O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksininig 133-moddasi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi
faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli
qarori hamda “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati
samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”
2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan 54 ta vazirlik va
idoralar bilan elektron axborot almashuvi yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi Аdliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi,
Kadastr agentligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat personallashtirish
markazi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va
boshqa bir qator vazirlik hamda idoralar shular jumlasidandir.
Idoralararo
hamlorlikni kengaytirish maqsadida, 2023-yilning I choragida Savdo-sanoat
palatasi, G’aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligining Yo‘l
harakati xavfsizligi xizmati tizimlari o‘rtasida integratsiya yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-sentabrdagi PQ-378-sonli qaroriga asosan Qurilish vazirligi bilan, 2023-yil 16-fevraldagi
PQ-57-sonli qaroriga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan ma’lumot
almashish bo’yicha hamkorlik kengaytirildi.
Soliq qo‘mitasi boshqa
vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar asosida, yuridik va jismoniy shaxslarning
soliq majburiyatlarini to‘laqonli bajarishi
ustidan nazorat olib boradi hamda soliq solish obyektlarini qamrab olinganligi
bo‘yicha tahlillar olib boradi.
Bundan tashqari,
ayrim vazirlik va idoralar bilan yo‘lga qo‘yilgan elektron
axborot almashinuvi aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha
ovoragarchilik hamda qog‘ozbozlikdan ozod
etmoqda.
Xususan, notarial
idoralar, davlat xizmatlari markazlari, bojxona, bank, kadastr va boshqa bir
qator tashkilotlarga soliq to‘lovchilarning
identifikatsiya raqamlari hamda ular tomonidan o‘z soliq
majburiyatlarini bajarish ahvoli yuzasidan ma’lumotlar real vaqt rejimida
taqdim etilmoqda.