Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Soliq tizimida “mahallabay” ishlash - manfaatli hamkorlik

23/04/2024

Soliq qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha soliq organlari faoliyatidagi eng ustuvor vazifalar, soliq toʻlovchilar bilan manzilli ishlashni tashkil qilish orqali soliq bazasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

2024-yil I chorakda davlat budjetiga 40,3 trln soʻm soliq tushumlari taʼminlandi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 106 % oʻsdi.

Maʼlumot uchun: 2023-yilda soliq tushumlari boʻyicha 163,8 trln soʻmlik yillik prognoz koʻrsatkichlari amalda 165,9 trln soʻm tushum taʼminlandi yoki 11 foizga oʻsdi.

Dunyoda boʻlayotgan geosiyosiy holatlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy taʼsir qoʻrsatish bilan birga soliqlarni undirish oson boʻlayotgani yoʻq.

Shunday qiyinchiliklar boʻlishiga qaramasdan tadbirkorlik subyektlariga soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarayotgan soliq toʻlovchilarga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 2019-2023-yillardan 20 foizdan 12 foizga pasaytirildi va koʻpgina QQS soliq imtiyozlari bekor qilindi. Buning natijasida YIMga nisbatan 1 foiz miqdoridagi davlat budjetga tushishi lozim boʻlgan soliqlar tadbirkorlik subyektlari va axoliga qoldirildi.

Shu bilan birga QQS boʻyicha soliq bazasini oshirish va soliq maʼmurchiligini yaxshilash evaziga QQSni qaytarilishini inobatga olgan holda yigʻuvchanlik darajasi
2019-yildagi 43 foizdan 2023-yilda 60 foizgacha oshishiga erishildi.

Bundan tashqari, mazkur davrda QQS samaradorlik koʻrsatkichi 32 foizdan 45 foizgacha oʻsishiga erishildi. Bu nima degani, yaʼni YIMning 1 foizga oʻsishi soliq organlari tomonidan qoʻshimcha QQS 0,45 foizga undirilmoqda degani. Yaʼni, Halqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari Oʻzbekistondagi QQS maʼmurchiligi boʻyicha yuqori koʻrsatkichlarga erishilganligini taʼkidlab oʻtmoqda. Ularning fikricha, QQS boʻyicha amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish talab etilmaydi.

Masalan, 2023-yilda QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishiga qaramasdan tadbirkorlik subyektlariga qariyib 20 trln soʻm QQS qoplab berildi.

Maʼlumot uchun: Bu 2022-yilga nisbatan (19,3 trln soʻm) 355 mlrd soʻm koʻp. 2024-yilning birinchi choragida esa QQS qoplash boʻyicha jami 2 138 ta korxonaga 5,4 trln soʻm QQS summasi qoplab berildi.

Yaratilayotgan sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlarga qaramay, ayrim QQS toʻlovchi korxonalar tomonidan soliqlarni toʻlashdan qochish maqsadida kirim qilinayotgan tovarlar tannarxini asossiz oshirib koʻrsatish yoki sotilayotgan tovarlar narxini bozor narxidan past narxda sotish, nomutanosib tovarlar realizatsiyasini amalga oshirish, ustav kapitalini oshirish kabi turli sxemalar orqali soliqlardan qochish holatlari kuzatilmoqda.

Maʼlumot uchun: 2023-yilda 10 689 ta korxonaning 6,8 trln soʻm QQS summasini qoplab berish rad etilgan boʻlsa, joriy yilning 1-choragida 4 934 ta korxonaning 5,3 trln soʻmlik murojaati soliq hisobotlarida va risk darajasi yuqori boʻlganligi sababli rad etilgan.

Masalan, Qurilish sohasi boʻyicha "N.M" MCHJning 2024-yil 22-yanvardagi 10,1 mlrd soʻm QQS salbiy farq summasini qoplash yuzasidan yuborilgan arizasi rad etilgan.

Jamiyat tomonidan 2023-yil dekabr oyida shubhali korxonalar tarkibiga kirgan kontragentlar tomonidan tovarlar xarid qilinganligi sababli ortiqcha toʻlovi hosil boʻlgan ushbu tovarlarning qonuniy kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganligi sababli jamiyatning arizasi rad qilingan.

Natijada kameral soliq tekshiruviga nomzod sifatida kiritilgan hamda soliq organlarining buyrugʻi asosan kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 2024-yil aprelda QQS boʻyicha 10,1 mlrd soʻmga jamiyat tomonidan qayta hisobotlar taqdim etilishi hisobiga qoplab beriladigan summa qolmadi. Yaʼni birgina shu korxona misolida davlat budjetidan 10 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻlar oʻzlashtirilishi oldi olindi. Bunday misollarni koʻplab berilishi mumkin.


Taksi faoliyati

Soliq mobil ilovasida bepul roʻyxatdan oʻtgan holda daromad soligʻidan imtiyozga ega boʻlib, bugungi kunda 481,4 ming nafar haydovchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanmoqda. Eʼtiborlisi shundaki ularni 1500 nafarga yaqin ayol haydovchilar.

213,1 ming nafari soliq organlari axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilingan 6 ta onlayn-taksi agregatorlari (Yandex, Uklon, MyTaxi, Intellekt servis, Promo Technology group, TOTMEGA) orqali faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 2024-yilning oʻtgan davrida toʻlangan soliqlar 20,4 mlrd soʻmni tashkil etgan. Ular tomonidan koʻrsatilgan har bir tashish xizmati uchun elektron fiskal chek shakllanmoqda. Fiskal chek berilishi hisobiga yil boshidan 866,3 mlrd soʻm shundan, yanvar oyida 73,8 mlrd soʻm, fevral oyida 159,4 mlrd soʻm, mart oyida 414,1 mlrd soʻm, aprel oyida 219 mlrd soʻm daromadlari rasmiylashtirildi. Shuningdek, integratsiya qilish boʻyicha yana 125 ta agregatorga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.


Elektron tovar-transport yuk xati tizimi

Maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Respublikada jami davlat roʻyxatidan oʻtgan yuk avtomobillari soni 380 mingtani (138,7 mingta yuridik shaxslar va 241 mingta jismoniy shaxslarga tegishli) tashkil etgan. Shundan, joriy yilning 1-choragida 143,7 mingta yuk avtomobillari (138,7 mingta yuridik, 5 mingta YTT) rasmiy faoliyat amalga oshirgan.

Tizim joriy qilingandan buyon 21-aprel holatiga 882 ta korxonalar tomonidan jami 47,5 mingta elektron TTYU rasmiylashtirildi.

Ushbu jarayonda 9,7 mingta avtomobil transportida 12,5 ming turdagi jami 564 mln tonna yoki 123,5 trln soʻmlik yuklar tashish amalga oshirildi.

Joriy yilning 1-choragida 8 143 ta yuk tashuvchilar faoliyat koʻrsatib, 2,8 trln soʻmlik tashish xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, birgina joriy yilning 1-aprelidan TTYni kiritilishi hisobiga 1 145 ta (799 ta yuridik shaxs, 358 ta YTT) tashuvchilar roʻyxatga olindi va yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 5 ming nafar jismoniy shaxslar bilan manzilli ishlash orqali ularning faoliyatini ikkinchi chorakda legallashtirish koʻzda tutilmoqda.

Tizim orqali rasmiylashtirilgan elektron TTYlarning 25,2 mingtasi (53 %) haydovchilar tomonidan va 9,6 mingtasi (20,2 %) yuk oluvchilar tomonidan tasdiqlandi.

Biroq, oʻtgan davrda 786 ta yirik soliq toʻlovchilar tomonidan tovarlar realizatsiyasi uchun 164,2 mingta elektron TTY rasmiylashtirilmadi.

Bundan tashqari, yuklarni avtomobil transportida tashigan 2 260 ta haydovchilar YTT sifatida roʻyxatdan oʻtmagan boʻlib, buning natijasida har oyda davlat budjetiga 410 mln soʻm soliqlar toʻlanmasdan qolmoqda.

Xulosa qilib aytganda, elektron TTY tizimini joriy qilishdan maqsadimiz tadbirkorlik subyektlarini jazolash emas, balki soliq maʼmurchiligi jarayonlarini avtomatlashtirish orqali ular tomonidan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish va shu orqali xufiyona iqtisodiyot koʻlamini qisqartirishga qaratilgan.

Tizimdan foydalanish uchun elektron tovar-transport yuk xati (TTY) yukni joʻnatuvchi tomonidan rasmiylashtiriladi hamda yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs (haydovchi) tomonidan yuklarni qabul qilib olish va topshirish vaqtida, shuningdek yukni oluvchi tomonidan yuklar qabul qilinganda elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.

Bunda, haydovchilar qulaylik yaratish maqsadida ETTYni telefon qurilmasida “Soliq” mobil ilovasi orqali Face-ID tizimi yordamida tasdiqlash imkoniyati yaratildi.

Yuk tashish bilan shugʻullanuvchi YTTlar 3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun oyiga 181,5 ming soʻm, 3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun esa 275 ming soʻm qatʼiy belgilangan miqdorda JSHODS va BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaydi.

Maʼlumot uchun, tashuvchilar tomonidan yuk tashish qoidalarining buzilishi BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Soliq qonunichiligiga 1-apreldan joriy etilgan va keng muhokamalarga sabab boʻlgan yana bir oʻzgarish – dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda xizmatlarga QQS imtiyozi bekor qilindi. Bundan maqsad – QQSning toʻliq zanjirini yaratish. Endilikda soliq toʻlovchilar QQS bilan realizatsiya qilingan dori vositalari va boshqa tibibiy buyumlar uchun QQS summasini hisobga olishi mumkin boʻladi.

Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar esa ushbu tovar va xizmatlarni QQS bilan sotib olib, xarid cheklarini soliq mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtkazganida ularga QQS (12%) summasi budjetdan qaytarib beriladi. 23-aprel holatiga 26 mingdan oshiq fuqaro tomonidan 75 796 ta xarid cheklari roʻyxatdan oʻtkazilib, ularga 1,2 mlrd soʻm keshbek summasi hisoblangan.

Adliya vazirligida 3242-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan nizom talablariga koʻra, import qilinadigan, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda referent narx shakllantirish mumkinligi belgilangan.

Maʼlumot oʻrnida: Soliq qoʻmitasi aholi tomonidan eng koʻp xarid qilingan 24 turdagi dori vositalarining EHF orqali, yaʼni pul koʻchirish yoʻli bilan hamda ONKM orqali naqd pulda realizatsiya qilish narxlarining joriy yildagi oʻzgarishini tahlil qilib chiqildi.

Masalan, Teraflyu dori vositasi yanvar oyida 57,9 ming soʻmdan import qilingan boʻlib, aprel oyida ushbu mahsulot referent narxi(+15%)dan 45% yuqori narxda yaʼni 78,1 ming soʻmdan sotilgan (aslida 57,9+15%=66,7 ming soʻmdan sotilishi kerak).

Anjuman yakunida Soliq qoʻmitasi rahbariyati aholining soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishda faollashayotganini alohida taʼkidladi. Jumladan, 23-aprelga qadar aholi tomonidan ixtiyoriy ravishda 581 mlrd soʻm miqdorida mol-mulk va yer soliqlari toʻlangan. 


Anjuman soʻngida OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javoblar berdi.

 Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil davomida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring