Soliq qoʻmitasi Raisining
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha
Tarixdan
maʼlumki korrupsiyaning paydo boʻlishi insoniyatning uzoq oʻtmishiga borib
taqaladi. Uzoq oʻtmishga ega boʻlgan bu illatni bartaraf etish ham ulkan
jasorat va sadoqatni talab etadi.
Hurmatli
Prezidentimiz tashabbusi bilan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga
oshirilayotgan inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha
sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini
shakllantirish talab etiladi.
Buning
uchun korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda boʻlish
soliq xizmati organlari tizimida har bir xodimning kundalik hayot tarziga
aylanishi kerak. Halollik, vatanparvarlik va masʼuliyatni faoliyatining asosiy
tamoyiliga aylantirgan holda, berilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori
saviyada amalga oshirishi lozim.
Shu
nuqtayi nazardan, tizimda korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, uni
keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va sharoitlarni barvaqt aniqlash va
bartaraf etish boʻyicha samarali tizim shakllantirilmoqda.
Korrupsiyaga
qarshi kurashish, uning oldini olish, korrupsiyaga qarshi xavf-xatarlarni
baholashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, jarayonga ilgʻor mexanizmlarini
joriy etish, bu borada huquqiy va institutsional bazani takomillashtirish soliq
organining asosiy maqsadlari etib belgilangan.
Oʻtgan
davrda avtomatlashtirish orqali soliq maʼmurchiligini toʻliq va oʻz vaqtida
amalga oshirish, funksiyalar boʻyicha vertikal nazorat oʻrnatish, korrupsion
holatlar yuzaga kelishini cheklash, maʼlumotlarning real vaqt rejimida va
bexato shakllantirish yoʻnalishlarida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Soliq
toʻlovchilarni hisobga olishdan tortib, to soliq majburiyatini bajarishgacha
boʻlgan jarayonlarning avtomatlashtirilishi soliq toʻlovchilar va soliq
organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda inson omilini cheklab tizimni
yanada shaffoflashishiga zamin yaratmoqda.
Umuman,
bugungi kunda soliq toʻlovchilarga 50 dan ortiq interaktiv xizmatlar
koʻrsatilmoqda. Soʻnggi bir yilda amaliyotga yana 9 ta yangi interaktiv
xizmat tatbiq etildi.
Amalga
oshirilgan ishlar natijasi oʻlaroq, Soliq qoʻmitasi 2021-yilda “ISO 37001:2016 korrupsiyaga
qarshi kurashish menejmenti” xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatini
qoʻlga kiritdi.
Soliq
organlari korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt
oldini olishda jamoatchilik nazoratiga tayanadi va fuqarolarning faolligi va
tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Soliq
xizmati organlari xodimlarining korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga
aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻlgan fuqarolar Soliq qoʻmitasining
71-244-98-98 raqamli Ishonch telefoni yoki dsq_anticorrupciya_bot telegram boti orqali
toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat yoʻllashi mumkin.
Soliq
xizmati organlarida korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, kelib
chiqish sabab va sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasidagi
ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi.
Shu
oʻrinda tizimda mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya
holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga
hamda oʻz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga chaqiramiz.