Жавоб
Joriy yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadi 100 mln soʻmdan oshganda, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) kabi soliq to‘lashga o‘tishi belgilandi.
Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan, lekin 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar AOS toʻlovchilari hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi, 461-modda
Shunga asosan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham daromadi 100 mln soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran AOS toʻlashga o‘tadi.
👉15-fevral – AOS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
Hisobot topshirish uchun my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi, u yerdan "YTTlarning tovar aylanmalari boʻyicha hisobot shakllari" tugmasi tanlanadi.
👉AOS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma
Daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni shaxsiy kabineti orqali to‘lashi mumkin.