O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda DUK) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
DUK ning asosiy vazifasi davlat soliq xizmati organlarining elektron maʼlumotlar bazasini shakllanishi, boshqarilishi va xavfsiz saqlanishini, axborot tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatilishi, uzluksiz ishlashini taʼminlash hisoblanadi.
DUK o‘z faoliyati doirasida server qurilmalarini joylashtirish uchun muqobil infratuzilma shakllantirish, serverlarni o‘rnatish, sozlash va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tuzilmaviy murakkab va yuqori yuklamali korporativ axborot tizimlarni ekspluatatsiya qilish, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimiga xizmat ko‘rsatish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash funksiyalarini bajaradi.
Toshkent shahri, 100011, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-a
9, 17, 29, 35
Alisher Navoiy
Respublika yosh tomoshabinlar teatri
9:00 dan 18:00 gacha, tushlik 13:00 dan 14:00 gacha
Shanba, Yakshanba
(0 371) 202-32-82
(0 371) 202-32-82
org@soliq.uz
dc.soliq.uz
Xabibov Sunnatillo Ravshanovich