Soliq tizimida “mahallabay” ishlash - manfaatli hamkorlik 23.04.2024 2024-yil 23-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tadigan “Soliq tizimida “mahallabay” ishlash - manfaatli hamkorlik” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib bo‘tdi. |
Raqamli markirovka - yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish orqali bozorni tartibga solishga xizmat qiladi 22.04.2024 2024-yil 22-aprelda “INNOPROM. Markaziy Osiyo 2024 xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida “Markirovka tizimi: davlat va biznes uchun katta maʼlumotlar” mavzusida sessiya boʻlib oʻtdi. Unda Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Alimjon Fayzibayev vakillari ishtirok etdi. |
Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev mol-mulk va yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlashga chaqirdi 15.04.2024 Eslatib
oʻtamiz! Soliq
kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy
shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng
ulushlarda to‘lashi lozim. Soliq mobil ilovasi
orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va
yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda
to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. ️Soliq to'lash
majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq
summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300)
miqdorida penya hisoblanadi. |
Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi 02.04.2024 Qonunchilik palatasida Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unda Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Fayzibayev Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasini o‘qib eshittirdi. |
Ochiq muloqot: Tadbirkor qo‘llab-quvvatlanadi02.03.2024 Soliq qoʻmitasi Raisining Urganch
tumanidagi tadbirkorlar bilan noodatiy formatda tashkil etilgan ochiq
muloqotida tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan muammolar va yechimini
kutayotgan masalalar ijobiy hal etildi. |
XVI
“Ipak yo‘li” Soliq forumi ochilish marosimi28.02.2024 XVI “Ipak yo‘li” Soliq forumining
ochilish marosimida Xalqaro soliq va investitsiya markazi (ITIC) prezidenti
Daniel Vitt, Iqtisodiyot va moliya vaziri o'rinbosari Jasur Karshibayev hamda
Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Olimjon Fayzibayev ishtirok etdi.
“Umid
qilamizki, ushbu forum nafaqat mamlakatlarimiz soliq va moliya idoralari
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yaxshi asos yaratadi, balki
soliq siyosati va investitsiyalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan
shug‘ullanuvchi davlat va xususiy sektor mutaxassislari hamkorligiga yangi
sur’at bag‘ishlaydi.” Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Olimjon Fayzibayev. |
Soliq qoʻmitasi Raisi Xorazmda22.02.2024 Soliq qoʻmitasi Raisi Sh.Kudbiyev mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari faoliyati hamda ayni yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida muntazam ravishda hududlarga tashrif buyurmoqda. Qoʻmita Raisi Urganch tumanidagi “Oyoq bog‘" hamda Xiva tumanidagi “Istiqlol” mahallasida boʻlib tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy faoliyat olib borishiga ko‘maklashish, soliq bazasini kengaytish bo‘yicha soliq inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. |
Barqarorlik reytingi: umumiy ovqatlanish va savdo sohasi vakillari bilan uchrashuv13.02.2024 “AAA” reytingdagi tadbirkorlarga nisbatan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq shakllantirilmaydi. |
Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar06.02.2024 “Tadbikorlik reytingi soliq xizmati organlari yondashuvini oʻzgartiryapti. Ilk qadamlardan bittasi bu maʼlum shartlar (reyting) joriy etish hisobiga imkoniyatlarni cheklash, chegaralash yoki jazolash emas, balki yuqori reytingga erishilsa qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar paydo boʻladi degan yoʻldan yurishni boshlayapmiz. Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi faqat ragʻbatlantirishga asoslangan.” Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi – qulay, ishonchli va shaffof 31.01.2024 Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tekstil sanoati sohasi vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan biznes muloqot …endi soliq to‘lovchi qancha uzoq vaqt ishlasa, qancha ko‘p odamni ish bilan ta’minlasa, ularning barqarorlik reytingi shuncha yuqori bo‘ladi va imkoniyatlari kengayadi. Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev |
Soliq tizimi
va soliqchilar faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqiladi22.01.2024 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qoʻmitasida yangi tashkil qilinadigan Budjet tashkilotlari inspeksiyasiga oʻtkaziladi. Ushbu Inspeksiya toʻliq raqamlashgan boʻladi va Gʻaznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi. Shuningdek, soliq qarzdorligi bilan
ishlash boʻyicha ham qoʻmita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi
tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi. Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha
inspeksiya tarkibida 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan
ishlaydigan yangi tuzilma tashkil qilinadi.
Soliq
qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari mazkur oʻzgarishlar yuzasidan
"Tahlilnoma" dasturiga intervyu berdi. |
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv 18.12.2023 Savdo-sanoat palatasida Soliq qoʻmitasi raisi Sh.Kudbiyev ishtirokida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuvda tadbirkorlarning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashmagani uchun javobgarlik choralarini qoʻllash masalasi muhokama etildi. |
“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun va Budjetnoma muhokamasi 02.11.2023 Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotishda cheklangan savdo ustamalari bekor qilinishi ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan sunʼiy ravishda soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatishni oldini oladi va aholiga sifatli dori vositalarini realizatsiya qilinishini taʼminlaydi. Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev |
25.08.2023 “Tax gap” va QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish amaliyoti to‘liq bekor qilindi – Soliq qo‘mitasi
Soliq tizimda QQS
to‘lovi uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash, ya’ni “Tax gap” va QQS
guvohnomasini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish amaliyoti to‘liq bekor qilindi, deydi
qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev. |
"20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" – ish beruvchi hamda xodimlar uchun imkoniyat va imtiyozlar eshigi 05.08.2023 Davlatimiz rahbari bugungi kunda alohida e'tibor qaratayotgan masalalardan biri mamlakatizmizda kambag'allikni qisqartirish va fuqarolar bandligini ta'minlashdir. Bu borada "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturining yo'lga qo'yilishi ish beruvchi hamda xodimlar uchun imkoniyat va imtiyozlar eshigini ochdi. Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev |
Ish beruvchilar va xodimlar uchun birdek manfaatli dastur05.07.2023 Respublikamizda Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining turmush darajasini yaxshilash hamda bu yo'lda tadbirkorlik subyektlari bilan samarali hamkorlik asosida ish olib borish maqsadida yangi dastur yo'lga qo'yildi. Tadbirkor va malakali mutaxassis kelishuvi asosida amalga oshiriladigan mazkur dastur nafaqat ish beruvchilar, balki xodimlar uchun ham birdek manfaatlidir. Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev |
Har bir to‘lov uchun naqd yoki kartada bo‘lishidan qatʼi nazar, isteʼmolchi uchun chek berilishi kerak 03.11.2022 “Har bir to‘lov uchun naqd yoki kartada bo‘lishidan qatʼi nazar isteʼmolchi uchun chek berilishi kerak. Shu orqali unga keshbek tarzida to‘lagan to‘lovining bir foiz miqdori qaytishi kerak." Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jaxongir Abdiyev |
Sh.Kudbiyev: “QQS to‘lashga o‘tish chegarasini oshirish emas, kamaytirish kerak” 07.09.2022 Davlat soliq
qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Kun.uz'ga bergan intervyusida qo‘shilgan
qiymat solig‘iga doir ayrim savollarga javob berdi. |
“Samarasiz
va alohida shaxslarga berilgan soliq imtiyozlarini bekor qilamiz” – Soliq
qoʻmitasi masʼuli imtiyozlar haqida 29.04.2022 |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod KUDBIYEVning “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharririga intervyusi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi —
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod KUDBIYEVning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muhbiriga intervyusi
Soliq yukini kamaytirish, uning maʼmurchiligini soddalashtirish va soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish tizim faoliyatining asosiy mezonlari “Yangi O‘zbekiston” gazetasi, 174-son 28.08.2021-y.
Respublikamizda koronovirus pandemiyasi natijasida e'lon qilingan karantin jarayonida narx – navolarning oshib ketishini oldini olish bo‘yicha dehqon bozorlari va supermarketlarda hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etkazuvchi sub'ektlarda bevosita monitoring o‘tkazilmoqda.