«Yangi texnologiyalar» ilmiy axborot markazi davlat unitar korxonasi (YTIAM) soliq organlari faoliyatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda boshqa davlat organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan bog‘lash ishlarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 1995 yildagi 14 sentyabrdagi 359-son Qarori asosida tashkil etilgan.
Markaz mutaxassislari tomonidan 20 yil davomida 35 dan ortiq soliq xizmatida ichki foydalanishga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlari ishlab chiqildi. Shulardan quyidagilarni ommabop va dolzarb bo‘lganlar sifatida sanab o‘tish mumkin:
SIAIJ quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1) soliq to‘lovchilar - yuridik shaxslar ro‘yxatga olinadi;
2) korxonalarning yagona reestrini yuritadi;
3) soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritadi;
4) bank hujjatlarini qayta ishlanadi;
5) turli statistik hisobotlar olinadi;
6) tekshiruv dalolatnomalari yuritiladi;
7) soliq to‘lovchilarning byudjet bilan hisob-kitoblarini amalga oshiriladi;
8) soliq to‘lovchilar bilan solishtirma dalolatnomalarini bajarish;
9) ro‘yxatga olish bo‘yicha turli hisobotlarni shakllantirish;
10) inkasso topshiriqnomalari va xulosalari bilan ishlash.
Bugungi kunda YTIAM bu:
- Soliq va moliyaviy hisobotlarni soliq to‘lovchilardan elektron tarzda qabul qilish va qayta ishlash tizimining dasturchisi hamda integratori.
- Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish va elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazi.
- Elektron hisobvaraq-fakturalarning markazlashtirilgan holda saqlanishi, operatorlararo uzatilishi va hisobi yuritilishini ta’minlaydigan rouming operatori.
- Onlayn rejimda qabul qilingan fiskal ma’lumotlarni mustaqil va doimiy ravishda qabul qilish, qayta ishlash, kriptografik himoya qilish va saqlash ishlarini bajaruvchi fiskal ma’lumotlar operatori.
Bugungi kunda YTIAM da dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 40 dan ortiq ko‘p yillik tajriba ega va ishonchli xodimlar faoliyat olib bormoqda. Yuqoridagilardan tashqari YTIAM tomonidan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun sifatli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish xizmati amalga oshirilmoqda. YTIAM dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish yuzasidan avtomatlashtirish ob’ektlarini o‘rganib chiqishdan boshlab kuzatuv ishlarini bajarishgacha bo‘lgan jarayonlarni bajarish bo‘yicha xizmatlarini taklif etadi.
Adres: | Toshkent sh., Chilonzor tumani, Muqimiy ko'chasi, 166 uy |
Telefon: | (71) 202-32-32 |
Veb-sayt: | yt.uz |
E-mail: | info@yt.uz |
Direktor
Kayumov Sharif Sotvoldiyevich |
Fuqarolarni qabul qilish kunlari
Har kuni 09.00 dan 11.00 gacha |