Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish

Soliq kodeksining 393-moddasi 1-qismiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:

- mulkiy daromadlar, agar ushbu boʻlimga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

- ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

- moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan boʻlsa;

- Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

- soliq agentlari boʻlmagan manbalardan olingan daromadlar;

- ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlash tartibi tanlanganda;

- soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Soliq kodeksining 397-moddasiga muvofiq jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etilishi va ushbu Kodeksining 398-moddasiga asosan daromad soligʻi summasini oʻtgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay toʻlanishi lozim.

Mol-mulkini ijaraga berishdan toʻlov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq toʻlovchilar, shuningdek Soliq kodeksi 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan va jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlaydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:

1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq toʻlovchilar - ijaradan daromadlar paydo boʻlgan kundan eʼtiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;

2) ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan, jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni toʻlaydigan jismoniy shaxslar - joriy yilning 1-fevralidan kechiktirmay.Yangi roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari - tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.

Koʻchmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq toʻlovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning oʻn beshinchi kunigacha har oyda toʻlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi 1-qismiga asosan 12 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-886-son Qonuni 8-ilovasi bilan 2024-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari belgilandi.

Shunga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining hududlar boʻyicha eng kam stavkalari quyidagicha:


T/r

Ijaraga beriladigan

mol-mulk turi

Belgilangan

stavka

miqdorini

tavsiflovchi

ko‘rsatkich

Oylik ijara to‘lovi stavkalarining

eng kam miqdorlari, so‘mda

Toshkent shahri

Nukus shahri

va viloyat

markazlari-dagi

shaharlar

Boshqa aholi

punktlari

1

Uy-joylar:

 

turar joy

umumiy maydonning
1 kv.metri uchun

25 000

12 000

5 000

 

noturar joy

40 000

23 500

10 000

2

Avtomobil transporti:

 

engil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositasi)

1 ta avtotransport vositasi uchun

780 000

 

mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari

 

1 550 000

 

Mazkur qonun bilan stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllanilishi hamda koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etilishi belgilandi.

Soliq to‘lovchilar

Mulkida ushbu Soliq kodeksiga muvofiq soliq solish ob’ekti deb tan olinadigan mol‑mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Soliq solish ob’ekti

1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;

2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari;

3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlar.

Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlarga ushbu ob’ektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu ob’ektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’ektlar kiradi;

4) ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.

Soliq bazasi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.

Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi 42 million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol‑mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — 210 million so‘m miqdorda, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — 82 million so‘m miqdorda soliq bazasi hisoblanadi.

Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir ob’ekt bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

Soliq imtiyozlari

Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:

1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.

3) sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari).

4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;

5) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular yigirma uch yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:

1) o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;

2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;

3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

Ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish ob’ekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Ushbu soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk ob’ektiga tatbiq etiladi, bundan 4‑bandda ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.

Soliq stavkalari

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq solish ob’ektlari

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lganlarini qo‘shib hisoblaganda), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar

0,31

2.

Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:

200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan

0,41

500 kv.m dan ortiq bo‘lgan

0,55

3.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari

0,41

4.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish ob’ektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari

1,5

 

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qo‘llaniladi.

Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar belgilashga haqli.

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq 1 - 3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.

Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlarga nisbatan soliq stavkasi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 3 foiz miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ‑73‑son qaroriga asosan 2022 yilda soliq yukining keskin oshib ketmasligi uchun hisoblangan soliq summasi 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol‑mulk solig‘i summasi 2021 yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi belgilangan. 


Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan birxillashtirildi.

Ya’ni, 2024‑yil 1‑yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:

Toshkent shahrida – uch million so‘m;

Nukus shahrida va viloyat markazlarida – ikki million so‘m;

boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – bir million ikki yuz ming so‘m.

O‘z navbatida, soliq to‘lovchilarga tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yerdagi soliq organlariga baholovchi tashkilotlar tomonidan, shu jumladan ular tomonidan o‘tgan ikki yilda (mavjud bo‘lgan taqdirda) o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari, shuningdek qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam qiymat qo‘llanilmaydigan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini taqdim etish huquqi berilmoqda.


To‘lov muddatlari

Soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 martdan kechiktirmay topshiriladi.

Soliq davri uchun soliqni to‘lash teng ulushlarda 15 aprelga va 15 oktabrga qadar amalga oshiriladi.

Soliq to‘lovchilar

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi.

Soliq solish obyekti

1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;

4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy‑joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;

6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;

7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Soliq bazasi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati.

Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

Soliq imtiyozlari

Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.

3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar - qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Ushbu soliq imtiyozlari, bundan 5-bandda ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan 7-bandda ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.

Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq stavkalari

Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda belgilanadi (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno).

Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;

tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.

Soliq stavkalarining aniq miqdorlarini quyidagi https://soliq.uz/regulations/land-property-tax havola orqali ko‘rish mumkin.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 436-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to‘lanadi.

Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.

To‘lov muddatlari

Soliq organlari har yili 1 martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.

Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15 aprel va 15 oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.

JISMONIY ShAXSLARNING MOL‑MULK VA YeR SOLIQLARI BO‘YIChA ALOHIDA QARORLAR ASOSIDA BELGILANGAN IMTIYoZLAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013-yil dasturi to‘g‘risida”gi PQ‑1902‑son qarorining 4‑bandi 3‑xatboshisiga asosan, 2020-yil 1-iyulgacha shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar, qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uyjoylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini to‘lab bo‘lmagunga qadar, xarid qilingan uy‑joylar bo‘yicha mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadilar.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017‑2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ‑2660-sonli qarorining 17-bandi “a”-kichik bandiga asosan, 2020-yil 1-iyulgacha Dasturni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini to‘lab bo‘lgunga qadar sotib olingan kvartiralar bo‘yicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar)ning mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadilar.

           3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ‑3651‑sonli Qarorining 9‑bandi 3‑xatboshisida maktabgacha ta’lim nodavlat muassasasi o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinishlari belgilangan.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring