So‘nggi vaqtlarda amaliyotda ishlab turgan normalarga bir necha yengillik va oʻzgartirishlar kiritilganini buning dalili deyish mumkin.
Soliq qoʻmitasi bundan keyin ham Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni oʻzining muhim vazifasi deb hisoblaydi.
“Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi Hukumatga kiritilishidan oldin amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda regulation.gov.uz portali orqali jamoatchilik fikr-mulohozasini oʻrganish va takliflarini olish uchun keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.
Jamoatchilik muhokamalari (tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalari) asosida loyiha toʻliq qayta koʻrib chiqiladi va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir etuvchi tartib-taomillar va talablar bartaraf etilgandan soʻng loyiha Hukumatga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.