Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasida Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mutaxassislari ishtirokida “Soliq maʼmuriyatchiligini diagnostik baholash vositasini qoʻllash” boʻyicha oʻquv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Oʻquv-seminar maqsadi – mamlakatimiz soliq ma’murchiligini takomillashtirish va soliqlarning yig'iluvchanligini oshirish.
Joriy yilning 5-iyun kuni start olgan seminarda Avstraliya, Yaponiya va Pokiston davlatlaridan iqtisodchi va soliq sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan ilmiy va amaliy taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Ushbu turdagi o‘quv-seminarlari soliq xizmati xodimlarini o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda soliq qonunchiligini xalqaro standartlar asosida takomillashtirib borishga xizmat qiladi.