Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun va Budjetnoma muhokama etildi

02/11/2023

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq asosiy soliq turlari boʻyicha soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoldirilmoqda

Foyda soligʻining bazaviy stavkasi 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 12 foiz, ijtimoiy soliq 12 foiz (budjet tashkilotlari uchun 25 foiz), aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi 4 foiz, qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12 foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 foiz miqdorida saqlab qolinadi.

Yer qaʼridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktosh boʻyicha belgilangan stavka 2 barobarga, yaʼni soliq stavkasini xom ashyoning 1 tonnasi uchun 22, 5 ming soʻmdan 11, 2 ming soʻmgacha pasaytirish koʻzda tutilmoqda.

Xalqaro amaliyotda ohaktosh boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3-6 foiz orasida oʻzgarib turadi (Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya, Ukraina), Belarusiyada esa 1 tonna uchun 0,1664 belarus rubli (yoki 803 soʻm) miqdorida qatʼiy belgilangan stavka mavjud.

Sogʻlom turmush tarzini va tabiatni asrashni ragʻbatlantirish doirasida takliflar 

2024-yil 1-apreldan tarkibida shakar mavjud boʻlgan gazlangan ichimliklarning 1 litri uchun 500 soʻm miqdorida aksiz soligʻini joriy etish taklif qilinmoqda. 

Ushbu aksiz soligʻidan tushgan mablagʻlarning toʻligʻicha Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish koʻzda tutilmoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tarkibida shakar va boshqa turdagi shirinlantiruvchi moddalar qoʻshilgan gazlangan alkogolsiz ichimliklar mavjud ichimliklarni koʻp isteʼmol qilish ortiqcha vazn paydo boʻlishi, qandli diabet, karies kabi kasalliklarni koʻpayishiga sabab boʻlishini inobatga olib, ularga qoʻshimcha soliq kiritishni tavsiya etgan.

Tarkibida shakar yoki boshqa turdagi shirinlashtiruvchi moddalar mavjud boʻlgan ichimliklarni soliqqa tortish dastlab Belgiya, Finlyandiya, Fransiya, Vengriya, Irlandiya, Latviya, Monako, Norvegiya, Portugaliya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarda joriy etilgan va ushbu amaliyot 2016-yildan keyin boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan. Bugungi kunda 50 dan ortiq mamlakatlarda mazkur turdagi ichimliklardan aksiz soligʻi undirib kelinmoqda. Bunday soliq MDHga aʼzo davlatlar – Rossiyada, Qirgʻizistonda, Tojikistonda va Ozarbayjonda ham joriy etilgan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida soliq stavkasi ichimliklarning bir litri uchun 0,07 - 0,2 yevro, Rossiyada 7 rubl (yoki 0,07 doll.), Ukrainada 0,1 yevroni tashkil qiladi. 

2024-yil 1-iyuldan boshlab avtomobil shinalarining bir donasi vaznidan (kg uchun) kelib chiqqan holda bazaviy hisoblash miqdorining 0,3 foizi (990 soʻm) miqdorida utilizatsiya yigʻimini joriy etish taklif qilinmoqda. Ushbu yigʻimdan kelib tushgan mablagʻlar hisobidan  atrof muhitni muhofaza qilish va “Yashil makon” dasturi doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda. Bunda, shinalarning oʻrtacha vaznidan  kelib chiqqan holda utilizatsiya yigʻimi miqdori yengil avtomobillar shinalariga 6,2 ming soʻmdan 16,2 ming soʻmgacha, yuk avtomobillar shinalarga 11,3 ming soʻm dan 58,8 ming soʻmgacha tashkil etadi.

Masalan, 1 dona yengil avtomobil shinasining (1 donasi ogʻirligi 6,4 kg) bojxona qiymati 40 doll. (490,0 ming soʻm) boʻlsa, uning narxiga 6,3 ming soʻm qoʻshiladi yoki narxida 1,3 foizni tashkil qiladi. Qozogʻistonda yengil avtomobil shinasi donasi uchun 7,9 ming soʻm, yuk mashinasiga 78,4 ming soʻm miqdorida utilizatsiya yigʻimi undiriladi. Shinalarga utilizatsiya yigʻim joriy etish amaliyoti Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston kabi davlatlarda mavjud. 

2024-yil 1-yanvardan sigaretalar hamda boshqa tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish uchun aksiz soligʻi stavkalari 12 foiz miqdorida indeksatsiya qilinmoqda hamda sigaretalar importiga aksiz soligʻi stavkalari 5 foizga pasaytirilmoqda.

Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq aksiz soligʻi stavkalari mahalliy va import qilinadigan mahsulotlar uchun bir xil boʻlishi lozim.

Hozirgi kunda 1 pachka “Kent 6” sigaretining chakana narxi 16 ming soʻm, shundan aksiz soligʻi 5,4 ming soʻmni tashkil qiladi  va aksiz soligʻi indeksatsiya qilingandan keyin  sigaret narxi 16,5 ming soʻmni, aksiz soligʻi 5,9 ming soʻmni va sigaret narxidagi soliqning ulushi 36 foizga yetadi. 

Maʼlumot uchun: Rossiyada bu koʻrsatkich 35%, Qozogʻistonda 24% ni tashkil etmoqda. 

2024-yil 1-apreldan boshlab neft mahsulotlari uchun amaldagi aksiz stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilinmoqda, bunda Ai-91 va undan yuqori oktanli benzinga aksiz soligʻi stavkalari oʻzgartirilmaydi.

Zararli gaz moddalari ulushi yuqori boʻlgan benzin mahsulotlariga aksiz soligʻi stavkasi indeksatsiya qilinmoqda va Yevrostandart talablariga javob beradigan benzin mahsulotlariga amaldagi stavka saqlanib qolinmoqda.Maʼlumot uchun, AI-80 markali benzinning atrof muhit va inson salomatligiga salbiy taʼsiri yuqori hisoblanadi. Bunday markadagi benzin koʻplab davlatlarda ishlab chiqarilmaydi yoki qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladi. 

Hisob-kitoblarga koʻra, 1 litr AI-80 benzin uchun aksiz soligʻi stavkasini indeksatsiya qilinishi natijasida narx 1 foizga yoki 88 soʻmga hamda 1 kub metr siqilgan gaz uchun aksiz soligʻi stavkasini indeksatsiya qilinishi natijasida narx atigi 3 foizga yoki 84 soʻmga oshishi mumkin.

Ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilish taklif etilmoqda

Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻliq zanjirini yaratish maqsadida 2024-yilning 1-apreldan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha dori vositalari, tibbiyot va veterinariya buyumlari hamda ularni ishlab chiqarish uchun chetdan olib kelingan xomashyo, tibbiy va veterinariya xizmatlariga belgilangan imtiyozlarini bekor qilish taklif qilinmoqda. 

Bunda ijtimoiy reestrga kirgan fuqarolarga xarid qilgan dori vositalari uchun toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berish joriy etish moʻljallanmoqda.

Bugungi kunda amalda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 76 turdagi dori vositalari, tibbiyot va veterinariya buyumlari import qilinganda QQSga tortiladi.

Biroq, chakana savdoda barcha turdagi dori vositalarining aylanmasi QQSdan ozod etilganligi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotib olingan tovar-moddiy boyliklar boʻyicha toʻlangan QQS summasini hisobga olish (zachet) imkoniyati mavjud emas va mahsulot tannarxini oshishiga olib kelmoqda.

Shunga koʻra, import va chakana savdoda dori vositalari aylanmasi uchun QQSni toʻliq joriy etilishi dori vositalarini soliq hisobotlarida haqiqiy narxini koʻrsatishda manfaatdorlikni oshiradi. Ushbu imtiyozlar qoʻshilgan qiymat soligʻi 2023-yildan 15 foizdan 12 foizga pasaytirishini inobatga olgan holda bekor qilinmoqda.

Dori vositalari aylanmasiga qoʻshilgan qiymat soligʻi solinishi amaliyoti Rossiya, Belorusiya, Ozarbayjon, Armaniston, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarda mavjud. 

Tibbiy va veterinariya xizmatlari uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish QQS “zanjiri” uzluksizligini taʼminlash hamda sotib olingan tovarlar va xizmatlar uchun toʻlangan QQS summasini hisobga (zachetga) olish imkonini yaratadi va xizmatlar tannarxini oshishini oldi olinadi.

Misol uchun: mazkur xizmatlar QQSdan ozod etilganligi bois, joriy yil yarim yilligi davomida  tadbirkorlik subyektlari 294,4 mlrd soʻm QQSni hisobga (zachetga) olish imkoniyatiga ega boʻlmagan va ushbu summaga koʻrsatilgan xizmatlar tannarxining oshishiga olib kelgan. 

Maʼlumot uchun: Ozarbayjon, Armaniston, AQSH, Fransiya, Gruziya, Xitoy va Singapur kabi davlatlarida tibbiy xizmatardan QQS toʻlanadi.

2024-yil 1-apreldan boshlab savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga teng raqobat muhitini shakllantirish maqsadida, elektron tijorat ishtirokchilari uchun foyda soligʻi (7,5%) va aylanmadan olinadigan soliq (2%) boʻyicha imtiyozli soliq stavkalarini bekor qilish taklif qilinmoqda.

Elektron tijorat ishtirokchilari uchun foyda soligʻi boʻyicha ikki xil soliqqa tortish tartibi mavjud boʻlib, bu oʻz navbatida raqobat muhitiga taʼsir koʻrsatmoqda.

Misol uchun, Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan MCHJ haqiqatda elektron savdo maydonchasidan foydalanmasdan, shartnoma asosida tovar realizatsiya qilib, soliq hisobotida elektron tijorat orqali savdo qilganligini aks ettirib, toʻlashi lozim boʻlgan 212,0 mln.soʻm oʻrniga amalda 106,0 mln soʻm soliq toʻlagan.

Elektron tijorat faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanganda amaldagi qonunchilik boʻyicha alohida hisob yuritishlari lozim.

Misol uchun: MCHJ doʻkoni orqali tovarni sotib, 2650,0 mln soʻmlik foyda olgan va undan 15% stavkada 397,8 mln soʻm va elektron tijorat orqali tovar sotib, 115,0 mln soʻm foydadan 7,5% stavkada 8,6 mln soʻm jami 406,0 mln soʻm toʻlash kerak edi. Lekin, korxona alohida hisob yuritmasdan jami foydasidan 7,5 % stavkada budjetga 207,4 mln soʻm toʻlagan. Natijada 199,0 mln soʻm soliq toʻlanmasdan qolgan.

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish hamda soliq maʼmurchiligini soddalashtirish  maqsadida mazkur norma kiritilmoqda. 

2024-yilning 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston hududida xizmat koʻrsatadigan xorijiy jismoniy shaxslarni QQSga tortish orqali mazkur soliq toʻlovchilar toifasini kengaytirish taklif qilinmoqda.

Mahalliy yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat koʻrsatganda (oboroti 1 mlrd soʻmdan oshganda) QQS toʻlamoqda, lekin xuddi shu xizmatlarni chet ellik tadbirkorlar (jismoniy shaxs) koʻrsatganda QQSga tortilmasdan qolmoqda (misol uchun, dasturiy taʼminot xizmatlari, grafik dizaynerlik xizmatlari). Ushbu tartibni joriy etilishi xorijiy va mahalliy yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir xil sharoit yaratish imkonini beradi.

Misol uchun: Rossiyada xorijiy yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan koʻrsatilgan import xizmatlari QQSga tortiladi.

Maʼlumot uchun 2022-yilda: 

- 305 ta xorijiy yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mahalliy tadbirkorlik subyektlariga 84,5 mlrd soʻm miqdorida xizmat koʻrsatilib, 10,1 mlrd soʻm QQS hisoblanmasdan qolmoqda.

- 137 ta elektron tijorat ishtirokchilari daromadlari 3,1 trln. soʻmni tashkil qilgan, foyda soligʻi va aylanma soligʻi boʻyicha 25,4 mlrd. soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalanganlar. 

2024-yil 1-yanvardan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha soliq stavkasini 1 m3 uchun  suv oʻlchagichlarisiz anʼanaviy usulda sugʻorishda 80 soʻm etib belgilash taklif qilinmoqda. Shu bilan birga, suv oʻlchash moslamalari asosida aniqlangan suv hajmiga nisbatan soliq stavkasiga 0,7 kamaytirish koeffitsiyentini qoʻllash tartibi saqlab qolinadi. Bunda undirilgan soliq summasining 25 foizi suv yetkazib berish uchun maxsus suv xoʻjaligi xizmatlariga yoʻnaltirilishi koʻzda tutilmoqda.

Fermerlar tomonidan suv yetkazib berish boʻyicha suv xoʻjaligi maxsus xizmatlariga toʻlovlar bekor qilinadi.

Loyihada iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini differensiallashgan holda indeksatsiya qilish orqali bosqichma-bosqich unifikatsiya qilish koʻzda tutilgan.

– sanoat korxonalari, elektr stansiyalari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, shuningdek avtotransport vositalarini yuvish, alkogolsiz ichimliklar va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi – oʻrtacha 12 foizga,

– iqtisodiyotning boshqa barcha tarmoqlaridagi korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa – oʻrtacha 30 foizga indeksatsiya qilinmoqda;

2022-yilda qishloq xoʻjaligida suv yetkazib berish xarajatlari 1 m3 uchun oʻrtacha 221 soʻmni tashkil etgan. 

Xalqaro ekspertlar oʻtkazgan tahlillari asosida (BCG konsalting) suv soligʻining tabaqalashgan stavkasini bosqichma-bosqich joriy etishni tavsiya etgan. (BCG tavsiyalarida birinchi bosqichda stavkani 220 soʻm etib belgilash va keyinchalik oshirib borish taklif etilgan).

Mutlaq qiymat miqdorlarida oʻrnatilgan soliq stavkalari, xususan yakka tartibdagi tadbikorlarga belgilangan soliqlar (2024-yil 1-fevraldan 10 foizga), jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi stavkalari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer soligʻining bazaviy stavkalari, alkogol mahsulotlariga aksiz soliqlari (1-yanvardan 12 foizga), yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha yalpi ichki mahsulotning nominal oʻsishidan past darajada indeksatsiya qilinmoqda.

Bunda 2024-yilda jismoniy shaxslar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summasi 2023-yilda mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan soliq summasidan oshmasligi boʻyicha cheklov qoʻllaniladi, bunda 2024-yilda ushbu soliqlar uchun hisoblanadigan summa 2023-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshirmaslik amaliyoti saqlab qolinadi.

Misol uchun, Buxoro shahrida chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi YATT A.Axatov 2023-yil 9 oyida 63,1 mln soʻm daromad olib, 5,9 mln soʻm (oyiga 650 ming soʻm) soliq toʻlagan yoki soliq yuki 9,3 foizni tashkil etgan. 2024-yilda  indeksatsiya qilingan stavka (oyiga 715 ming soʻm) boʻyicha 6,4 mln soʻm soliq hisoblanib,  daromadi oʻzgarmaganda soliq yuki 10,1 foizni tashkil etadi va  soliq yuki atigi 0,8 foizga oshadi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasini soliq toʻlovchining tovar aylanmasi 500 mln soʻmgacha boʻlganda yiliga 25 mln soʻm (amalda 20 mln soʻm),  500 mln soʻmdan yuqori boʻlganda esa 34 mln soʻm (amalda 30 mln soʻm) miqdorida belgilash taklif qilinmoqda;

  • Amaldagi qonunchilikka muvofiq, qatʼiy belgilangan stavkalarda soliq toʻlovchilar:
    • soliq idoralariga hisobot topshirishdan;
    • soliq tekshiruvlaridan;
    • dividend toʻlashda ushlab qolinadigan soliqdan (5%) ozod qilinadi.

Bunda tadbirkorlarda oʻziga qulayligi va afzalligiga qarab qatʼiy yoki aylanmadan 4 foiz soliq toʻlashni tanlash huquqi saqlab qolinadi. 

2024-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning noturar obyektlari uchun mol-mulk soligʻi hisoblashda xuddi yuridik shaxslarga belgilangan soliqqa tortish kabi bir xil tartib joriy qilish taklif qilinmoqda.

Ushbu tartib noturar joy uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektlari jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishliligidan qatʼi nazar, ularni soliqqa tortishda teng sharoitlar yaratish maqsadida kiritilmoqda.

Shuningdek koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymatiga yaqin boʻlgan kadastr qiymati asosida mol-mulk soligʻini hisoblash mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish davom ettiriladi.

Misol uchun: MCHJ balansida boʻlgan Toshkent shahar, Uchtepa tumanida joylashgan 543 kv.m obyektiga kiritilgan eng kam meʼyorlarga muvofiq 2023-yilda 20,4 mln soʻm (543 kv.metr*2,5 mln soʻm*1,5%) mulk soligʻi hisoblanishi lozim edi. Biroq MCHJ balansidan 2023-yil 4-yanvarda fuqaro A.I nomiga oʻtkazilib, kadastr qiymati 95,3 mln soʻmga baholanib, 1,4 mln soʻm mulk soligʻi hisoblangan va natijada 18,9 mln soʻm byudjetga tushmasdan qolgan. 

2024-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan coliq binolar boʻyicha soliq bazasi 1 kv. metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan minimal qiymat oshirilib, Toshkent shahrida – uch million soʻm, Nukus shahri va viloyat markazlarida – ikki million soʻm va qolgan hududlarda – bir million ikki yuz ming soʻm etib belgilanmoqda. Bunda, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun tumanlarda obyektlarning belgilangan minimal qiymatiga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqi saqlanib qolinadi.

Shuningdek, soliq maʼmurchiligini takomillashtirish oid bir qator takliflar tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, oʻrta muddatli raqamli iqtisodiyotni, xususan transmilliy raqamli korporatsiyalarni bosqichma-bosqich soliqqa tortishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

A.Haydarov,

Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring