Yangilangan versiyada fiskal modul uchun to‘lov xizmati qo‘shildi.
Ma'lumot uchun. Fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) miqdorida operatorga to‘lov amalga oshiriladi.
VMQ-943-son qarori 55-band 23.11.2019
Soliq mobil ilovasini faqat rasmiy platformalardan yuklab olish va yangilash lozim.
Soliq mobil ilovasidan 6,5 mlnga yaqin aholi faol foydalanmoqda.
"Yangi texnologiyalar" IAM