Soliq qo‘mitasida “Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasi doirasida bemor bolalar ijodiga mansub san’at asarlari koʻrgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda 20 nafarga yaqin bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida bolajonlar tomonidan yaratilgan asarlar kimoshdi savdosi oʻtkazildi.
Gematologik kasalliklarga chalingan bolalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak berish maqsadida tashkil qilingan mazkur loyihada Soliq qo‘mitasi jamoasi faol ishtirok etdi.
Unda 100 nafardan ortiq bemor bolaning 500 dan ortiq asarlari sotildi. Ko‘pchilikka mashhur bo‘lib ulgurgan bolajonlar barmoq izlari tushirilgan asar rekord summada xarid qilindi. Ushbu san’at asari loyiha anʼanasiga koʻra jamoaga qayta hadya qilindi.
Tadbir davomida bolajonlar uchun konsert dasturi va ko‘ngilochar o‘yinlar uyushtirildi hamda ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati