Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech
  • Hammasi

    So’rovnoma

    Soliq qarzingiz mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan ma’lumot taqdim etishi sizningcha talabga javob beradimi?

    Yo‘q mutlaqo javob bermaydi. Interaktiv usulda ma’lumot olishni umuman imkoniyati yo‘q, soliq idoralarida esa turli byurokratik to‘siqlar mavjud.

     27 (55%)

     

    Ha javob beradi. Bu borada interaktiv usulda yoki bevosita soliq idorasidan muammosiz ma’lumot olish mumkin.

     15 (31%)

     

    Bunday ma’lumotnoma olish bo‘yicha murojaat qilmaganman.

     7 (14%)

     

So’rovnomada ishtirok etganingiz uchun rahmat

Kun savoli

Yakka tartibdagi tadbirkor kim?

Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish qoidalari

Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 13 fevraldagi
75-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish

QOIDALARI

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Qoidalar, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy ovqatlanish sohasidagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlariga asosiy talablarni tartibga soladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

2. Umumiy ovqatlanish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyekt — bu umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va iste’mol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxsdir*.

* Ushbu ta’rif umumiy ovqatlanish sohasida uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan maxsus ajratiladigan joylarda ovqatlanish joylari tashkil etmasdan donali taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga tatbiq etilmaydi.

Ruxsatnoma, umumiy ovqatlanish korxonasiga u belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin, uning joylashgan joyidagi hokimiyat tomonidan beriladi.

Ruxsatnomani berish, qaytarib olish va uning amal qilishini to‘xtatib turish Vazirlar Mahkamasining «Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2002 yil 16 noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana o‘tkazishni hamda ular savdo faoliyati ro‘yxatdan amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 20-21-son, 181-modda)

3. Umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi talablar asosida mulkdor deb belgilanadigan quyidagi turlarga bo‘linadi: restoran, vagon-restoran, bar, kafe, yozgi kafe, kafeteriy, oshxona, choyxona, bufet va kichik oshxona:

restoran — o‘z nomiga ega bo‘lgan, iste’molchilarga murakkab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli kulinariya va qandolatchilik mahsulotlarining keng assortimentini hamda ichimliklarni taqdim etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi. Restoran taomnomasiga majburiy tartibda porsiyali va firma ovqatlari kiritiladi. Xizmat ko‘rsatish dam olish, ovqatlar pishirish va xizmat ko‘rsatish bilan uyg‘unlashtirilgan holda yuqori malakali oshpazlar va ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi;

vagon-restoran — yo‘lda yurish davomida temir yo‘l transporti yo‘lovchilariga va poyezd brigadalari xodimlariga nonushtalar, tushliklar, kechki ovqatlar, qandolatchilik mahsulotlari va ichimliklar bilan xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi;

bar — tik turgan holda iste’molchilarga ichimliklar va zakuskalar bilan xizmat ko‘rsatishni (stolchalar yonida xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda) tashkil qiladi. Sotiladigan ichimliklar va mahsulotlar turlariga ko‘ra barlar pivo, vino, kokteyl, sut barlari va boshqa barlarga ixtisoslashgan bo‘ladi;

kafe — iste’molchilarga turli qaynoq va sovuq ichimliklar, qandolatchilik, sut mahsulotlari hamda tayyorlanishi murakkab bo‘lmagan kulinariya mahsulotlarini taqdim etadi. Sotiladigan mahsulotlari yoki yo‘nalishiga ko‘ra kafelar: shirinliklar, muzqaymoq, sut kafesi, bolalar kafesi, yoshlar kafesi va shu kabilarga ixtisoslashgan bo‘ladi; ularda o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat ko‘rsatish usullari qo‘llaniladi; kechki vaqtlarda musiqiy xizmat ko‘rsatish tashkil etilishi mumkin;

yozgi kafe — iste’molchilarga ochiq maydonchada bostirma ostida xizmat ko‘rsatadi;

kafeteriy — bu do‘kon huzurida shu joyning o‘zida iste’mol qilinadigan issiq ichimliklar, sut, sharbatlar, buterbrodlar, qandolatchilik mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun tashkil etilgan bo‘limdir;

oshxona — bu iste’molchilarni nonushtalar, tushliklar va kechki ovqatlar bilan ta’minlovchi korxonadir. Oshxonalar joylashgan joyiga va xizmat ko‘rsatiladigan mijozlariga ko‘ra umumiy ravishda foydalaniladigan sanoat korxonalari, muassasalar, qurilishlar, o‘quv yurtlari va shu kabilar huzuridagi oshxonalarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish korxonalari, o‘quv yurtlari va muassasalar huzuridagi oshxonalarda asosan hafta kunlari bo‘yicha turli xil kompleks tushliklar, nonushtalar va kechki ovqatlar tashkil etiladi. Ularda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va stollarga kompleks ovqatlarni oldindan qo‘yish usullari qo‘llaniladi;

choyxona — bu choynaklarda choy berish xizmat ko‘rsatishning asosiy turi hisoblanadigan korxonadir. Bundan tashqari choyxonalarda turli xil obinonlar, milliy shirinliklar, qandolatchilik, bulka mahsulotlari va boshqa bufet mahsulotlari bo‘lishi mumkin;

bufet — bu iste’molchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimliklar, sovuq taomlar va zakuskalar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, shuningdek oson tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan jadal xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan korxonadir. Unda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat ko‘rsatish qo‘llaniladi;

kichik oshxona — bu iste’molchilarga oson tayyorlanadigan taomlar va zakuskalar, qaynoq va salqin ichimliklar bilan jadal xizmat ko‘rsatishni tashkil etuvchi korxonadir. Sotiladigan mahsulotlar turiga ko‘ra kichik oshxonalar quyidagilarga ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin: kabobxona, palovxona, somsaxona, sosiskaxona, chuchvaraxona, cheburekxona, pirojkaxona, blinchikxona va shu kabilar.

Oldingi таҳрирга қаранг.

4. Savdo, omborxona, ishlab chiqarish va ma’muriy-maishiy binolarga, mahsulot ishlab chiqarish anjomlari va jihozlariga, texnologiya rejimlariga, sotish va iste’mol qilishni tashkil etishga, ko‘rsatiladigan xizmatlarga qo‘yiladigan talablar va mezonlar amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar, sanitariya normalari, texnika xavfsizligi qoidalari, yong‘indan saqlash va boshqa talablarga muvofiq belgilanadi.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

5. Umumiy ovqatlanish subyekti mahsulotlar va tovarlarni sotishni, iste’molni va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishni ushbu bobning 6-bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilgan holda ham savdo zallarida, ham ulardan tashqarida amalga oshirishi mumkin.

Oldingi таҳрирга қаранг.

6. Tovarlarni saqlash, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq umumiy ovqatlanish korxonasida ishlaydigan xodim maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi, quyidagilar:

(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 martdagi 65-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2012 y., 11-son, 116-modda)

ushbu Qoidalar;

sanitariya-normalari va talablari;

yong‘indan saqlash normalari;

standartlar talablari;

texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishgan bo‘lishi va ularga rioya qilishi kerak.

7. Xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari shtatida o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan hajmda kamida bitta xorijiy tilni (ingliz, nemis, fransuz tilini) biladigan xodimlar (metrdotellar, ofitsiantlar) bo‘lishi kerak. Ushbu korxonalarda firma jildlarida, davlat tilida va xorijiy tillarda yozilgan taomnoma bo‘lishi kerak.

8. Umumiy ovqatlanish subyekti iste’molchilarga o‘zining to‘liq nomi, ish rejimi, tavsiya etiladigan mahsulotlar, tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi zarur va ishonchli ma’lumotlarni ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart, ma’lumotlarda to‘g‘ri tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan kamida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

mahsulotlar va tovarlar ro‘yxati;

umumiy ovqatlanish mahsulotlarining tayyor taomlari porsiyalarining umumiy vazni (hajmi), tavsiya etilayotgan ichimlik butilkasining sig‘imi va uning porsiyalari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

xizmatlar ro‘yxati va ularni ko‘rsatish shartlari;

xizmatlar narxi va ularni to‘lash shartlari.

Oldingi таҳрирга қаранг.

9. Umumiy ovqatlanish korxonalarining ish rejimi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mustaqil ravishda, sanoat korxonalari, muassasalar, o‘quv yurtlari huzuridagi umumiy ovqatlanish korxonalarining ish rejimi esa — ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 martdagi 65-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 11-son, 116-modda)

Tasdiqlangan ish soatlariga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar tomonidan majburiy tartibda rioya qilinishi kerak.

Umumiy ovqatlanish korxonasi (rejali sanitariya tadbirlarini o‘tkazish, ta’mirlash va shu kabilar uchun) yopilgan taqdirda korxona kamida bir hafta oldin tegishli e’lonni osib qo‘yishi kerak.

10. Ofitsiantlar xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish obyektlariga mijozlarni kiritishni ularning yopilishidan 30 daqiqa oldin, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bo‘yicha ishlaydigan umumiy ovqatlanish obyektlariga esa — ularning yopilishidan 15 daqiqa oldin to‘xtatishga yo‘l qo‘yiladi.

11. Umumiy ovqatlanish korxonasi qo‘llanishga ruxsat etilgan o‘lchash vositalariga ega bo‘lishi va ularni soz holatda saqlashi, o‘z vaqtida va belgilangan tartibda metrologik tekshirishdan o‘tkazishi shart.

12. Barcha o‘lchash vositalari, tortish va o‘lchash priborlari, ko‘rinib turadigan ishonch tamg‘asiga yoki «O‘zstandart» agentligi organlarining amal qilish muddati o‘tmagan tekshirish guvohnomasi soz holatda, toza, to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lishi, belgilangan maqsadda qo‘llanilishi hamda o‘lchashlarning yagonaligini va ishonchliligini ta’minlashi va tegishli pasportga ega bo‘lishi kerak.

Nosoz va qo‘llanishga ruxsat etilmagan o‘lchash vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

13. Iste’molchilar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Umumiy ovqatlanish obyekti rahbari xodimni nazorat-kassa mashinalarini ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart.

Oldingi таҳрирга қаранг.

14. Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt ovqat uchun hisob-kitoblarning oldindan to‘lash, taomlar tanlangandan keyin to‘lash, ovqatlanib bo‘lgandan keyin to‘lash, o‘zi hisoblash kabi turli usullaridan foydalanishi mumkin. Ovqat uchun hisob-kitoblar shakllari xizmat ko‘rsatish metodiga, xizmat ko‘rsatiladigan mijoz spetsifikasiga, obyekt turiga va uning ixtisoslashganligiga ko‘ra belgilanadi.

(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 martdagi 65-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2012 y., 11-son, 116-modda)

O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bo‘yicha ishlaydigan umumiy ovqatlanish obyektlarida va kulinariya do‘konlarida (bo‘limlarida) hisob-kitob vaqtida iste’molchiga kassa cheki beriladi.

Xizmat ko‘rsatish ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladigan barcha umumiy ovqatlanish obyektlarida berilgan mahsulot uchun haq to‘lash ofitsiant bergan schyot yoki belgilangan namunadagi nazorat-kassa mashinalari cheki bo‘yicha amalga oshiriladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

Barcha umumiy ovqatlanish obyektlarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak.

(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 10 iyundagi 116-son qarori таҳририда — O‘R QHT, 2010 y., 23-son, 187-modda)

Doimiy mijozlarga (ishchilar, xizmatchilar, talabalar, o‘quvchilar va shu kabilarga xizmat ko‘rsatadigan oshxonalarda hisob-kitob yakka tartibdagi yoki guruh abonementlari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.

Oldingi таҳрирга қаранг.

15. Umumiy ovqatlanish subyekti taomlar, mahsulotlar, ichimliklarning assortiment ro‘yxatini sanitariya va texnologiya talablariga to‘liq rioya qilishni hisobga olgan holda mustaqil ravishda ishlab chiqadi, taomlar retsepturalarini tuzadi va tasdiqlaydi. Kalkulatsiya kartochkasi mahsulot narxini belgilash uchun asos hisoblanmaydi, u faqat umumiy ovqatlanish obyektlari egalari tomonidan ichki foydalanish uchun xizmat qiladi. Kalkulatsiya kartochkasini yuritish majburiy emas. Mahsulot narxi unga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 martdagi 65-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2012 y., 11-son, 116-modda)

16. Kulinariya va yarim tayyor mahsulotlar do‘konlarida, bufetlarda sotiladigan barcha tovarlar va mahsulotlarda tovar va mahsulotning nomi, uning sorti, o‘lchovi, og‘irligi yoki upakovkasi birligi narxlari ko‘rsatilgan, yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnomalar bo‘lishi kerak.

Oldingi таҳрирга қаранг.

Oldingi таҳрирга қаранг.

17. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, umumiy ovqatlanish korxonalari iste’molchiga unga sotilgan taomlar, kulinariya mahsulotlari, tovarlarning o‘lchami va og‘irligini, shuningdek sotilayotgan mahsulotning (xizmatning) normativ-hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish imkoniyatini yaratishi kerak. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati tartibida umumiy ovqatlanish mahsulotini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar iste’molchining iltimosiga ko‘ra unga yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ko‘rsatishi kerak.

(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)

Kulinariya mahsuloti (ko‘rsatilayotgan xizmatlar) sifatida kamchiliklar, kam tortishlar yoki hisob-kitobdan urib qolishlar aniqlangan taqdirda umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariyati va xodimlari iste’molchining tanlashiga ko‘ra:

belgilangan kamchiliklarni bepul bartaraf etishi;

kulinariya mahsuloti (xizmatlar) uchun to‘lov miqdorini kamaytirishi;

qo‘shimcha haq to‘latmasdan xuddi shunday taomni, kulinariya mahsulotini tayyorlashi (xizmatni takroran bajarishi);

iste’molchining sifatsiz kulinariya mahsuloti sotib olish (xizmatlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarini to‘liq qaytarishi;

yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashi shart.

18. Xizmat ko‘rsatishga oldindan berilgan buyurtmani bajarish muddatlari buzilganda, ko‘rsatilayotgan xizmatda kamchiliklar aniqlanganda iste’molchi o‘z tanloviga ko‘ra:

umumiy ovqatlanish subyektiga xizmatlar ko‘rsatishni boshlashi va (yoki) tugallashi kerak bo‘lgan yangi muddatni tayinlashga va ko‘rsatilayotgan xizmat narxini kamaytirishni talab qilishga;

ko‘rsatilayotgan xizmat narxini kamaytirishni talab qilishga;

iste’molchi tayinlagan maqbul muddatda kamchiliklarni bepul bartaraf etishni yoki zarur sifatdagi ana shunday umumiy ovqatlanish mahsulotini tayyorlashni yoki uni boshqa mahsulotlar bilan almashtirishni talab qilishga;

ko‘rsatiladigan xizmatlardan voz kechishga haqlidir.

Iste’molchi shuningdek xizmatlar ko‘rsatishni boshlash va (yoki) tugallash muddatlari buzilishi sababli o‘ziga yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir. Yetkazilgan zarar iste’molchining tegishli talablarini qondirish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qoplanadi.

Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt xizmat ko‘rsatish muddatlarining buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida yoki iste’molchining aybi bilan sodir bo‘lganligini isbotlagan taqdirda iste’molchining talablari qondirilmaydi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonida tayyor mahsulotlar va xarid qilingan tovarlar, shu jumladan alkogolli ichimliklar iste’molchining xohishiga ko‘ra tegishli idishda va o‘rovda olib chiqib ketilishi mumkin.

(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 martdagi 65-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2012 y., 11-son, 116-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

20. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsat guvohnomasi mavjud bo‘lganda sotiladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli ichimliklar preyskurantlarida ichimliklar nomi, butilkasining sig‘imi, butilka umumiy sig‘imining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi ko‘rsatilishi kerak.

(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 martdagi 65-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2012 y., 11-son, 116-modda)

21. Iste’molchi umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektga amalda qilingan xarajatlarni to‘lagan taqdirda o‘zi buyurtma bergan xizmatlardan istalgan vaqtda voz kechishi mumkin.

22. Ishlab chiqarish jarayonida taomlar ularni sotish sanitariya qoidalarida belgilangan muddatlarga qat’iy muvofiq holda sotish mumkin bo‘lgan partiyalarda tayyorlanishi kerak. Oldingi kundan qolgan go‘sht, maydalangan baliq mahsulotlari, makaronlar, qayla, yorma mahsulotlardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

23. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini maxsus ajratilgan joylarda sotish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

II. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish

24. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Nazorat organlari (muassasalari) ushbu Qoidalarga rioya etilishini tekshirishga mutaxassislarni, iste’molchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etishi mumkin. Savdo korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tekshiruvchi shaxslarga tekshirishlarni o‘tkazishda va kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishda ko‘maklashishi kerak.

III. Savdo qoidalari buzilishi turlari

25. Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi:

narxlarni asossiz ravishda oshirish;

tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;

Oldingi таҳрирга қаранг.

tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish;

(25-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 maydagi 147-sonli qarori таҳририда — O‘R QHT, 2009 y., 22-son, 258-modda)

xaridorga tovarning, mahsulotning miqdori, vaznini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;

nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish;

Oldingi таҳрирга қаранг.

quyidagilarga:

to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga;

(25-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 maydagi 147-sonli qaroriga асосан yettinchi va sakkizinchi xatboshi bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2009 y., 22-son, 258-modda)

nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga;

Oldingi таҳрирга қаранг.

alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish;

(25-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 22-son, 244-modda)

quyidagilarni:

sifatsiz tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek xaridorga sotilgan sifatsiz tovarni, mahsulotni almashtirib berishni yoki pullarni qaytarishdan bosh tortish;

tovarlarni, mahsulotlarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;

ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan tovarlarni sotish;

yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish;

26. Shuningdek javobgarlik quyidagi hollarda:

tovarning yonma-yon turishiga rioya qilinmaganda va tovarlarning saqlash sharoitlari buzilganda;

ovqatni iste’mol qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lmaganda;

korxonaning nomi, uning ish rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmaganda, xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berishdan bosh tortganda;

korxonaning ish rejimiga rioya qilinmaganda;

tovarlarda, mahsulotlarda narxnomalar bo‘lmaganda yoki atayin noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan narxnomalar qo‘yilganda;

ruxsat berilmagan anjom qo‘llanilganda ham paydo bo‘ladi.

Oldingi таҳрирга қаранг.

texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob bermaydigan tovarlarni, mahsulotlarni sotish, mahalliy yig‘imlarni to‘lamaslik yoki o‘z vaqtida to‘lamaslik

(26-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

(26-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qaroriga асосан chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)

Oldingi таҳрирга қаранг.

(26-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-sonli qaroriga асосан chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda)

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida», «Standartlashtirish to‘g‘risida», «Metrologiya to‘g‘risida», «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatsiyalash to‘g‘risida»gi qonunlar moddalari va ushbu Qoidalar talablari buzilganligi javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin.

(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 maydagi 217-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan va 18—27-bandlar 17—26-bandlar deb hisoblangan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003 y., 9-10-son, 74-modda)


Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 13 fevraldagi
75-son qaroriga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari

RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining «Tovarlarning ayrim turlarini chakanalab sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 1997 yil 14 iyuldagi 355-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 7-son, 23-modda).

2. Vazirlar Mahkamasining «Tovarlarning ayrim turlarini chakana sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 1997 yil 23 oktabrdagi 485-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 10-son, 36-modda).

3. Vazirlar Mahkamasining «Tovarlarning ayrim turlarini chakana sotish qoidalariga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» 1998 yil 2 fevraldagi 51-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 2-son, 5-modda).

4. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 1998 yil 16 iyundagi 256-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 6-son, 21-modda).

5. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida meva-sabzavot tovarlarini chakana sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 1999 yil 4 yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 1-son, 1-modda).

6. Vazirlar Mahkamasining «Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 1999 yil 5 yanvardagi 2-son qaroriga 5-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 1-son, 2-modda).

7. Vazirlar Mahkamasining «Tovarlarning ayrim turlarini chakanalab sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» 2000 yil 14 iyundagi 230-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 6-son, 30-modda).

8. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2000 yil 24 oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 8-bandi(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 6-son, 30-modda).

9. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» 2002 yil 22 oktabrdagi 363-son qarorining 1-bandi.

Soliq qo'mitasi raisiga murojat
Savol-javob
Shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati
Sayt haqida fikringiz
Belgilangan matnni tinglash uchun tugmani bosing Powered by GSpeech