Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishi shart.
To‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.
VMQ-943-son 1-ilovasi 8-bandi 23.11.2019-yil
2024-yil 1-aprel holatiga, onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 175 125 tani tashkil etdi. Onlayn-NKT orqali 248,7 mlndan ortiq chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 61,9 trln so'mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz! Soliq qo'mitasining rasmiy saytida onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reestrlari bilan tanishishingiz mumkin.
Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari davlat reestri
Muhim! Onlayn-NKTdan foydalanmaslik jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sayyor soliq tekshiruvlari boshqarmasi