Hududiy
organlar

Давлат солиқ қўмитаси

Марказий аппарат

...
  • Тошкент шаҳар, А.Қодирий кўчаси 13а-уй
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Андижон вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Andijon shahar, Oltinkoʻl koʻchasi, 1-uy
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Бухоро вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Бухоро шаҳар, М.Иқбол кўчаси, 14-уй
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Жиззах вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Жиззах шаҳар, Ш.Рашидов кўчаси, 16-уй
  • (72) 222-07-00 Ishonch telefoni
    (72) 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Қашқадарё вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 805-uy
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Навоий вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Навоий шаҳар, Навоий кўчаси, 27-б уй
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Наманган вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Наманган шаҳар, Марғилон кўчаси, 14-уй
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Самарқанд вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Самарқанд шаҳар, Гагарин кўчаси, 85 А-уй
  • (66) 234-06-16 Ishonch telefoni
    (66) 234-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Сурхондарё вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Термиз шаҳар, М.Каҳҳор кўчаси, 23-уй
  • (76) 223-29-64 Ishonch telefoni
    (76) 223-29-64 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Сирдарё вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Гулистон шаҳар, Ислом Каримов кўчаси, 41-уй
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Тошкент шаҳар

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Абай кўчаси, 4 А-уй
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Тошкент вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Яккасарой тумани, Бобур кўчаси, 79-а-уй
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Фарғона вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Фарғона шаҳар, Сайилгоҳ кўчаси 31-уй
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Хоразм вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Урганч шаҳар, Ал-Хоразмий кўчаси, 34 уй
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Қорақалпоғистон Респ.

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Нукус шахар. Т.Қайпбергенов кўчаси, 23-уй
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Ҳудудлараро инспекцияси

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Ishonch telefoni
    Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
Sahifaga o'tish


Gender tenglik va mehnat muhofazasi

 

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda ochiq muloqot tashkil etildi Unda ayollarning jamiyatdagi rolini yanada oshirish, xususan, soliq organlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning safini iqtidorli mutaxassislar hisobidan kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritildi.

 

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, sog‘ligini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan izchil islohotlarni tizimli davom ettirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur yo‘nalishdagi harakatlarni yanada jadallashtirish maqsadida 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur tasdiqlangani ham bejiz emas. Soliqchi va senator ayollarning davra suhbatida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Milliy dastur doirasida qilinayotgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Ushbu yo‘nalishda yagona yondashuv asosida vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tuzilgan, dedi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova. Mazkur faoliyatni quyi tizimgacha yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy Kengashlarda hududiy komissiyalar tashkil etildi. Komissiya asosiy vazifalari qatorida gender tenglik va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi hamda monitoringini olib boradi. Shu bilan birga, Komissiya Milliy dastur va uni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda tegishli vazirlik va idoralarga, hududlarga yaqindan ko‘maklashadi.

Bugungi kunda davlat boshqaruvida xotin-qizlar ulushi 27 foizni tashkil etmoqda, dedi ochiq muloqotda Davlat soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Gavharxon Muqaddasova. – Biz ham Milliy dastur doirasida “Ayollar ham soliq inspeksiyasini boshqara oladi” shiori ostida o‘z tashabbuslarimizni ilgari surishni an’anaga aylantirdik. Natijada bugunga kelib yigirmaga yaqin ayollar tuman (shahar)lar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi.

         Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar bildirish jarayonida ayollar faolligi alohida ta’kidlandi. Bunda Bosh qomusimizning oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan bobini yanada takomillashtirish, turmush qurishga milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib alohida ta’rif berish, gender tenglik kafolatini kuchaytirish diqqat markazida turibdi.



       


  Muloqot ishtirokchilari e’tibor qaratganidek, jahon hamjamiyatiga jadal uyg‘unlashuv mehnat bozorida yangicha yondashuv, yangi talab va shakllarni yuzaga keltirayapti. Shuning uchun ham Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ma’qullandi. Bundan buyon ishsizlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari bandligini ta’minlovchi ish beruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan subsidiya va grantlar ajratiladi.

– Qabul qilingan qonunga muvofiq, yagona ta’rif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning birinchi razryadi oshganda, ishsizlik nafaqasi miqdorining oshishi belgilangani ko‘pchilikning ko‘nglidagi ish bo‘ldi, – deydi Davlat soliq qo‘mitasi Kadrlarni saralash boshqarmasi bosh inspektori Nafisa Jalilova. – Shuning barobarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash, qayta tayorlash tizimiga davlat buyurtmasi talablari nazarda tutilgani ham muhim ahamiyatga ega.

Umuman olganda, senator va soliqchi ayollarning suhbati uzoq davom etmagan bo‘lsada samarali va mazmunli kechdi. Tomonlar bunday muloqotlarni hududiy davlat soliq boshqarmalarida tizimli ravishda davom ettirishga kelishib olishdi.




   
Davlat soliq xizmati organlarining ustuvor vazifalaridan biri – Gender tenglikni ta'minlash 
    Yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

    Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalasi eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. 

    Bu borada davlat soliq xizmati organlarida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 16-20-may kunlari hududiy davlat soliq organlarida rahbarlik lavozimiga tayinlangan hamda tizimda ishlayotgan ayol xodimlarni rahbarlikka o‘qitish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.   

    Fiskal institutda tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunida kursni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.






 Davlat soliq xizmati organlari tizimida ayollar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
    Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazib, sohada xizmat qilayotganlar o‘rtasida rahbarlik vazifasini bajarishga qodir ayollar yetarlicha ekanligini ta’kidlagan edi.
    
Dono Narova Shayxontohur tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi; 

Akida Sultanova Yashnobod tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; 

Almagul Kabulova Xo‘jayli tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; 

Sharipa Sultanova Taxiatosh tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Feruza Farmonova Payariq tumani DSI boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi; 

Gulbahor Haitova Oqdaryo tumani DSI boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi; 

Istoda Haydarova Samarqand tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi; 

Raxnamoxon Koraboyeva Toshloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; 

Muborak Kadirova Yangi Namangan tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; 

Zilola Abdunabiyeva Zarbdor tumani DSI boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga taynlandi; 

Go‘zal Samiyeva Sho‘rchi tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



DSQ tomonidan soha xodimalari o‘rtasida “Zakovat” turniri tashkil etildi

    2022-yilning 17-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami arafasida ayollar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi turniri bo‘lib o‘tdi.

    O‘tkazilgan qiziqarli bahslarda Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati xodimlaridan iborat 5 ta jamoa hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasidan 2 ta jamoa ishtirok etdi.




    Mantiqiy savollarga javob topishda ayollar  zukkoligi va bilimdonligini namoyish etdilar. O‘yin natijalariga ko‘ra: 
🔸 1-o‘rin – "Qirq qiz" jamoasi;
🔸 2-o‘rin – “Shaffof” jamoasi;
🔸 3-o‘rin – “Ko‘makchi-soliqchi” jamoasiga nasib etdi. 




G‘olib va ishtirokchilarga Davlat soliq qo‘mitasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Davlat soliq xizmati xodimasi sodiq xizmatlari uchun mukofotlandi

    Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 
    Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev farmoniga muvofiq, 8-Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 
    Ular qatorida Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasining bo‘lim katta inspektori Nodira Xujanazarova ham “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.



    Shu fursatdan foydalanib, uzoq yillardan buyon davlat soliq xizmati organlarida xizmat burchini fidoyilik bilan bajarib kelayotgan Nodira Xujanazarovani o‘z nomimdan va davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etaman! 
Sherzod Kudbiyev, 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi



                                DSQ RAISI: AYOLLAR HAM SOLIQ INSPEKSIYALARINI BOSHQARA OLADI

    2022-yilning 4-mart kuni, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi. Samimiy muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda markaziy apparat va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSI ayollari bevosita qatnashgan bo‘lsa, hududiy DSB va inspeksiyalari xodimalari videokonfrensaloqa orqali ishtirok etdi.

   
    Dastlab, Sherzod Kudbiyev tizimda xizmat qilayotgan ayollarni yaqinlashib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni bilan samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi.
    – Ayol timsoli, uning pokiza ziynati har qanday taʼrifdan baland turadi. Uni hech qanday qiyos yoxud tashbeh bilan ifodalab bo‘lmaydi, – dedi Sherzod Kudbiyev. – Har doim, har qanday rivojlangan jamiyatda ayollar roli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu boisdan Yangi O‘zbekistonni har tomonlama rivojlangan davlat sifatida barpo etishga qaratilgan islohotlarda ham opa-singillarimizning davlat va jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
    


    Taʼkidlash joizki, hozirda soliq organlarida 2 400 ga yaqin xotin-qiz xizmat ko‘rsatmoqda. Ular xodim, boshqarma boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i sifatida o‘z vazifalarini aʼlo darajada bajarib kelmoqda.
     Ayol rahbarlar boshqaruvidagi Xonobod va Kogon shahar DSI faoliyati yuqori baholanib, yetakchi davlat idorasi sifatida eʼtirof etilmoqda.
     Soliq xizmati organlarida ayol rahbarlar sonini oshirish uchun ham men sizlar bilan shaxsan o‘zim uchrashishga qaror qildim. Aniq bilamanki, orangizda rahbarlik vazifasini bemalol bajarishga qodir ayollar yetarlicha topiladi.     
    Bugungi suhbatimizdan keyin tez orada ana shunday hamkasabalarimizni inspeksiya yoki boshqarma boshlig‘i sifatida ko‘rsak ajabmas. 



  Shundan so‘ng, tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar ham so‘z olib, keyingi yillarda soliq xizmati organlarida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, gender tenglik, xotin-qizlarning roli oshib borayotgani haqida iliq fikrlarini bildirdi.
   Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr mulohazalarini bildirish imkonini berdi. Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni anʼanaga aylantirish taʼkidlandi.




Davlat soliq qo‘mitasi tizimida rahbar ayollar qanday ko‘paytiriladi?

    Birinchidan, Davlat soliq qo‘mitasi tizimida ayni paytda mehnat qilayotgan xotin-qizlar bo‘yicha kadrlar seleksiyasi va monitoringi tadbirlari eski qoliplardan voz kechgan holda – innovatsion uslublarda amalga oshiriladi.

    Ikkinchidan, rahbarlik iqtidori namoyon bo‘lgan ayollarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasida o‘qitishga eʼtibor qaratiladi.

    Uchinchidan, iqtisodiyot sohasiga qiziqishi kuchli qizlarda boshqaruv ko‘niklarmalarini shakllantirish bo‘yicha Fiskal institutda qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi.

   To‘rtinchidan, rahbar ayollarni tayyorlash bir yillik vazifa emasligini hisobga olgan holda, iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy taʼlim muassasalari bilan qobiliyatli talaba-qizlarni aniqlash-saralash bo‘yicha yaqin hamkorlik o‘rnatiladi.

    Beshinchidan, talabalar amaliyotlarini soliq xizmati organlarida tashkil etish jarayonida ko‘proq qizlarni jalb qilishning alohida reja-jadvallari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

    Oltinchidan, Davlat soliq qo‘mitasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan ko‘rsatkichlarni shaklantirishda xotin-qizlarga ko‘proq o‘rin beriladi.

    Yettinchidan, “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan memorandum imzolash orqali davlat soliq xizmati organlari mutaxassislarining xorijda taʼlim olish ishlarini tashkil etish va muayyan kvota ajratishda xotin-qizlarga ustuvorlik berish masalasi hal etiladi.  




Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2022-yilda elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan jami murojaatlar – 69 188 ta
  • Shaxsiy qabul
  • Yozma murojaatlar
  • Elektron murojaatlar
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech