talabi e’tiroz berilgan paytdan boshlab bir oy ichida qondirilishi kerak.

Avtomototransport vositasini almashtirishda kafolat muddati avtomototransport vositasi egasiga berilgan kundan boshlab hisoblanadi.

130. Kamchiliklar (nosozliklar) paydo bo‘lishi masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) avtomototransport vositasi egasi murojaat qilgan joy bo‘yicha ekspert komissiyasi tashkil etadi. Komissiya tarkibiga tayyorlovchining, sotuvchining (uning funksiyalarini bajaruvchi korxonaning) vakili va avtomototransport egasining xohishi bo‘yicha iste’molchilar jamoatchilik tashkiloti vakili yoki boshqa shaxs kiradi. Avtomototransport vositasi egasi ekspertiza o‘tkazilishida qatnashish huquqiga egadir.

Komissiya kamchilik (nosozlik):

a) agar avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish bo‘yicha zavod yo‘riqnomasi talablariga rioya etmaslik, shu jumladan yo‘riqnomada ko‘rsatilgan foydalanish materiallarini qo‘llash bo‘yicha talablarga rioya etmaslik;

b) avtomototransport vositasi avariya natijasida shikastlanishi, agar avariya avtomototransport vositasining texnik nosozligi natijasida yuz bermasa;

v) agar uzellar va agregatlar avtomototransport vositasi egasi tomonidan avtomototransport vositasini kafolatli tuzatish punktiga yoki zavod vakiliga joyida ko‘rsatmasdan qismlarga ajratilishi yoki tuzatilishi;

g) avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishi, konstruksiyasi avtomototransport vositasini tayyorlovchi zavod bilan kelishilgan qo‘l bilan boshqarish detallari namunaviy komplektlarini mustaqil o‘rnatishdan tashqari;

d) agar avtomototransport vositasi egasi tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoki o‘z kuchi bilan standart uzellar va detallar qismlarga ajratilishi va normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilmagan boshqa uzellar va detallar montaj qilinishi;

ye) ishlab chiqaruvchi zavodning roziligisiz avtomototransport vositasidan poygalarda yoki musobaqalarda foydalanish natijasida;

j) nosozliklar avtomototransport vositasi egasining ehtiyotsizligi (sovuqqonligi), nuqsonlar kelib chiqishining oldini olish uchun zarur xatti-harakatlar ko‘rmaganligi oqibatida kelib chiqqan deyish uchun yetarlicha asos bo‘lgan boshqa hollarda avtomototransport vositasi egasining talabini ko‘rib chiqmasligi mumkin.

Mazkur bandda sanab o‘tilgan sabablar tufayli paydo bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

131. Avtomototransport vositalarini tuzatish, narxini pasaytirish, almashtirish uchun keltirish va ularni xaridorga qaytarish sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan tekin amalga oshiriladi.

Ushbu majburiyatlar bajarilmagan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tovarni keltirish va qaytarish bilan bog‘liq zarur xarajatlarni avtomototransport vositasi egasiga to‘lashga majburdir.

132. Ekspertiza o‘tkazish, avtomototransport vositasini tuzatish, narxini pasaytirish, almashtirish uchun keltirish va qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni, agar kamchiliklar avtomototransport egasining aybi tufayli yoki yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida kelib chiqqanligi isbot qilinmagan bo‘lsa, sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) to‘laydi.

133. Mazkur Qoidalarning 127 ва 129-bandlarida ko‘rsatilgan muddatlar vaqti o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) avtomototransport vositasi egasiga avtomototransport vositasi qiymatining bir foizi miqdorida neustoyka to‘laydi.

134. Nosoz avtomototransport vositasi ana shunday rusumdagi avtomototransport vositasiga, biroq o‘zgartirilgan narx bilan almashtirilganda qiymati qayta hisoblanmaydi, narx oshgan taqdirda boshqa modelga almashtirishda qiymatni qayta hisoblash almashtirish kunida amalda bo‘lgan narxdan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Nosoz avtomototransport vositasi qaytarilganda va shu munosabat bilan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganda avtomototransport vositasi egasi bilan hisob-kitoblar narx oshgan taqdirda — tegishli talab qo‘yilgan kunda ushbu transport vositasining qiymatidan kelib chiqib, narx pasaygan taqdirda esa — xarid kunidagi qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.

135. Kafolat muddati tamom bo‘lgan avtomototransport vositasining kamchiliklarini bartaraf etish «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining15-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.


X. Vositachilik savdosi xususiyatlari

136. Vositachilik savdosi yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ham yuridik, ham jismoniy shaxslar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

137. Vositachalik savdosida hisob va hisobot O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

138. Tovarlar vositachilik savdosiga yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilib olinadi.

139. Komitent (tovarni topshiruvchi)da, agar oldi-sotdi shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovar sotilgan (berilgan) paytgacha komissioner (sotuvchi) tomonidan vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarga mulk egasi huquqi saqlanib qoladi.

Komissioner vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarning yo‘qolishi va shikastlanganligi uchun komitent oldida to‘liq javob beradi. Komitentga yetkazilgan zarar miqdori va uni qoplash tartibi tomonlarning kelishuviga ko‘ra aniqlanadi.

140. Tovarlarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish komissioner va komitent tomonidan imzolanadigan vositachilik bitimi (vositachilik shartnomasi, kvitansiya, yuk xati va boshqa turlari) tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Vositachilik bitimida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

hujjatning tartib raqami, u tuzilgan sana;

tomonlarning (manzili, hisob-kitob raqami, telefoni), komissionerning nomi va rekvizitlari, pasportiga oid ma’lumotlar va komitentning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi ma’lumotlar;

tovarning nomi;

tovarning holatini tavsiflovchi ma’lumotlar: yangi, foydalanilgan, eskirish darajasi, asosiy tovar belgilari, tovarning nuqsonlari;

tovarning narxi;

vositachilik taqdirlash haqi miqdori va uni to‘lash tartibi;

tovarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish shartlari;

tovarni arzonlashtirish tartibi va arzonlashtirish miqdori;

tovar arzonlashtirilgungacha va undan keyin uni sotish muddatlari;

komissioner tomonidan sotilmagan tovarni komitentga qaytarish shartlari va tartibi;

komissioner va komitent o‘rtasidagi hisob-kitoblar shartlari va tartibi;

agar tomonlarning kelishuviga ko‘ra ushbu xarajatlar qoplanishi kerak bo‘lsa, vositachilik savdosiga qabul qilingan tovar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlarini to‘lash miqdori.

Tomonlarning kelishuviga ko‘ra vositachilik bitimiga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha shartlar kiritilishi mumkin.

Agar vositachilik savdosiga bir nechta tovar topshirilsa, ularning nomlari va narxlari vositachilik bitimining ajralmas qismi hisoblangan tovarlar ro‘yxatida ko‘rsatilishi mumkin.

Vositachilik bitimi ikki nusxada tuziladi: birinchi nusxasi komitentga topshiriladi, ikkinchi nusxasi komissionerda qoladi.

141. Unga nisbatan tovarning belgilangan talablarga muvofiqligi, yaroqlilik muddatlari yoki xizmat ko‘rsatish muddatlari tasdiqlanishi to‘g‘risida axborot taqdim etilishi kerak bo‘lgan tovar faqat ana shunday axborot mavjud bo‘lgan taqdirda vositachilik savdosiga qabul qilinadi va sotiladi.

142. Vositachilik savdosiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida chakana savdoda sotish taqiqlangan tovarlardan boshqa barcha tovarlar qabul qilinadi.

Mazkur Qoidalarning 15-bandida sanab o‘tilgan tovarlar vositachilik savdosiga faqat mazkur bandda ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilinadi.

143. Antikvariat buyumlarini vositachilik savdosiga qabul qilib olish va sotish mazkur Qoidalarga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining antikvariat buyumlarini sotish tartibini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

144. Oziq-ovqat tovarlari bilan vositachilik savdosi mazkur Qoidalarning 49-bandi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

145. Qaytarilmaydigan yoki boshqa o‘lcham, shakl, gabarit, model, rang yoki komplektatsiyadagi ana shunday tovarga almashtirilmaydigan tovarlar; profilaktikaga va kasalliklarni uy sharoitida davolashga mo‘ljallangan tovarlar; shaxsiy gigiyena buyumlari, pardoz-andoz tovarlari, tikuv va trikotaj ich kiyimlari, paypoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda ishlatilgan polimer materiallardan yasalgan, shu jumladan bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan buyumlar va materiallar, foydalanilgan buyumlar va materiallar, maishiy kimyo tovarlari, dori-darmon vositalari vositachilik savdosiga qabul qilinmaydi.

146. Vositachilik savdosiga qabul qilinadigan tovarlarning narxi va komissionerning taqdirlash puli komitent bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro ahdlashuvga ko‘ra belgilanadi, bu vositachilik bitimida qayd etiladi (yozib qo‘yiladi) va har ikkala tomonning imzolari bilan tasdiqlanadi.

147. Muayyan vaqt mobaynida sotilmagan tovarni qayta baholash vositachilik bitimi shartlaridan kelib chiqib komissioner tomonidan amalga oshiriladi, unga mazkur hujjatlarni imzolash chog‘ida komitent rozilik bildiradi. Tovarlarni qayta baholash komitentni chaqirmasdan amalga oshirilishi mumkin, komitentning vositachilik bitimidagi imzosi bilan uning bu shartlarga roziligi tasdiqlanadi.

148. Sotilgan tovar uchun pul komissioner tomonidan berilgan vositachilik bitimi va fuqarolik pasporti taqdim etilgan holda sarf-xarajat-kassa dalolatnomasi bo‘yicha komitentga — jismoniy shaxsga to‘lanadi.

149. Sotilgan tovar uchun pul to‘lash, shuningdek sotilmagan tovarni qaytarish komissioner tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma va vositachilik shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach komitent tomonidan vakil qilingan shaxsga berilishi mumkin.

150. Davlat daromadiga o‘tishi kerak bo‘lgan egasiz mol-mulk meros qilib qoldirish huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mol-mulk va xazinani hisobga olish, baholash va sotish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

151. Foydalanilgan tovarlar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sotilishi kerak bo‘lgan tovarlar (davlat daromadiga o‘tishi kerak bo‘lgan mol-mulk, meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mulk; egasiz mol-mulk; sudlarning hukmlari va qarorlarini ijro etish yuzasidan yetkazilgan zararni qoplash uchun fuqarolardan olib qo‘yilgan mol-mulk; va hokazolar) faqat bunday vositachilik savdosini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan savdo obyektlari orqali sotiladi.

152. Kafolat muddati tamom bo‘lmagan foydalanilgan tovarlarni sotishda xaridorga komitentdan olingan kafolat taloni, pasport, servis daftarchasi yoki kafolatning qolgan muddatidan sotuvchining foydalanishi huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi.

153. Vositachilik savdosini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan savdo obyektlaridan sotib olingan foydalanilgan tovarlar xaridorlardan qaytarib olinmaydi, tovarlarni sotish uchun qabul qilishda aniqlanmagan nuqsoni bo‘lgan tovarlar, va agar ular xarid qilingandan keyin 2 ish kunidan kechikmay qaytarilsa bundan mustasno. Qabul qilib olish paytida aniqlanmagan nuqsoni bo‘lgan tovarlarni qaytarishda ular saqlanganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

154. Sotish uchun qabul qilib olish paytida aniqlanmagan va xaridorga sotish (berish)gacha aniqlangan yashirin nuqsoni bo‘lgan yangi tovarlar sotishdan olib qo‘yilishi va, agar nuqsonlar komissionerning aybi bilan paydo bo‘lganligi isbot qilinmasa, tovarlar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlariga haq to‘lanmasdan komitentga qaytarilishi kerak.

155. Komitent komissionerga berilgan topshiriqni bekor qilib istalgan paytda vositachilik bitimini bajarishni rad etishga haqlidir. Komissioner topshiriq bekor qilinganligi tufayli kelib chiqqan zararlar qoplanishini talab qilishga haqlidir. Komitent vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, agar bunday muddat belgilangan bo‘lmasa, darhol o‘zining komissionerning ixtiyoridagi mulkini tasarruf qilishi kerak. Agar komitent ushbu majburiyatni bajarmasa, komissioner tovarni komitentning hisobidan saqlash uchun topshirishga yoxud uni komitent uchun qulayroq narxda sotishga haqlidir.

156. Komitentning vositachilik shartnomasini zarur darajada bajarmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan talablari komissionerga, agar tomonlarning bitishuvida o‘zgacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, sotilgan tovar uchun komitentga pul to‘langan yoxud sotilmagan tovar unga qaytarilmagan kundan boshlab 30 kun mobaynida berilishi kerak.


XI. To‘qimachilik, trikotaj, tikuv buyumlari, mo‘ynali tovarlar va poyabzalni sotish xususiyatlari

157. To‘qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim-kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal savdo zaliga qo‘yilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak. Savdo oldi tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tovarni o‘rovdan olish, sortlarga ajratish va ko‘zdan kechirish; tovarning sifatini (tashqi belgilariga ko‘ra) hamda tovar va uni tayyorlovchi to‘g‘risida zarur ma’lumotlar borligini tekshirish; zarurat bo‘lganda buyumlarni tozalash va dazmollash hamda mayda tuzatish.

158. Sotuvga tavsiya etilayotgan tovarlar turlari, modellari, o‘lchamlari, bo‘yiga ko‘ra guruhlarga ajratilishi va savdo zaliga qo‘yilishi kerak. Savdo xususiyatlarini hisobga olgan holda savdo zalida xaridorga tanlash va o‘ziga kerakli tovarni xarid qilish imkonini beruvchi sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlarning namunalari qo‘yilishi kerak.

Erkaklar, ayollar va bolalarga mo‘ljallangan trikotaj, tikuv buyumlari, mo‘ynali tovarlar va poyabzal savdo zalida alohida joylashtirilishi kerak.

Gazlamalar turlariga va ular tayyorlangan tolaning xiliga ko‘ra, mo‘ynali tovarlar mo‘ynaning turiga ko‘ra guruhlarga ajratiladi.

Gazlamaning har bir namunasiga shuningdek u tayyorlangan tolaning foiz miqdori to‘g‘risidagi, mo‘ynadan yasalgan buyumlarga esa mo‘ynaning turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak.

159. Tovarlar o‘z nomi, artikuli, narxi, o‘lchami (kiyim-kechak, ichki kiyimlar va boshqa tikuv buyumlari, poyabzal, bosh kiyimlar uchun) va bo‘yi (kiyim-kechak va ichki kiyimlar uchun) ko‘rsatilgan holda yorliqlarga ega bo‘lishi kerak.

160. Sotuvchi xaridorga tikuv, ustki trikotaj buyumlar, bosh kiyimlar, mo‘ynali tovarlar va poyabzalni kiyib ko‘rish uchun sharoitlar yaratishi kerak. Ushbu maqsadda savdo zallari banketka yoki skameykalar, qo‘ygichlar o‘rnatilgan, kiyim kiyib ko‘riladigan oynali xonalar bilan jihozlanishi kerak.

161. Xaridorga sotishda jun gazlamalar, vatin va boshqa og‘ir, hajmli gazlamalarni kiyib ko‘rish peshtaxta (stol) erkin holatda yig‘ilmasdan turgan gazlamaga qattiq standart metrni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Nozik va yengil gazlamalar xontaxtadan gazlamani metrga tortmasdan erkin qo‘yish yo‘li bilan qattiq standart metrda o‘lchanadi. Gazlamaning barcha turlarini o‘lchash, jun gazlamalar va trikotaj polotnolardan tashqari, shuningdek bir tomoniga tamg‘ali metall o‘lchov lentasi montaj qilingan peshtaxta (stol)ga gazlamani qo‘yish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Xaridga qirqilgan gazlamani qo‘shish, shuningdek gazlamani, agar bezagi buzilgan bo‘lsa va tamg‘a teskari tomonga qo‘yilmagan bo‘lsa, parchalarini fabrika yorlig‘i va tamg‘a (xazli uchlar) bilan sotish taqiqlanadi.

162. Sotuvni amalga oshirayotgan shaxs gazlama, kiyim-kechak, mo‘ynali tovarlar va poyabzalni sotishda xaridorning ishtirokida tovarning sifatini (sirtdan ko‘zdan kechirish yo‘li bilan), o‘lcham (soni)ning aniqligini, xarid qiymati to‘g‘ri hisoblab chiqilganligini tekshiradi.

163. Gazlama, kiyim-kechak, mo‘ynali tovarlar va poyabzal xaridorga o‘ralganligi uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘ralgan holda beriladi.

164. Tovar bilan birgalikda xaridorga tovar cheki beriladi, unda tovar va sotuvchining nomi, sotilgan sana, tovarning artikuli, sorti va narxi ko‘rsatiladi, shuningdek sotuvni bevosita amalga oshirilgan shaxsning imzosi qo‘yiladi.


XII. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni sotish xususiyatlari

165. Maishiy radioelektron apparatlar, aloqa vositalari, hisoblash va ko‘paytirish texnikasi, foto va kinoapparatlar, soatlar, musiqa tovarlari, maishiy elektr priborlari, mashina va jihozlar, texnik jihatdan murakkab boshqa maishiy tovarlar savdo zaliga yoki xaridni berish joyiga chiqarilgunga qadar savdooldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak, u tovarni ochish, zavod moylarini, changlarni, qirindilarni tozalash; tovarni ko‘zdan kechirish; buyumning butligini, sifatini tekshirish, tovar va uning tayyorlovchisi, zarurat bo‘lganda buyumni yig‘ish va sozlash to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar mavjudligini tekshirishlarni o‘z ichiga oladi.

166. Sotuvga qo‘yilgan tovarlar namunalari savdo zaliga joylashtirilishi, ularda tovarning nomi, markasi, modeli, artikuli, narxi ko‘rsatilgan yorliqlari, shuningdek uning asosiy texnik tavsiflari yozilgan qisqacha annotatsiya bo‘lishi kerak.

167. Xaridorning talabiga ko‘ra u tovarlarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishtirilishi, tovarlar yig‘ilgan, texnik jihatdan soz holatda namoyish qilinishi kerak. Ishlatish uchun maxsus jihozni talab qilmaydigan tovarlar ishlayotgan holatda namoyish qilinadi.

168. Sotuvchi xaridor ishtirokida tovarning sifatini, uning butligini, unga taalluqli hujjatlarning mavjudligini, narxining to‘g‘riligini tekshiradi.

169. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni xaridorga berish chog‘ida ayni bir vaqtda tovarni tayyorlovchi tomonidan qo‘yilgan buyumlar va hujjatlar komplekti (sotish sanasi va joyi ko‘rsatilgan texnik asbob yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat, ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa hujjatlar) ham beriladi. Chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarning ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi va boshqa hujjatlari xaridorga davlat tilida taqdim etiladi. Bunda ularning tarjimasi uchun xarajat xaridorlardan undirilmaydi. Xaridorga tovar bilan birga ushbu Qoidalarning 164-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan tovar cheki ham beriladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

170. Sotuvchi yoki sotuvchi funksiyasini bajaruvchi tashkilot ular bilan shartnoma bo‘yicha texnik jihatdan murakkab bo‘lgan, texnik reglamentlar yoki standartlar yoki tovarga ilova qilingan hujjatlar (texnik pasport, ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma) talablarga muvofiq tovarni xaridor tomonidan mustaqil ravishda yig‘ish va (yoki) ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydigan tovarlarni xaridorning uyida yig‘ishi va (yoki) o‘rnatishi (ishlatishi) shart.

(170-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajaruvchi tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni sotuvchi tovarlarni sotish chog‘ida xaridorga ma’lum qilishi shart.

Agar tovarni yig‘ish va (yoki) o‘rnatish qiymati uning narxiga kiritilgan bo‘lsa, u holda mazkur ishlar sotuvchi yoki tegishli tashkilot tomonidan bepul bajarilishi kerak.


XIII. Attorlik-pardoz tovarlarini sotish xususiyatlari

171. Attorlik-pardoz tovarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ushbu Qoidalarning 14 ва 15-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, muayyan tovar xususiyatlarini hisobga olgan holda uning maqsadda ishlatilishi, buyum tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar, ta’siri va samarasi, qo‘llanish uchun cheklashlar (ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlar), qo‘llanish usullari va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

172. Attorlik-pardoz tovarlari savdo zaliga qo‘yilgungacha ochiladi va ko‘rikdan o‘tkaziladi, har qaysi tovarning (tashqi belgilari bo‘yicha) sifati hamda uning to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi.

173. Xaridorga atirlar, odekolonlar, pardoz suvining hidi bilan tanishish imkoniyati, buning uchun xushbuy suyuqlik shimdirilgan lakmus qog‘ozchalari, tovarlarni tayyorlovchilar tomonidan beriladigan hidlash uchun namunalar, shuningdek sotuvga qo‘yilgan tovarlarning boshqa xossalari va tavsiflari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.

174. Tovarlar sellofan yoki firma lentasi bilan o‘ralgan holda berilgan taqdirda xaridorga o‘ramdagi buyumni sellofan yoki firma lentasini yechish yo‘li bilan tekshirib ko‘rish tavsiya qilinishi kerak. Tovarning aerozol idishining soz holatdaligi tovar sotuvchi tomonidan xaridor ishtirokida tekshiriladi.


XIV. Hayvon va o‘simliklarni sotish xususiyatlari

175. Sotuvga qo‘yiladigan hayvon va o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ushbu qoidalarning 14-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, ular turining nomi, saqlash va ko‘paytirish xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. Sotuvchi, shuningdek quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:

yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni qidirib topishga (tayyorlashga) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnoma (litsenziya) tartib raqami va sanasi;

yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning muayyan turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirishga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnomaning tartib raqami va sanasi;

sotuvga qo‘yiladigan yovvoyi hayvon uning bir qismi hisoblanadigan zoologiya kolleksiyasiga, davlat hisobiga qo‘yilgan zoologiya kolleksiyalari reyestriga kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan guvohnomaning tartib raqami va sanasi (noerkin holda ko‘paytirilgan va zoologiya kolleksiyasining bir qismi hisoblanadigan yovvoyi hayvonlar uchun).

Oldingi таҳрирга қаранг.

176. Sotuvga mo‘ljallangan hayvonlar texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarda, hayvonlarga muruvvatli munosabatda bo‘lishning umumiy qabul qilingan normalariga muvofiq ravishda saqlanishi kerak.

(176-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

177. Tovar bilan birgalikda xaridorga sotishni bevosita amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan tovar cheki beriladi, unda hayvon yoki o‘simliklar turining nomi va soni, sotuvchining nomi, sotish sanasi, narxi; ushbu Qoidalarning 190-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan birining tartib raqami va sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yovvoyi hayvon yoki yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlikni sotishda); O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hayvonning sog‘ligini tasdiqlovchi veterinariya guvohnomasi (veterinariya ma’lumotnomasi) ko‘rsatiladi.


XV. Maishiy kimyo tovarlarini sotish xususiyatlari

178. Maishiy kimyo tovarlari (xonalar, mebel, idishlar, maishiy anjomlar va uy-ro‘zg‘or buyumlari, ichki kiyimlar, kiyim-kechaklar, poyafzal, avtomobillarni yuvish, tozalash vositalari va boshqa vositalar; yelimlar, laklar, bo‘yoqlar va boshqa lak-bo‘yoq mahsulotlari; dezinfeksiyalash vositalari va maishiy sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan maishiy xasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari; maishiy sharoitlarda ta’mirlash va pardozlash ishlari uchun mo‘ljallangan kimyoviy moddalar, ularning birikmalari va ulardan tayyorlangan buyumlar hamda shunga o‘xshash boshqa tovarlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ushbu Qoidalarning 14 ва 15-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagilar bo‘lishi kerak:

maishiy kimyo tovarlari tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar nomi;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning sanasi va tartib raqami (dezinfeksiyalovchi vositalar, maishiy hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari uchun);

texnik guvohnomaning sanasi va tartib raqami (qurilishda qo‘llanish uchun yaroqliligini tasdiqlash bo‘yicha majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun);

saqlash shartlari (saqlash sharoitlariga majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun).

179. Maishiy kimyo tovarlari savdo zaliga qo‘yilgungacha (sotish joyiga joylashtirilgungacha) savdooldi tayyorlanishidan o‘tishi kerak, u tashish idishidan bo‘shatish, tovarni sortlarga ajratish, idishining butligini (shu jumladan aerozol idishning ishlashini) va tovar sifatini (tashqi belgilari bo‘yicha), tovar va uning tayyorlovchisi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarning, tovarlarni qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomalarning mavjudligini, narxlarining to‘g‘riligini tekshirishdan iborat bo‘ladi.

180. Sotuvga qo‘yilgan maishiy kimyo tovarlari ularni tanlashning qulayligini ta’minlash uchun buyumning qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga ko‘ra turlarga ajratilgan bo‘lishi kerak.

181. Aerozol idishdagi maishiy kimyo tovarlarini xaridorga berishda savdo binosida idishning ishlashini tekshirish amalga oshirilmaydi.


XVI. Pestitsidlar va agroximikatlarni sotish xususiyatlari

182. Pestitsidlarni (o‘simliklarning zararkunandalari va kasalliklariga, begona o‘tlarga, saqlanayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zararkunandalariga, maishiy zararkunandalarga va hayvonlarning tashqi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda foydalaniladigan kimyoviy yoki biologik preparatlarni, shuningdek o‘simliklarning o‘sishini tartibga solish, yig‘im-terimdan oldin barglarni to‘ktirish, o‘simliklarni o‘rish-yig‘ishdan oldin quritish uchun foydalaniladigan kimyoviy yoki biologik preparatlarni) hamda agroximikatlarni (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda foydalaniladigan o‘g‘itlar, shu jumladan tuproq gruntlari, kimyoviy meliorantlar va ozuqa qo‘shimchalarini) sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq va ushbu Qoidalarda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

183. Pestitsidlar va agroximikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ushbu Qoidalarning 14 ва 15-bandlarida ko‘rsatilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan pestitsid yoki agroximikatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasining tartib raqami va sanasi, uning xavflilik klassi, ta’sirchan modda konsentratsiyasi, netto massasi yoki hajmi, tayyorlangan sanasi, zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.

184. Pestitsidlar va agroximikatlar savdo zaliga qo‘yilgungacha savdooldi tayyorlashdan o‘tishi kerak, u tovarni ochish va idishining sifatini tekshirish; sortlarga ajratish; zarur ma’lumotlar, qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjudligini, narxlarining to‘g‘riligini tekshirishdan iborat bo‘ladi.

185. Savdo zalida pestitsidlar va agroximikatlar ishlatilish maqsadi (o‘simliklarni himoya qilish uchun insektitsidlar, hayvonlarni himoya qilish uchun insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, rodentitsidlar, mineral o‘g‘itlar, organik o‘g‘itlar, tuproq gruntlari, meliorantlar, ozuqa qo‘shimchalari) bo‘yicha guruhlarga ajratilishi kerak.

Sotuvchi pestitsidlar va agroximikatlarni saqlashda, savdo zaliga joylashtirishda va sotishda xavfsizlikning majburiy talablariga rioya qilinishini ta’minlashi shart.

186. Pestitsidlar va agroximikatlarni sotish faqat tayyorlovchining idishida va qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.


XVII. Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish

187. Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.


XVII1. Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish xususiyatlari

1871. Tarmoqli tashkilot tomonidan tovarlarni sotuvchi agentlar orqali sotish ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma (oldi-sotdi, vositachilik, topshiriq va boshqalar) asosida naqd bo‘lmagan hisob-kitob bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda tarmoqli tashkilot ulgurji savdo qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.

Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish sotuvchi agentlar tomonidan turg‘un savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.

1872. Sotuvchi agentlar turg‘un savdo shoxobchalaridan tashqarida uyga buyurtmalar qabul qilish, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki ko‘chada savdo qilish orqali potensial xaridorlar bilan ishlaydilar. Sotuvchi agentlar tovarlarni xarid qilishga qiziqmaydigan iste’molchilarga tovarlarni zo‘rlab tiqishtirmasliklari, shuningdek ularning birinchi talabi bilan tovarlarni taklif qilishni to‘xtatishlari kerak.

1873. Sotuvchi agentlar tomonidan buyurtmalar bevosita muloqot qilish asosida xaridorlarning tovarning u yoki bu turini xarid qilishi uchun qabul qilinadi.

Buyurtma ikki nusxadagi blankalarda rasmiylashtiriladi, blankada:

buyurtmaning tartib raqami;

sotuvchi agentning familiyasi, ismi, otasining ismi;

sotuvchi agent va tarmoqli tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;

sotiladigan tovarning nomi, narxi, miqdori va umumiy qiymati, shuningdek qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilsa, ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar qiymati;

sotib olinadigan tovarga haq to‘lash usuli;

buyurtma qabul qilingan va u bajariladigan sana;

xaridorning familiyasi (ismi, otasining ismi) va imzosi ko‘rsatiladi.

Buyurtma blankasining birinchi nusxasi xaridorga beriladi, ikkinchi nusxasi sotuvchi agentda saqlanadi.

1874. Sotuvchi agent tovarlarni taklif qilishda ularni ishlab chiqaruvchilar, kelib chiqish mamlakatlari, sifat tavsiflari, biror-bir cheklashlar bor-yo‘qligi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni potensial xaridorga to‘liq ma’lum qilishga majburdir.

1875. Xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali bioaktiv qo‘shimchalar, dori vositalari va tibbiy maqsadidagi buyumlarni tarmoqli marketing yo‘li bilan sotuvchi agentlar orqali sotish taqiqlanadi.

Quyidagilar orqali:

tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblanmagan jismoniy shaxslar orqali;

xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali tarmoqli marketing vositasida import tovarlarni olib kelish va sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

1876. Sotuvchi agentlarning iste’molchilardan to‘lovlarni qabul qilishi faqat fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalaridan va to‘lov terminallaridan foydalangan holda turg‘un savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.

Tarmoqli tashkilotlar va (yoki) ularning sotuvchi agentlari tomonidan tovarlarni sotishdan olingan barcha naqd pul tushumlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilinishi (topshirilishi) kerak.

1877. Tarmoqli tashkilot o‘z faoliyatida:

sotib olingan tovarlar sotuvchi agent tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat naqd bo‘lmagan hisob-kitob bo‘yicha sotilishiga;

sotuvchi agentlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tarmoqli marketingni amalga oshirish uchun sotuvchi agentlarni jalb etishga;

qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda soliq va moliya hisoboti taqdim etishga;

sotuvchi agentlarga tarmoqli tashkilotning tovarlari ular tomonidan sotilishi huquqidan dalolat beruvchi guvohnoma, sotiladigan tovarlarning zarur sertifikatlari va yukxatlari nusxalarini berishga;

sotilmagan tovarlarni oldin ular uchun qabul qilingan pul mablag‘larini qaytargan holda sotuvchi agentlardan so‘zsiz qaytarib olishga majburdir.

18 yoshga to‘lmagan shaxslarni hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini sotuvchi agentlar sifatida jalb etish taqiqlanadi.

1878. Tarmoqli marketingni amalga oshirishda:

shartnoma tuzish uchun sotuvchi agent sotib olishi kerak bo‘lgan tovarlarning minimal miqdorini belgilashga;

to‘lovni a’zolik badali shaklida undirishga;

shartnoma tuzilgandan keyin sotuvchi agent tomonidan boshqa sotuvchi agentlarni jalb etish to‘g‘risida talab belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

1879. Sotuvchi agentga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida yakka tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq solinadi.

(XVII1 bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 25-sonli qaroriga асосан kiritilgan — O‘R QHT, 2012 y., 5-son, 48-modda)


XVIII. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish

188. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Nazorat organlari (muassasalari) ushbu Qoidalarga rioya etilishini tekshirishga mutaxassislarni, iste’molchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etishi mumkin. Savdo korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tekshiruvchi shaxslarga tekshirishlarni o‘tkazishda va kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishda ko‘maklashishi kerak.


XIX. Savdo qoidalari buzilishi turlari

189. Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi:

narxlarni asossiz ravishda oshirish;

tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;

Oldingi таҳрирга қаранг.

tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish;

(189-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 maydagi 147-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2009 y., 22-son, 258-modda)

xaridorga tovarning sifati, butligi, o‘lchami, og‘irligini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;

xaridorga uzoq muddat foydalaniladigan sifati, yomon tovarni ta’mirlash yoki almashtirish davrida yaxshi sifatli ana shunday tovarni berishdan bosh tortish;

Oldingi таҳрирга қаранг.

plastik kartochkalardan foydalanilgan to‘lovni qabul qilishdan bosh tortish;

(189-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktabrdagi 222-son qaroriga muvofiq yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005 y., 40-son, 307-modda)

nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish;

tovarlarning majburiy ro‘yxatiga rioya qilmaslik;

Oldingi таҳрирга қаранг.

quyidagilarga:

to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga;

(189-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 maydagi 147-sonli qaroriga асосан o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshi bilan almashtirilgan— O‘R QHT, 2009 y., 22-son, 258-modda)

nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga;

Oldingi таҳрирга қаранг.

audiovizual asarlarni sotish;

(189-moddaning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 12-son, 130-modda)

yonilg‘i-moylash materiallarini sotish tartibiga;

Oldingi таҳрирга қаранг.

alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish;

(189-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

quyidagilarni:

Oldingi таҳрирга қаранг.

audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning kontrafakt nusxalarini;

(189-modda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-sonli qaroriga asosan o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 12-son, 130-modda)

sifatsiz, but bo‘lmagan tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek xaridorga sotilgan sifatsiz, but bo‘lmagan tovarni almashtirib berishdan yoki pullarni qaytarib berishdan bosh tortish;

tovarlarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;

ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan tovarlarni sotish;

yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish;

kimyoviy moddalar qoldiqlari yuqori miqdorda mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotish.

Oldingi таҳрирга қаранг.

tovarlarning olib kirilishini va bojxona bojlari amalda to‘langanligini tasdiqlaydigan bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 12 oy o‘tgandan keyin ushbu Qoidalarga 3-ilovagamuvofiq ro‘yxat bo‘yicha tayyor import iste’mol tovarlarini sotuvga qo‘yish va chakana sotish.

(189-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 8 iyundagi 112-son qaroriga асосан xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010 y., 23-son, 186-modda)

190. Ushbu Qoidalar talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari:

tovarning yonma-yon turishiga rioya qilinmaganda va tovarlarning saqlash sharoitlari buzilganda;

savdoning zarur shart-sharoitlari va xaridorlar tomonidan tovarlarni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda;

korxonaning nomi, uning ish rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmaganda, xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berish rad etilganda;

savdo obyekti ish rejimiga rioya qilinmaganda;

tovarlarda narxnomalar bo‘lmaganda yoki atayin noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan narxnomalar qo‘yilganda;

bitta tovarni sotish uchun boshqa tovarni majburan sotib olinishi yoki ularning sotilishi munosabati bilan majburiy ravishda xizmatlar ko‘rsatilishi shart qilib qo‘yilganda;

xaridorning zarur darajada sifatli bo‘lmagan nooziq-ovqat tovarlarini almashtirish bo‘yicha ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablariga rioya qilinmaganda;

ruxsat berilmagan anjom qo‘llanilganda;

Oldingi таҳрирга қаранг.

texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob bermaydigan tovarlar sotilganda qo‘llaniladi.

(190-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida», «Standartlashtirish to‘g‘risida», «Metrologiya to‘g‘risida», «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatsiyalash to‘g‘risida»gi qonunlar moddalari va ushbu Qoidalar talablari buzilganligi javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin.




O‘zbekiston Respublikasida
chakana savdo qoidalariga
1-ILOVA

Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari

RO‘YXATI

1. Uy sharoitlarida kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun tovarlar (metall, rezina, to‘qimachilik va boshqa materiallardan tayyorlangan sanitariya va gigiyena buyumlari, tibbiy jihozlar, priborlar va apparatlar, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi vositalari, ko‘zoynak linzalari, bolalarni parvarish qilish buyumlari, dori-darmonlar.

2. Shaxsiy gigiyena buyumlari (tish cho‘tkalari, taroqlar, soch to‘g‘nog‘ichlar, soch bigudilari, ulama sochlar, shinonlar va boshqa shu kabi tovarlar.

3. Attorlik-pardoz tovarlari.

4. To‘qimachilik tovarlari (ip-gazlama, zig‘ir tolali, ipak, jun va sintetik gazlamalar, gazlama tusidagi noto‘qima materiallardan tayyorlangan tovarlar — lentalar, jiyaklar, to‘rlar va boshqalar); kabel mahsulotlari (simlar, shnurlar, kabellar); qurilish va pardozlash materiallari (linoleum, plyonka, gilam qoplamalar va boshqalar) hamda metrlab sotiladigan boshqa tovarlar.

5. Tikuvchilik va trikotaj buyumlari (tikuvchilik buyumlari va trikotaj ichki kiyimlar, paypoq va qo‘lqop buyumlari).

6. Polimer materiallardan tayyorlangan, oziq-ovqat materiallari bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan bir marta foydalaniladigan buyum va materiallar (oshxona va kuxnya idish-tovoqlari va anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun idishlar va o‘rov materiallari).

7. Maishiy kimyo tovarlari, pestitsidlar va agroximikatlar.

8. Mebel (mebel garniturlari va to‘plamlari).

9. Qimmatbaho toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan, yarim qimmatbaho va sintetik toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, silliqlangan qimmatbaho toshlar.

10. Avtomobillar va motovelotovarlar, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar; qishloq xo‘jaligi ishlari uchun kichik mexanizatsiya ko‘chma vositalari; sayr qilish qayiqlari va boshqa maishiy suzish vositalari.

11. Kafolat muddatlari belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar (metall qirquvchi va yog‘ochga ishlov beruvchi maishiy dastgohlar; maishiy elektr mashinalari va priborlari; maishiy radioelektron apparat; maishiy hisoblash va ko‘paytirish texnikasi; foto va kinoapparatlar; telefon apparatlari va faksimil apparati; elektr musiqa asboblari; elektron o‘yinchoqlar).

12. Hayvonlar va o‘simliklar.


O‘zbekiston Respublikasida
chakana savdo qoidalariga
2-ILOVA

Xaridorning ta’mirlash davrida unga tekin berib turish yoki xuddi shunday marka (model, artikul)dagi tovarni
almashtirish to‘g‘risidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar

RO‘YXATI

1. Avtomobillar, mototsikllar va mototexnikaning boshqa turlari, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar (nogironlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar, sayr qilish qayiqlari va suzish vositalaridan tashqari).

2. Mebel.

3. Pardoz buyumlari sifatida va tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (elektrbritvalar, elektrofenlar, sochni jingalak qilish uchun elektrqisqichlar, tibbiy elektrreflektorlar, elektrgrelkalar, elektrbintlar, elektrpledlar, elektrodeyallar).

4. Mahsulotlarni termik qayta ishlash va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (maishiy SVCh pechlari, elektrpechlar, tosterlar, elektr suv qaynatgichlar, elektrchayniklar, elektrisitgichlar va boshqa tovarlar).

Oldingi таҳрирга қаранг.


O‘zbekiston Respublikasida
chakana savdo қоидаларига
3-ILOVA

Tovarlarning olib kirilishini va bojxona bojlari amalda to‘langanligini tasdiqlaydigan
bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 12 oy o‘tgandan keyin sotuvga qo‘yilishiga va
chakana savdoda sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tayyor import iste’mol tovarlari

RO‘YXATI

T/r

Tovarning qisqacha nomi

TIF TN kodi

I. Tikuvchilik buyumlari, ustki trikotaj, ichki trikotaj, sport trikotaji, paypoqlar

1.

Palto, yarimpalto, yopqichlar, plashlar, kalta kamzullar (shu jumladan chang‘i kamzullari), vetrovkalar, suv o‘tkazmaydigan maxsus kiyimlar va shunga o‘xshash buyumlar

6101,
6102,
6201,
6202

2.

Kostyumlar, komplektlar, pidjaklar, bleyzerlar, shimlar, ko‘krakka tutiladigan fartukli va lyamka (elka tasma)li kombinezonlar, jaketlar, ko‘ylaklar, yubkalar, yubka-shimlar, bridjilar va kalta shimlar (cho‘milishda kiyiladigan kalta shimlardan tashqari)

6103,
6104,
6203,
6204

3.

Erkaklar yoki o‘g‘il bolalar uchun ko‘ylaklar

6105,
6205

4.

Ayollar yoki qizlar uchun bluzkalar, bluzlar va bluzonlar

6106,
6206

5.

Kalsonlar, trusilar, tungi ko‘ylaklar, pijamalar, yuvinish xalatlari, uy xalatlari hamda erkaklar va o‘g‘il bolalar uchun shunga o‘xshash buyumlar

6107,
6207

6.

Kombinatsiyalar, pastki yubkalar, trusilar, pantalonlar, tungi ko‘ylaklar, pijamalar, penyuarlar, yuvinish xalatlari, uy xalatlari va ayollar yoki qizlar uchun shunga o‘xshash trikotaj buyumlar

6108,
6208

7.

Maykalar va boshqa ichki fufaykalar

6109,
6207 91 000 0,
6207 99 000 0,
6208 91 000 0,
6208 92 000 0,
6208 99 000 0

8.

Sviterlar, puloverlar, kardiganlar, nimchalar va shunga o‘xshash trikotaj buyumlar

6110

9.

Bolalar trikotaj kiyimlari va bolalar kiyimlari uchun anjomlar

6111,
6209

10.

Sport, chang‘i va yuvinish kostyumlari. Boshqa kiyim-kechak buyumlari (trikotaj kiyimlardan tashqari)

6112,
6211

11.

5903, 5906 yoki 5907 TIF TN tovar pozitsiyali trikotaj polotnodan tikilgan kiyim-kechak buyumlari

6113 00

12.

Boshqa trikotaj kiyim-kechak buyumlari

6114

13.

Kolgotkalar, chulkilar, golflar, paypoqlar va pataklar hamda boshqa paypoqlar, shu jumladan bosim taqsimlangan kompression paypoqlar va tagcharmsiz trikotaj poyabzal

6115

14.

Qo‘lqoplar va trikotaj mitenkilar

6116

15.

Kiyimlar uchun boshqa tayyor anjomlar

6117 10 000 0 — 6117 80,
6217 10 000 0

16.

Byustgalterlar, kamarlar, korsetlar, shimni ko‘tarib turadigan ikki yelkaga osiladigan tasmalar, paypoq bog‘ichlari va shunga o‘xshash buyumlar va ularning qismlari

6212

17.

Ro‘mollar

6213

18.

Sholro‘mollar, sharflar, kashnelar (sharflar), mantilyalar, vuallar (shlyapaning yuzni bekitib turadigan to‘ri) va shunga o‘xshash buyumlar

6214

19.

Galstuklar, kapalaknusxa galstuklar va bo‘yinbog‘lar

6215

20.

Qo‘lqoplar va mitenkilar

6216 00 000 0

II. Tyul-gardin polotnosi va undan tikilgan buyumlar

1.

Trikotaj tyul-gardin polotnosi. Pardalar (shu jumladan eshik va deraza pardalari) va ichki darpardalar, eshik yoki deraza pardasining ustki bezakli qismlari yoki krovatlar uchun to‘r hoshiyalar

6005 31 100 0,
6005 32 100 0,
6005 33 100 0,
6005 34 100 0,
6006 31 100 0,
6006 32 100 0,
6006 33 100 0,
6006 34 100 0,
6303

III. Ko‘rpa-to‘shak g‘iloflari, paxmoq sochiqlar, choyshablar

1.

Ko‘rpa-to‘shak, oshxona, hojatxona g‘iloflari

6302

IV. Charm poyabzal

1.

Rezina, plastmassa tagcharmli, toza charmdan yoki turli materiallardan tikilgan poyabzal, ustki qismi toza charmdan tikilgan poyabzal

6403

V. Televizorlar

1.

Televizorlar, televizion aloqani qabul qilish uchun apparatlar

8528 72 — 8528 73 000 0

VI. Sovutgichlar

1.

Maishiy sovutgichlar-muzlatgichlar

841810

2.

Sovutgichlar

8418 21 — 8418 29 000 0

VII. Konditsionerlar

1.

Konditsionerlar

8415 10,
8415 20 000 9,
8415 81 009 0,
8415 82 000 9

VIII. Elektr dazmollar

1.

Elektr dazmollar

8516 40


(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 8 iyundagi 112-son qaroriga асосан kiritilgan — O‘R QHT, 2010 y., 23-son, 186-modda)



Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech