Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Soliq qoʻmitasi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qoʻmitasining qisqartma nomi.

Soliq boshqarmasi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va toshkent shahar soliq boshqarmalarining qisqartma nomi.

Soliq inspeksiyasi - tuman/shahar soliq inspeksiyalarining qisqartma nomi.

YSTHSI - yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi.

Keshbek – Cashback (ingl.) yoki Cash back (amer.) termini naqd pulni qaytarish maʼnosini anglatib, bank ishi, elektron savdo va biznesda mijozlarni jalb qilish va ularning sodiqligini ragʻbatlantirish maqsadida chegirmalar berishni ifodalash uchun ishlatiladi.

JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

FACE ID  biometrik identifikatsiya tizimi bo‘lib, u shaxslarni hayotiy baholash orqali ishonchli identifikatsiya qilish imkonini beradi.

Soliq auditi - bu yuqori darajada riskka tushgan soliq toʻlovchi tomonidan soliq qonunlariga rioya etilishini har tomonlama oʻrganish hisoblanib, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash xavfi omillarini tahlil qilish asosida tanlangan soliq toʻlovchilarga nisbatan oʻtkaziladi. Tanlab olingan soliq toʻlovchilarda soliq auditi barcha soliq va yigʻimlar boʻyicha, shuningdek bitta yoki bir nechta soliqlar boʻyicha oʻtkazilishi mumkin. Soliq toʻlovchining muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarning hisoblanishi hamda toʻlanishining toʻgʻriligini tekshirish maqsadida, uning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlari oʻrganiladi va taqqoslanadi.

Sayyor soliq tekshiruvi - soliq toʻlovchilarning soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshiradi. soliq organlari sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq solish obyektlarini aniqlash, xronometraj kuzatuvlarini oʻtkazish, nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qoʻllanilishini tekshirish, soliq toʻlovchi xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi yuzasidan monitoring ishlarini amalga oshiradi.

Kameral soliq tekshiruvi - soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boshqa maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish yoʻli bilan soliq organi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvidir. kameral soliq tekshiruvi oʻzbekiston respublikasi soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan daʼvo muddati oʻtmagan soliq davrlariga nisbatan oʻtkazilishi mumkin.

NKM – nazorat-kassa mashinasi

NKT – nazorat-kassa texnikasi

Boʻnak toʻlovi – soliqni oldindan toʻlash. u soliq davrida byudjetga pul tushumlarini tenglashtirish uchun ishlatiladi. alohida soliq turlari uchun boʻnak toʻlovlari nazarda tutilishi mumkin. boʻnak toʻlovlarini toʻlash majburiyati soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi.

Agregatsiyalash – tegishli daromad soligʻi stavkasini aniqlash uchun soliq toʻlovchining turli manbalardan olingan daromadlarini birlashtirish yoki umumlashtirish.

Agregatsiyalash – yaratiluvchi guruhlangan qadoq va (yoki) transport qadogʻining identifikatsiyalash kodi bilan har bir joylashtirilgan isteʼmol qadogʻi, guruhlangan qadoq, transport qadogʻining identifikatsiyalash kodlarining oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni saqlovchi yaratiluvchi guruhlangan qadoq va (yoki) transport qadogʻiga bosib tushirish bilan isteʼmol qadogʻini birinchi daraja guruhlangan qadogʻiga va (yoki) transport qadogʻiga hamda birinchi daraja transport qadoqlarining keyingi daraja transport qadogʻiga mahsulotlarni birlashtirish jarayoni.

Agregatsiyalangan bojxona kodi – operator tomonidan shakllantiriladigan, mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni bojxona deklaratsiyasidan oʻtkazishda qoʻllaniluvchi raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida amaldagi qoidalarga muvofiq mahsulotlarni identifikatsiyalash maqsadlari uchun agregatsiyalash jarayonida mahsulotlarni birlashtiruvchi, oʻzi bilan har bir mahsulotning identifikatsiyalash kodlarini, jumladan, qadoqning identifikatsiyalash kodlari birlashtirilishini taqdim etuvchi mahsulotlarning alohida majmuasi uchun belgilarning noyob ketma-ketligi.

Advalor soliq – tovarlar, xizmatlar, mol-mulkning eʼlon qilingan qiymatiga soliq. bu mahsulot yoki bitim qiymatining qatʼiy foiziga asoslangan soliq toʻlovlari. mazkur tamoyil soliq toʻlovlari va sotishdan olinadigan soliqlarni hisoblashda qoʻllaniladi. bu soliqning oʻziga xos xususiyati shundaki, u inflyatsiya sharoitida oʻz fuksiyalarini avtomatik ravishda saqlab qoladi.

Maʼmuriy tartibga solinadigan narxlar – bozor mexanizmlari (talab va taklif) asosida shakllanmaydigan, aksincha hukumat idoralari, tashkilotlar va korxonalar orqali alohida turdagi mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ni maʼmuriy yoʻl bilan tartibga soladigan narxlar.

Akkord soliq – jismoniy shaxsning daromadidan, tovar va xizmatlar isteʼmolidan, shaxsiy boyligidan qatʼiy nazar har yili toʻlanishi shart boʻlgan qatʼiy belgilangan pul miqdori.

Akkreditiv – shartnoma shartlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilanoq, kontragent uchun (shartnoma boʻyicha majburiyatni boʻyniga oluvchi shaxs yoki tashkilot) mahsulot, ishlar va xizmatlar uchun toʻlovni shartnomada koʻrsatilgan shartlar asosida qabul qilish imkoniyatini beruvchi bank hisobvaragʻi turi.

Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.

Akseptant – oferta haqidagi xabarnomani olgan shaxs.

Aksiz soligʻi – keng isteʼmol tovarlari, eng muhim xom ashyolar, shuningdek, xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan soliq turi. muayyan tovarlar narxiga, koʻrsatilgan xizmat haqiga ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita xaridorlar hisoblanadi.

Aksiyadorlik jamiyati – ustav fondi muayyan aksiyalar soniga boʻlingan va aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlangan korxona yoki tashkilot.

Aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariladigan qimmatli qogʻoz.

Muqobil minimal soliq – daromad summasidan yoki oʻz kapitali qiymatidan chegirmalarsiz hisoblangan soliq, uning asosida soliqning pastki chegarasi yoki eng kam miqdori belgilanadi, chegirmalardan soʻng daromad summasiga hisoblab chiqariladi.

Amortizatsiya (eskirish) – foydali xizmat davri davomida aktiv (asosiy vosita)ning eskirgan (amortizatsiyalangan) qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga yoki davr harajatlariga muntazam taqsimlash va kiritish.

Amortizatsiya – asosiy vositalar qiymatini ularning yordami bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki xizmatlarga bosqichma-bosqich oʻtkazish, amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni tiklash uchun maqsadli mablagʻlarni toʻplash va ulardan keyingi foydalanish.

Soliq xavfi tahlili – soliq organlarida mavjud boʻlgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish.

Raqobatga qarshi harakatlar – qonunchilikka muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun man etilgan harakatlar, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ular mansabdor shaxslarining raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlari (harakatsizligi).

Ijara (lizing) toʻlovi – ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijarachi (lizing oluvchi) tomonidan toʻlanadigan summa.

Auditor – qonun hujjatlarida belgilangan malaka talablariga javob beradigan va auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi sertifikatlangan shaxs.

Autsorsing – bu maʼlum bir faoliyatni amalga oshiradigan yoki anʼanaviy ravishda ichki tartibda koʻrsatiladigan muayyan xizmatlarni tashqi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish orqali bajariladigan xizmat turi.

Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion – davlat xaridlari elektron tizimining maxsus platformasida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli boʻlib, uni tashkil etish chogʻida narx gʻolibni aniqlashning yagona mezoni boʻladi.

Affidavit – qasamyod qildirishga vakolatli shaxs ishtirokida tuzilgan rasmiy yozma bayonot. koʻpgina lotin amerikasi mamlakatlarida affidavit daromad soligʻi va kapitalning bozor qiymatini oshirish boʻyicha soliqlarni deklaratsiyalash tartibida nazarda tutilgan.

Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining affillangan shaxsi – qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlgan va (yoki) xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan qarorlar qabul qilishga taʼsir koʻrsatadigan, shu jumladan, yozma kelishuv asosida taʼsir koʻrsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisiga nisbatan shunday huquqqa ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Pul yigʻimlari (tushumlari) bazisi – qqsni hisoblash usullaridan biri boʻlib, bunda hisob-fakturalarda yozilgan emas, balki haqiqatda olingan pul tushumlariga asoslaniladi.

Bazaviy inflyatsiya – mavsumiy va maʼmuriy xususiyatga ega boʻlgan omillar taʼsirida boʻlgan ayrim tovarlar va xizmatlar (meva–sabzavotlar, yoqilgʻi, yoʻlovchi transportining ayrim turlari, aloqa xizmatlari, uy-joy kommunal xizmatlari va boshqalar) narxlarining oʻzgarishini hisobga olmagan holda hisoblanadigan inflyatsiya.

Yigʻma balans – qator mamlakatlarning qonunlariga koʻra, bir guruhga birlashgan kompaniyalar umumiy (yigʻma) hisob-kitob negizida asosiy jamiyat nomidan qoʻshma soliq deklaratsiyasi berishi va ular soliq toʻlovlari uchun ham bitta korxona sifatida koʻrilishi mumkin.

Bank kafolati – soliq majburiyatini bajarish muddatlari oʻzgargan taqdirda va soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqni toʻlash majburiyati bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin. agar soliq toʻlovchi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini va tegishli penyalarni belgilangan muddatda toʻlamasa, bank kafolati tufayli bank (kafolat beruvchi) soliq organlari oldida soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatini toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

Banklar guruhi – moliya institutlarining yuridik shaxs boʻlmagan birlashmasi boʻlib, bunda asosiy bank boshqa moliya institutlarini nazorat qiladi.

Bank hisobvaragʻi – bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq boʻlib, unga koʻra bank mijozning hisobvaragʻiga tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvaragʻidan tegishli pul mablagʻlarini oʻtkazish hamda berish va hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi.

Bankomat – bank avtomati: bank mijoziga mustaqil ravishda bank plastik kartasi yordamida oʻz hisobvaragʻi boʻyicha oddiy bank amaliyotlarini amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminot, asosan, bank plastik kartasi orqali naqd pul yechib olishga moʻljallangan.

Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – sud tomonidan eʼtirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini toʻla hajmda qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻla hajmda bajarishga qodir emasligi.

Umidsiz qarz – sud qarori bilan majburiyatning bekor qilinishi tufayli yoxud bankrotlik, tugatish, qarzdorning vafoti yoki daʼvo muddati tugashi sababli toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz.

Naqdsiz pullar – hisob-kitoblar uchun foydalaniladigan u yoki bu hisobvaraqda saqlanadigan pul mablagʻlari.

Tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi – tovarni isteʼmol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek, ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bogʻliq xavf xatarning yoʻqligi.

Benefitsiar mulkdor – pirovardida mulk huquqlariga egalik qiladigan yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs.

Birja bozori – oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, aniq qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. birjalar oʻz faoliyatini tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi. hozirgi kunda dunyoda 200 dan ziyod birjalar mavjud boʻlib, oʻzbekiston respublikasi hududida “toshkent” respublika fond birjasi, oʻzbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi, oʻzbekiston respublikasi valyuta birjasi faoliyat olib boradi.

Jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari – uning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek, erining (xotinining) ota-onasi.

Byudjet yuki – hukumat xarajatlari siyosati va soliq siyosatining iqtisodiyot xususiy sektorida daromadlar taqsimotiga taʼsiri.

Byudjetni muvozanatlashtirish – asosiy xarajatlarni moliyalashtirish imkoniyati boʻyicha hududlar oʻrtasidagi tafovutlarni bartaraf etish maqsadida subsidiyalar, transfertlardan foydalanish.

Byudjet cheklovi – byudjet pullarining ruxsat etilgan xarajatlar hajmida ifodalangan va mablagʻlar yetarli emasligi tufayli byudjet resurslarini sarflashni moliyaviy cheklash.

Byudjet kabineti (muhokamasi) – vazirlar mahkamasining byudjet siyosati masalalariga bagʻishlab oʻtkaziladigan ayrim yigʻilishlarini ifodalashda foydalaniladigan atama.

 

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil II chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring