Hududiy
organlar

Давлат солиқ қўмитаси

Марказий аппарат

...
  • Тошкент шаҳар, А.Қодирий кўчаси 13а-уй
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Андижон вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Andijon shahar, Oltinkoʻl koʻchasi, 1-uy
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Бухоро вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Бухоро шаҳар, М.Иқбол кўчаси, 14-уй
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Жиззах вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Жиззах шаҳар, Ш.Рашидов кўчаси, 16-уй
  • (72) 222-07-00 Ishonch telefoni
    (72) 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Қашқадарё вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 805-uy
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Навоий вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Навоий шаҳар, Навоий кўчаси, 27-б уй
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Наманган вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Наманган шаҳар, Марғилон кўчаси, 14-уй
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Самарқанд вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Самарқанд шаҳар, Гагарин кўчаси, 85 А-уй
  • (66) 234-06-16 Ishonch telefoni
    (66) 234-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Сурхондарё вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Термиз шаҳар, М.Каҳҳор кўчаси, 23-уй
  • (76) 223-29-64 Ishonch telefoni
    (76) 223-29-64 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Сирдарё вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Гулистон шаҳар, Ислом Каримов кўчаси, 41-уй
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Тошкент шаҳар

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Абай кўчаси, 4 А-уй
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Тошкент вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Яккасарой тумани, Бобур кўчаси, 79-а-уй
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Фарғона вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Фарғона шаҳар, Сайилгоҳ кўчаси 31-уй
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Хоразм вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Урганч шаҳри Ислом Каримов кўчаси, 124-уй
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Қорақалпоғистон Респ.

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Нукус шахар. Т.Қайпбергенов кўчаси, 23-уй
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Ҳудудлараро инспекцияси

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Ishonch telefoni
    Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
Sahifaga o'tish

Strategik rejalashtirish departamenti

Boshliq: Kurbanov Davronbek Kadambayevich
Telefon: 71 244-97-65
Faks: -
E-mail: davron.kurbanov@soliq.uz

  • Davlat soliq xizmati organlarining o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va ijrosi ustidan monitoring olib borish.
  • Zamonaviy soliq ma’murchiligini joriy etish va xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish.
  • Makroiqtisodiy muhit tahlili, soliq rezervlari va soliq ma’muriyatchiligi sohalarini identifikatsiya qilib borish.
  • Davlat soliq xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash va uni oshirish bo‘yicha zaruriy tadbirlarni amalga oshirilishini tashkillashtirish.
  • Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O'zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirib borish.
  • Soliq solish bazasini kengaytirish imkoniyatlarni aniqlash hamda davlat byudjeti tushumlariga nisbatan tavakkalchiliklarni baholash.

  • Davlat soliq xizmati organlarining faoliyati natijalarini tahlil qilib, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda kelgusida rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.
  • Soliq majburiyatini bajarishning qulay sharoitlarini yaratish, shu jumladan ko‘rsatiladigan xizmat turlarini ko‘paytirish va soliq ma’murchiligi jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tegishli tuzilmalar bilan hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirib borish.
  • O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini doimiy ravishda tahlil qilib borish va tahlil natijalariga ko‘ra mazkur ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni qo‘mita rahbariyati va tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish.
  • Eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi yillarda egallab turgan mavqeini o‘rganib borish.
  • Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda davlat soliq xizmati organlarining asosiy faoliyati yakunlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarini o‘zi ichiga olgan yagona yig‘ma hisobot to‘plamini ishlab chiqish va yuritish.
  • Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida soliqqa tortish borasida mamlakatning reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha aniq tahlil va hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni kiritib borish.
  • Xalqaro tajribadan kelib chiqqan xolda, tadbirkorlik sub’ektlari orasida avj olayotgan soliqdan qochish sxemalarini aniqlaydi va ularni tezkor identifikatsiya qilish borasida ishlarni tashkil qilish.

Budjet daromadlarini prognozlashtirish departamenti

Boshliq: Xo‘jaqulov Ramshid Yunusovich
Telefon: 71 244-97-15
Faks: -
E-mail: ramshid.xujaqulov@soliq.uz

  • Davlat soliq xizmati organlarida Davlat byudjetiga tushumlarni prognozlashtirish bo‘yicha yagona uslubini ishlab chiqish.
  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni prognozlashtirish.
  • Davlat budjeti daromadlari bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlanishini nazorat va tahlil qilish.
  • Soliq to‘lovlari va tushumlari statistikasini olib borish.
  • Ortiqcha to‘langan soliqlar va yig‘imlar hisobini yuritish.
  • Soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini to‘g‘ri va to‘liq yuritilishini ta’minlash.

  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni prognozlashtirish mexanizmi va dasturiy mahsulini ishlab chiqish va takomillashtirish.
  • Hisobot davrida (oy, chorak, yil) budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga kutilayotgan tushumlarni hisob-kitob qilish va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilmaslik xavfini oldini olish uchun tegishli tuzilmalarga topshiriqlar chiqarish.
  • Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali tushumlarni ko‘paytirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
  • Moliya vazirligi bilan hamkorlikda tushumlar hisobining Davlat byudjeti daromadlar tasnifiga mos yuritilishini ta’minlash.
  • Davlat reestridan chiqarilgan korxonalarning soliq qarzlari yoki ortiqcha to‘lovlarini qisqartirish borasida boshqa tuzilmalarni jalb qilgan holda bartaraf qilinishini ta’minlash.
  • Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini amaldagi qonunchilikka muvofiq yuritilishini ta’minlash.

Soliq solish metodologiyasi departamenti

Boshliq: Narziyev Yigitali Shodmonovich
Telefon: 71 244-98-37
Faks: 71 244-89-12
E-mail: yigitali.narziev@soliq.uz

Departament faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi;

Departamentga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

boshqarma, bo‘lim boshliqlari va xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi;

shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish, shuningdek departament xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, ularga moddiy yordam ko‘rsatish miqdorlari va shakllarini belgilangan tartibda aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

Departament direktori o‘z yo‘nalishi bo‘yicha quyi turuvchi hududiy bo‘linmalarning ishlarini muvofiqlashtiradi, hisobotlarini qabul qiladi va faoliyati ustidan monitoring olib boradi;

Departament direktori hududiy davlat soliq organlariga borgan holda o‘z vakolatiga kiradigan ishlarning joylarda to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, mavjud muammolarni aniqlab, ularning bartaraf etilishini nazorat qiladi va kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab beradi;

vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va soliq solish masalalari bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli takliflarini ishlab chiqilishini ta’minlaydi.

Departament direktori o‘ziga yuklatilgan vazifalarni Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy davlat soliq xizmati organlari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qo‘mita tarkibidagi davlat unitar korxonalari va ta’lim muassasalari, shuningdek, davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tijorat banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi.

Departament direktoriga tarkibiy tuzilma Nizomidan kelib chiqqan holda boshqa vazifalar yuklatilishi mumkin.

Soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;

vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va soliq solish masalalari bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli takliflarini ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solish bo‘yicha maslahatlar berish borasida tizimli ishlarni tashkil etish va ushbu yo‘nalishda yagona siyosatni yuritilishini ta’minlash;

soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va soliq solish masalalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari xodimlariga va soliq to‘lovchilarga rasmiy tushuntirishlar berilishini ta’minlaydi;

quyi turuvchi hududiy bo‘linmalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va va mazkur yo‘nalishda ularning faoliyatini nazorat qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida vertikal nazoratni amalga oshiradi.

Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti

Boshliq: Nurxodjayev Sherzod Kaxxarbekovich
Telefon: 71 244-98-18
Faks: 71 244-98-09
E-mail: sherzod.nurxodjaev@soliq.uz

  • Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida axborotlarni yig‘ish, tegishli vazirlik va idoralar bilan ma’lumot almashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek mazkur ma’lumotlarni avtomatik tarzda shakllantirish va qayta ishlash uchun maxsus dasturiy mahsulot ishlab chiqish va doimiy ravishda takomillashtirib borish.
  • Ichki va tashqi ma’lumotlar asosida soliq to‘lovchilarni segmentlash mezonlarini ishlab chiqqan holda soliq ma’muriyatchiligini oqilona va samarali tashkil qilish uchun soliq to‘lovchilarni guruhlarga segmentlashtirib borish.
  • Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish uchun davlat soliq xizmati organlarining tegishli tuzilmalarini ma’lumotlar bilan ta’minlash.
  • Davlat soliq siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish.

  • O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 30 oktyabrdagi PQ–1843-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-sonli farmonida qayd etilgan organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlarni belgilangan tartibda Qo‘mitaning yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida shakllanishini ta’minlab borish.
  • Qo‘mita tomonidan joriy etilgan hamda foydalanilayotgan dasturiy mahsulotlar asosida tashqi manba ma’lumotlarini qayta ishlanishini ta’minlab borish hamda tashqi manba ma’lumotlaridan foydalangan holda soliq solinadigan bazani kengaytirish uchun qo‘shimcha manbalarni aniqlash.
  • Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib keladigan insofli soliq to‘lovchilarni aniqlaydi va hisobini yuritadi hamda ularga soliq solishning joriy masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, tashqi manba ma’lumotlarini Qo‘mitaning yagona axborot bazasidagi ma’lumotlar bilan taqqoslagan holda, yuzaga kelgan tafovutlarni bartaraf etish bo‘yicha nazoratni amalga oshirish.
  • Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlardan Qo‘mitaning tarkibiy tuzilmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlarida foydalanish samaradorligi bo‘yicha monitoring olib borish.
  • Belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solish masalalari bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etish.

Ichki audit departamenti

Boshliq: Babayev Farrux Mansurovich
Telefon: 71-244-97-89
Faks: -
E-mail: farrux.babayev@soliq.uz

  • Davlat soliq xizmati organlari hamda Qo‘mita tarkibidagi davlat unitar korxonalari va ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlar deb ataladi) davlat moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish.
  • Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlarda soliq qonunchiligi nazoratini tashkil etilishi va funktsional vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
  • Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni to‘liq bartaraf etilishi va takroran yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan takliflar kiritish.

  • Har ikki yilda ko‘pi bilan bir marta davlat soliq xizmati hududiy organlari hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspektsiyasining byudjet va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshirish.
  • Zarur hollarda Qo‘mita rahbariyatining alohida ko‘rsatmasi yoki topshirig‘iga asosan Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini navbatdan tashqari taftishdan o‘tkazish.
  • Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan tahlillar o‘tkazib borish.
  • Xodimlar tomonidan funktsional majburiyatlar qay darajada ijro etilayotganligini, soliq qonunchiligi nazoratini tashkil etishda hamda boshqa majburiyatlarni bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish.
  • Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlar faoliyatida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlar to‘g‘risida shikoyat, ariza, taqdimnoma va boshqa ma’lumotlar kelib tushganda ushbu holatlar yuzasidan tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazish.
  • O'tkazilgan tekshirish (taftish) va o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanishining oldini olish bo‘yicha tegishli davlat soliq xizmati organlari tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va bajarilishini nazorat qilish.
  • O'tkazilgan tekshirish (taftish) va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan tizimli ravishda yo‘l qo‘yilayotgan qoidabuzarlik va kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan takliflar kiritish.

Yig‘ma axborot-tahlil departamenti

Boshliq: Ismatov Xolbuta Begmatovich
Telefon: 71 244-97-77
Faks: 71 244-97-77
E-mail: xolbuta.ismatov@soliq.uz



Soliq nazorati departamenti

Boshliq: Kasimov Baxtiyor Sultonmuradovich
Telefon: 71 244-98-74 (01874)
Faks: 71 244-89-12
E-mail: -



Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti

Boshliq: Vakant
Telefon: -
Faks: -
E-mail: -

Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarini hisobga olish.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini yuritish.

Soliq to‘lovchilarga soliqlarni hisoblab chiqarish, hisobotlarni taqdim etish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

Soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan salbiy farq summasini qaytarish.

Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgangan holda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda qo‘shilgan qiymat va resurs soliqlari ma’murchiligi sifatini yanada oshirish va takomillashtirib borish.

Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda qo‘shilgan qiymat va resurs soliqlari ma’murchiligi amalga oshirish doirasida hududiy soliq organlari tomonidan bajariladigan ishlarni tashkillashtirish, nazorat qilish va ushbu yo‘nalishda yagona siyosat tizimini joriy qilish.

Soliq organlarini xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, soliq to‘lovchilarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi va ularning qoniqish darajasini oshirishni ta’minlash.

Faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ hujjatlarni tayyorlash, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Yuklatilgan vazifalarni hududiy soliq organlari tomonidan
o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida vertikal nazoratni amalga oshirish.

Soliq to‘lovchilarning soliq solish tartibini belgilash hamda soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini elektron shaklda yuritilishini ta’minlash.

Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan elektron shakldagi soliq
va moliyaviy hisobotlari, auditorlik xulosalarini qabul qilib olish va ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlash.

Yuridik shaxslarning qayd etilgan manzilda joylashganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazishni tashkillashtirish va natijasi bo‘yicha chora ko‘rish uchun ma’lumotlarni tegishli tuzilmaga yetkazilishini nazorat qilish.

Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risida kadastr idoralaridan kelgan ma’lumotlarni soliq organlarida ma’lumotlar bazasida shakllanishi, ma’lumotlarni to‘liqligi va ishonchligini doimiy o‘rganib borish hamda soliqlarni to‘liq hisoblanishini nazorat qilib borish.

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sub’ektlarni hisobga olinishi va hisobini yuritilishi, ularning faoliyat turiga mos kelishini o‘rganilishi va faoliyat turiga mos kelmagan holatlarni qonuniylashtirish choralarini ko‘rilishini nazorat qilish.

Soliq to‘lovchi jismoniy va yuridik shaxslarga soliq imtiyozlarini qo‘llash yuzasidan ma’lumotlarni dasturiy mahsulga kiritilishi, hisobini yuritilishi va to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat qilish.

Suv resurslarini hisobga oluvchi organlarning ma’lumotlariga asosan tadbirkorlik faoliyatida suv resurslaridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qilish.

Ko‘chmas mulkni ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga olinishini tashkillashtirish va jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarini hisobini yuritilishi hamda belgilangan tartibda soliqlarni hisoblanishini ta’minlash.

Soliq hisobotlarini taqdim etmagan yoki muddatida taqdim etmagan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rish uchun ro‘yxatni tegishli tuzilmaga taqdim etilishini nazorat qilish.

Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxona va tashkilotlarni tugatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirilishi va ularni hisobini yuritilishini nazorat qilish.

Fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida hisobga olinishi va yaratilgan yangi ish o‘rinlari hisobini yuritilishini ta’minlash.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi va chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilishini ta’minlash.

Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishi, soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq ushlab qolinishi va o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilishi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga xizmatlar ko‘rsatish.

Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlaridan davlat bojlari tushumlari yuzasidan hisobot-kitoblarni taqdim etilishi va ularning hisobini yuritilishini ta’minlash.

Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning xalqaro tajribalar asosida zamonaviy usullarini ishlab chiqish va ushbu sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatish tizmini takomillashtirib borish.

Soliq va moliyaviy hisobot shakllarini soddalashtirish, soliq hisobotlarida ma’lumotlarni avtomatik ravishda shakllanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali soliq to‘lovchilarga qulay sharoit yaratish va ularga belgilangan soliq majburiyatlarini bajarishlarida amaliy yordam ko‘rsatish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqishda qatnashish.

Soliq organlarida “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarilishi va soliq to‘lovchilarga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida amalga oshiriladigan ishlarni nazorat qilib borish mexanizmi, hisobot shakllari va natijadorligini baholab borish tizimini yaratish.

Soliqlarning davlat va jamiyatdagi tutgan o‘rni va ahamiyati haqida targ‘ibot ishlarini olib borgan holda soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishlari, shuningdek soliq madaniyatini oshirish tadbirlarini olib borish.

Soliqlarlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini qisqartirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va erkinlashtirish, soliq to‘lovchilarning faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Tarkibiy tuzilmaga yuklatilgan vazifalarni hududiy soliq organlari tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish va qo‘mita rahbariyatiga o‘z faoliyatida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotlar kiritib borish.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlarini muvofiqlashtirish departamenti

Boshliq: Jurayev Odiljon Alimovich
Telefon: 71 244-83-15 (01315)
Faks: 71 244-83-15
E-mail: odiljon.jurayev@soliq.uz

Departament faoliyatiga rahbarlik qilish, ishni tashkil etish va departamentga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob berish;

departament xodimlari tomonidan tayyorlangan tahlil va ma’lumotlarni tegishli xulosalar bilan yakuniy umumlashtirish;

departament xodimlariga beriladigan mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar koeffitsientlari, rag‘batlantirish hamda moddiy yordam miqdori va shakllari bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;

shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish, departament xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, xodimlarning faoliyatini baholash orqali ularga moddiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan yoki muddatida ijrosini ta’minlamagan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida qo‘mita rahbariyatiga takliflar kiritish;

soliq organlariga biriktirilgan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirib borish, amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish;

davlat dasturlari, chora-tadbirlar hamda davlat va hududiy investitsiya dasturlari bajarilishini nazorat va monitoring qilish;

faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

yuklatilgan vazifalarni hududiy soliq organlari tomonidan o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida vertikal nazoratni amalga oshiradi;

departament direktori tarkibiy tuzilma Nizomidan kelib chiqqan holda boshqa vazifalar yuklatilishi mumkin.

Departament faoliyatiga rahbarlik qiladi va ishni tashkil etadi;

departament direktorining o‘rinbosari va xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi;

shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish, departament xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, xodimlarning faoliyatini baholash orqali ularga moddiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan yoki muddatida ijrosini ta’minlamagan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida qo‘mita rahbariyatiga takliflar kiritadi;

departament faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, idoraviy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda ularni takomillashtirib borish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

departamentga ijro uchun kelib tushadigan Hukumat topshiriqlari, rahbariyat topshiriqlari, soliq organlaridan kelib tushadigan xatlarni ko‘rib chiqish, ularni ijro etish bo‘yicha departament direktorining o‘rinbosari va xodimlar o‘rtasida taqsimotni ta’minlaydi va ijrosi ustidan nazorat o‘rnatadi;

qo‘mita rahbariyatiga departament faoliyati to‘g‘risida ma’lumot va takliflar hamda amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotlar berib boradi.

soliq organlariga biriktirilgan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirib borish, amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va bajarilmagan tadbirlarni aniqlash, bartaraf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

 

Soliq qarzini undirishni tashkil qilish departamenti

Boshliq: Yuldashev Dilshod Rustamovich
Telefon: 71 244-98-75
Faks: 71 244-89-12
E-mail: dilshod.yuldoshev@soliq.uz

  • O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq soliq qarzini majburiy tartibda undiruvga qaratish borasida tadbirlarni amalga oshirish.
  • Soliq qarzini majburiy tartibda undirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etishda yagona siyosat yuritilishini ta’minlash.
  • Soliq qarzini majburiy tartibda undirish borasidagi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda ushbu yo‘nalishda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib va tamoyillarni amaliyotga joriy etib borish.
  • hududiy davlat soliq xizmati organlarida soliq qarzini majburiy tartibda undirish yo‘nalishida o‘rganishlar o‘tkazish va amaliy yordamlar ko‘rsatish.
  • Insofli soliq to‘lovchilarga soliq ta’tili berilishini ta’minlash.

  • Vazirliklar va idoralar, hududlar, sohalar hamda soliq turlari kesimida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklar hisobini yuritish.
  • Soliq qarzining tarkibi, dinamikasi, hosil bo‘lish sabablari va davri hamda uning o‘sish sur’atlarini tahlil qilish.
  • Soliq to‘lovchilarga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomalarni etkazilishi ta’minlash.
  • Soliq qarzini undirish maqsadida soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlariga to‘lov topshiriqnomalarini yoki inkasso topshiriqnomalarini belgilangan muddatlarda to‘liq qo‘yilishini ta’minlash.
  • Soliq qarzini majburiy tartibda undiruvini soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga qaratish choralarini ko‘rish.
  • to‘lov muddati uzaytirilgan soliq qarzi hisobini yuritadi vabelgilangan tartibda undirish choralarini ko‘rish.
  • Soliq qarzi undiruvini soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish uchun sudga arizalar kiritilishini ta’minlash.
  • Bankrotlik ishini ochish yuzasidan kiritilgan arizalar bo‘yicha sud jarayonlarida hamda bankrotlik jarayonida kreditor sifatida ishtirok etish, shuningdek kreditorlar yig‘ilishida bankrotlik jarayonining olib borilishi bo‘yicha davlat (byudjet) manfaatlarini himoya qilish.
  • Bankrotlik jarayonida tugatish boshqaruvchisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 avgustdagi 224-sonli “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori talablariga muvofiq xulosalar kiritilishini kreditor sifatida nazorat qilish va hisobini yuritish.
  • Umidsiz soliq qarzini hisobini yuritish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini ko‘radi hamda hisobini yuritish.
  • Barcha pog‘onadagi davlat soliq xizmati organlarida soliq qarzini majburiy tartibda undirish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarning yagona shakl va tartiblar asosida yuritilishini hamda ushbu tadbirlar hisobini avtomatik tarzda yurituvchi dasturiy mahsulotni ishlab chiqib amaliyotga joriy qilinishini ta’minlash.
  • Soliq qarzini to‘lashdan qochish sxemalarini aniqlash vaoldini olish borasida aniq chora-tadbirlar belgilash.
  • Soliq qarzini majburiy tartibda undirish, umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish, to‘lov muddatini uzaytirish hamda bankrotlikka doir ish yuritish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning to‘laqonligi o‘tkazilayotganligi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazish, mavjud muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etilishini ta’minlash.
  • Soliq to‘lovchilarning murojaatlariga asosan belgilangan tartib asosida ularga soliq ta’tillarini berish va hisobini yuritish.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil 1-chrak davomida Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar – 15 325 ta
  • Shaxsiy qabul
  • Yozma murojaatlar
  • Elektron murojaatlar
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!