Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo davlat soliq inspektsiyasi faoliyati haqida
Yirik soliq toʼlovchilar boʼyicha hududlararo davlat soliq inspektsiyasi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasining mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita Qoʼmita raisiga boʼysunadi. Hududlararo inspektsiyaga joylashgan joyi va amalga oshirayotgan faoliyatidan qatʼi nazar, yirik soliq toʼlovchilarning soliq maʼmuriyatchiligini amalga oshirish vazifasi yuklanadi.
Yirik soliq toʼlovchilar boʼyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 320-sonli qaroriga asosan oʼz faoliyatini tashkil etadi hamda soliq maʼmurchiligini amalga oshiradi.
Hududlararo inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʼz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankaga, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʼaznachiligida gʼaznachilik hisobraqamlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobraqamlariga ega.
Hududlararo inspektsiya tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriyatchiligi Hududlararo inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan soliq toʼlovchilar uchun bajarish majburiy hisoblanadi.
- hududlararo inspeksiyaga yuklangan funksiya va vazifalarning sifatli va oʼz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
- yirik soliq toʼlovchilar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʼarmalariga tushishini taʼminlash, shuningdek, ularning soliq solinadigan bazasini kengaytirishga yoʼnaltirilgan takliflar ishlab chiqish;
- qoʼmitaga kiritiladigan hujjat loyihalari hamda takliflar, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, natijalari va oqibati;
- davlat soliq xizmati organlarini rivojlantirish boʼyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "Yoʼl xaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
- yirik soliq toʼlovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga rioya qilishlarini taʼminlash.
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-iyulda roʼyxatdan oʼtkazilgan “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʼlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʼgʼrisida”gi 3172-sonli nizomga muvofiq yuridik shaxslarni yirik soliq toʼlovchilar toifasiga kiritish mezonlari belgilanadi.
Yuqoridagi nizomga asosan quyidagilar yirik soliq toʼlovchilar toifasiga kiritiladi:
a) aksiz soligʼiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;
b) tijorat banklari hamda ularning filiallari, tovar-xomashyo, fond va valyuta birjalari;
d) «Navoiy KMK» DK, «Olmaliq KMK» АJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;
e) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʼyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
f) oʼtgan kalendar yil yakuni boʼyicha mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi 100,0 milliard soʼmdan yuqori boʼlgan yuridik shaxslar.
Yirik soliq to'lovchilar ro'yxati 16.02.2023-yil holatiga