Жавоб
Ha, hozirda shunday imkoniyat yaratilgan va ushbu imkoniyatdan foydalanish ixtiyoriy. 4-5- ilovasida xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) reestri elektron hisobvaraq-fakturalar axborot tizimidan avtomatik ravishda yuklanadi. 4-ilova faqatgina 2-7-ustunlari QQS bilan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) EHFlari boʻyicha shakllanadi. Aholiga naqd pulga va plastik kartochkalar orqali xizmat koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan 5-ilova reestri hisobot taqdim etayotgan soliq toʻlovchining (oʻzining) STIRni qayd etilgan holda, elektron raqamli imzosi bilan bir tomonlama tasdiqlangan EHFlarning oy davomida tushumi jamlangan holda shakllanadi. 4-5-ilovalarni toʻldirishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlaridan biri shuki, korxona qaysi hisobot davriga hisobot topshirayotgan boʻlsa oʻsha hisobot davrida xarid qilingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) EHFlar maʼlumotlar bazasidan faqat tasdiqlangan EHFlar olinadi. 4-5-ilovalar avtomatik shakllangach 1-2-3-ilovalar belgilangan tartibda toʻldiriladi hamda barcha ilovalar toʻldirilgandan soʻng qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitob shakli avtomatik tarzda shakllanadi. Agar oʻtib ketgan hisobot davri uchun EHF kiritilsa, oʻsha davr uchun QQS hisobotiga qayta hisobot taqdim etish lozim boʻladi. Oʻsha davr uchun QQSga qayta hisobot topshirmagunga qadar, undan keyingi oy (davr) uchun QQS hisoboti qabul qilinmaydi. Bojxona orqali mahsulotlar import qilinganda bojxona yuk deklaratsiyasidagi tovar qiymati, QQS summasi 4-ilovada avtomatik ravishda yuklanadi. 4-ilovadagi 8- va 9- ustunlar, yaʼni hisobga olinmaydigan tovarlar qiymati va QQS summasini hisobotlarni shakllantirayotgan masʼul shaxs tomonidan qoʻlda toʻldiriladi.