Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar
T/r |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar toyifasi |
Imtiyoz turi |
Imtiyoz qoʻllanishi uchun asos |
I. Qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq boʻyicha |
|||
1. |
Yangi davlat roʻyxatidan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkor |
Yakka tartibdagi tadbirkor qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni u tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik subyekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran amalga oshiradi. |
Oʻzbekiston RespublikasiSoliq kodeksining 392-moddasi |
2. |
“Hunarmand” uyushmasining aʼzosi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor |
“Hunarmand” uyushmasining aʼzolari hunarmandchilik faoliyati mahsulotlarini (tovar, ish, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotishda qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni |
3. |
I va II guruh nogironi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor |
Faoliyat koʻrsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼiy nazar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni |
4. |
Ayrim hududlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor |
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida davlat roʻyxatidan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2027-yilning 1-yanvariga qadar qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlashdan ozod etilgan. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevraldagi PQ-2803-son qarori |
5. |
Ayrim hududlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor |
2025-yil 1-yanvardan boshlab Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanidagi Deqibaland, Sentob, Temirkovuk, Qizilcha, Gum va Choya aholi punktlari hamda Zarafshon shahri hududida roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hudud uchun belgilangan qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning toʻrtdan bir qismini toʻlaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentyabrdagiPQ-3301-son qarori |
6. |
Maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkor |
Maktabgacha taʼlim nodavlat muassasasini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshira boshlaganidan keyin 10 yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori |
7. |
Ayrim hududlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor |
2025 yml 1-yanvardan boshlab: 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar hudud uchun belgilangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalari toʻrtdan bir qismini toʻlaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni |
8. |
Ayrim hududlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor |
Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa - 2 koʻchasida faoliyatini amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi har chorakda yigirma besh ming soʻm miqdorida toʻlanadi. |
Soliq kodeksining 480-1-moddasi |
II. Ijtimoiy soliq boʻyicha |
|||
11. |
Yangi davlat roʻyxatidan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkor |
Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (shuningdek, oilaviy tadbirkorlik subyekti azolari) tomonidan ijtimoiy soliqni toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan etiboran amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasi |
12. |
Nafaqaxoʻr, I va II guruh nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor |
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. |
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasi |
13. |
“Hunarmand” uyushmasining aʼzosi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor |
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari boʻlgan “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari ijtimoiy soliq toʻlashdan ozod etiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasi |
14. |
Ayrim hududlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor |
Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa - 2 koʻchasida faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida. |
Soliq kodeksining 480-2-moddasi |