Жавоб
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berildi. (Asos: "Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 2023-yil 28 dekabrdagi O'RQ-891)
Avval soliq auditi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda toʻlash imkoni mavjud edi.
👉 Soliq kodeksi 100-modda