Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 283-sonli qarori bilan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlangan.
Bosqichlar |
Sub'ektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
1-bosqich |
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron
axborot tizimiga (TSOYAEAT): |
|||||
1. Xoʻjalik yurituvchi sub'ekt* |
1. Tuzilgan tashqi savdo
kontraktlari va invoyslarni; |
1. Tashqi savdo operatsiyalari boshlanguniga qadar |
||||
2. Birja (yarmarka) |
2. Birja (yarmarka)da tuzilgan kontraktlarni
kiritish. |
2. Kontrakt birja (yarmarkada) tuzilgandan soʻng 1 ish kuni mobaynida |
||||
2-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish
vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza
qilish markazi» DUK (qonunchilikda belgilangan hollarda)* |
Import kontraklarini kompleks ekspertiza
qilish.* |
20 kun ichida* |
|||
TSOYAEATga valyuta va tovarlar xarakati
toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni: |
||||||
1. Tijorat banklari, G‘aznachilik boʻlinmalari, tovar-xomashyo birjasi |
1. Kontrakt va invoyslar boʻyicha valyuta
mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida axborotlarni; |
1. Hisob-kitoblar amalga oshirilganda onlayn tarzda kelib tushadi |
||||
2. Davlat bojxona xizmati organlari |
2. Kontrakt va invoys boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyasi
ma'lumotlarini; |
2. Tovarlar tushganda yoki yuklab joʻnatilganda onlayn tarzda kelib tushadi |
||||
3. Xoʻjalik yurituvchi
sub'ektlar |
3. Ishlar va xizmatlar dalolatnomasini
kiritish. |
3. Dalolatnoma tuzilgan kunda 1 kun ichida |
||||
3-bosqich |
Valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari |
Amalga oshirilgan tashqi
savdo operatsiyalari ustidan taalluqliligi boʻyicha oʻz vakolati doirasida
monitoring va nazoratni amalga oshirish. |
Doimo |
|||
4-bosqich |
Davlat bojxona xizmati organlari va tijorat banklari |
Bojxona va valyuta qonunchiligi,
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
buzilishi alomatlari aniqlanganda axborotni soliq organlariga taqdim
etish. |
Holatlar aniqlanganda har oy yakuni boʻyicha |
|
|
|
|
|
*Izoh: Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining «Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va
kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida» 2018 yil 20 fevraldagi PQ-3550-son qarorida belgilgan
tartibda kontraktlar ekspertizadan oʻtkaziladi.
Yuqoridagi sxemaga muvofiq Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron
axborot tizimi orqali xoʻjalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan tuzilgan tashqi
savdo kontraktlarining bajarilishi va xoʻjalik yurituvchi sub'ektlar, bojxona va
soliq organlari, Markaziy va tijorat banklari oʻrtasida ma'lumot almashinuvini
ta'minlash uchun tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tizimi joriy
etilgan.
Import operatsiyalari boʻyicha:
Tovarlarni respublikaga olib kirish va «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimiga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish yoxud ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati import kontraktlari boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan taqdirda, shuningdek, asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar etkazib berish boʻyicha import kontraktlari shartlarida asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni etkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq belgilanganda — import kontraktlarida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim.
Olib kirish kontrakti boʻyicha tovarlarni respublikaga olib kirish va bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirish, shuningdek, ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati ushbu kontraktlar boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Eksport operatsiyalari boʻyicha:
Eksport kontrakti boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlarga nisbatan — «eksport» bojxona rejimi boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan va xizmatlarga (ishlarga) nisbatan — bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak.
Engib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari oqibatida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkoniyati boʻlmaganda, fors-major holatlari yuz bergan davlatning vakolatli organi tasdigʻiga muvofiq, ushbu holatlarning amal qilish muddati mobaynida majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganlik uchun javobgarlik belgilanmaydi.
Olib chiqish kontrakti boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlar reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak.
Sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish yoki sotish kontrakti boʻyicha pul mablagʻlarining kelib tushishi sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi kerak. Bunda sotish kontrakti boʻyicha kelib tushgan pul mablagʻlarining miqdori sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlari miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
Muddati oʻtgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻyganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171-moddasi 3-qismi bilan xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlar repatriatsiya
qilinishini (chet eldan xorijiy valyutadagi mablagʻlar kelib tushishini yoki
belgilangan bojxona rejimlarida tovarlar respublikaga olib kirilishi va
rasmiylashtirilishini, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishini yoki pul
mablagʻlarining qaytarilishini) belgilangan muddatlar tugagandan keyin 30
bank ish kuni (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun — 60 bank
ish kuni) mobaynida ta'minlamagan xoʻjalik yurituvchi sub'ektlar:
180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta
mablagʻlari yoki «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimida
rasmiylashtirilmagan tovarlar, shuningdek, bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan
xizmatlar summasining 10 foiziga teng miqdorda;
180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta
mablagʻlari yoki «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimida
rasmiylashtirilmagan tovarlar, shuningdek bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan
xizmatlar summasining 20 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha;
365 kundan ortiq kechikkanda — tushmagan valyuta
mablagʻlari yoki «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimida
rasmiylashtirilmagan tovarlar, shuningdek bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan
xizmatlar summasining 70 foiziga teng miqdorda respublika byudjeti
daromadiga qoʻshimcha jarima toʻlaydilar.
Quyidagi hollarda xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarga tashqi savdo operatsiyalari
boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarima qoʻllanilmaydi:
jarima qoʻllash haqidagi arizada koʻrsatilgan kontraktlar boʻyicha «Valyutani
tartibga solish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq
toʻliq yoki qisman repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga
nisbatan;
asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar etkazib berish boʻyicha import
kontraktlari shartlarida asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni etkazib
berish, shu jumladan ularni uzoq muddatli ijaraga berish muddati ularning texnik
xususiyatlari va oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kalendar kundan
ortiq belgilangan boʻlsa;
chet eldagi korxona nomiga olib chiqilgan hamda transportda tashish va saqlash
jarayonida eksportchiga va chet eldagi korxonaga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra
yaroqsiz boʻlib qolgan yoki import qiluvchi davlat organi tomonidan musodara
qilingan tovarlarga tegishli vakolatli organning ekspertizasi dalolatnomasi va
(yoki) tovarlar turgan mamlakat bojxona organining bojxona nazorati ostida
ularning yoʻq qilinganligi yoki musodara qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi
taqdim etilganda;
ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlarning (ishlar, xizmatlarning)
amaldagi eksport va import hajmi boʻyicha takroriy jarimalar;
eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikning umumiy
summasi muddati oʻtgan debitor qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan oldingi 36 oy
davomida ta'minlangan valyuta tushumining 10 foizidan ortiq boʻlmagan holatlarda.
Yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining oxirgi hisobot
sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarima
sanktsiyalarini undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul
qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash
imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 216-sonli qarori bilan “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlangan.
Bosqichlar |
Sub'ektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
||||
1-bosqich |
Markaziy bank |
Hukumat
komissiyasi va hududiy komissiyalarga eksport va import shartnomalari boʻyicha
muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni
taqdim etish. |
Har oyning 10-sanasiga qadar |
||||
2-bosqich |
Hududiy komissiyalar |
1.
Qarzdorliklar toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni xoʻjalik yurituvchi sub'ektlar kesimida
puxta va manzilli oʻrganib chiqish, jumladan, ularning asosliligini tekshirish,
qarzdorlik yuzaga kelishining huquqiy asoslarini tahlil qilish. Bunda
asoslangan debitor qarzdorlik haqidagi ma'lumotlarni toʻliq holda tegishli hujjatlar* bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligiga
kiritiladi. 2.
Xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan
qarzdorliklarini (Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻrganilayotgan
ma'lumotlardan tashqari) TSOYAEATdan chiqarish yuzasidan qabul qilingan
xulosalarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish. |
Har oyning 20-sanasiga qadar |
||||
Tashqi ishlar vazirligi |
1.
Asoslangan debitor qarzdorliklar toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni Oʻzbekistonning
xorijdagi tegishli diplomatik vakolatxonalari (elchixonalar va konsullik
muassasalari) orqali xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga etkazish va
amaliy yordam berish choralarini koʻrish. 2. Chet
eldagi korxonaga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yaroqsiz boʻlib qolgan yoki
import qiluvchi davlat organi tomonidan musodara qilingan yoxud bojxona
nazorati ostida yoʻq qilingan tovarlarga xorijdagi tegishli vakolatli organlar
tomonidan zarur hujjatlar xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarga taqdim etilishida
koʻmaklashish. 3. Amalga
oshirilgan ishlar haqida tegishli hududiy komissiyaga ma'lumotlarni taqdim etib
borish. |
Har oyning 1-sanasiga qadar |
|||||
Hududiy komissiyalar |
Tashqi
ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar yuzasidan qabul qilingan
xulosalarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish. |
Har oyning 5-sanasiga qadar |
|||||
3-bosqich |
Davlat soliq qoʻmitasi |
TSOYAEATdan
qarzdorliklarni chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Hukumat komissiyasiga
tegishli qaror qabl qilish uchun kiritish. |
Har oyning 10-sanasiga qadar |
||||
4-bosqich |
Hukumat komissiyasi |
1. Davlat
soliq qoʻmitasi takliflari asosida qarzdorliklarni TSOYAEATdan chiqarish
toʻgʻrisida qaror qabul qilish. 2. Qabul
qilingan qaror ijrosini ta'minlash uchun Davlat soliq qoʻmitasiga yuborish. |
Har oyda bir marta |
||||
5-bosqich |
Davlat soliq qoʻmitasi |
Hukumat komissiyasi qarorini
tegishli tijorat banklariga etkazish. |
Qaror qabul qilinganidan
keyin 5 kalendar kun davomida |
||||
6-bosqich |
Tijorat banklari |
Hukumat
komissiyasining qarorlari asosida qarzdorliklarni TSOYAEATdan hisobdan chiqarish. |
Hukumat komissiyasining
qarori kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida |
||||
* — tasdiqlangan solishtirma dalolatnoma;
xoʻjalik yurituvchi sub'ekt tomonidan qarzdorlik mavjudligi yuzasidan
imzolangan tasdiqnoma;
xorijiy hamkorga shartnoma shartlari bajarilmaganligi yuzasidan e'tiroznoma va
da'vo arizasi;
shartnoma nusxasi;
mahalliy va xorijiy hamkorning aloqa manzillari;
sud qarorlari;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
tashqi savdo shartnomasining identifikatsiya raqami;
yuzaga kelgan muddati oʻtgan debitor qarzdorliklar sanasi va miqdori;
debitor qarzdorliklar bilan ishlash boʻyicha kompaniyada qabul qilingan
qoidalar;
debitor qarzdorliklar bilan ishlash uchun mas'ul shaxsni tayinlash toʻgʻrisida
eksport qiluvchining buyrugʻi;
eksport shartnomasi va xalqaro shartnomalarga muvofiq xoʻjalik yurituvchi
sub'ekt tomonidan koʻriladigan choralar;
debitor qarzdorliklarni undirish boʻyicha koʻrilgan choralar (sudgacha va sud
ishlarini bajarish tartibi ijro ishlari, bankrotlik);
eksport shartnomasi taraflari tomonidan imzolangan yarashtirish dalolatnomasi
(akti).
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish va nazorat qilish davlat
soliq va bojxona xizmati organlari hamda tijorat banklari bilan oʻzaro axborot
almashish asosida (shu jumladan, aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda)
va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali olib
boriladi.
Tijorat banklarining filiallari mijozlar tomonidan amalga oshirilgan quyida
koʻrsatilgan har qanday alomatga ega boʻlgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi
axborotni tegishliligi boʻyicha hududiy davlat soliq boshqarmalariga yoki Yirik
soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspektsiyasiga har oyda,
hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar belgilangan shakllarda (shu
jumladan, aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda) har hisobot oyi uchun
alohida joʻnatadilar:
§
imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy
operatsiyalar amalga oshirilganda ma'lumotlarni oshkor etish va berishni nazarda
tutmaydigan davlat yoki hududlarda (offshor hududlarda) roʻyxatdan oʻtgan
norezidentlar foydasiga, shuningdek norezidentlarning offshor hududlarda
joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga shartnoma (kontrakt) boʻyicha tovarlar
(ishlar, xizmatlar) importi yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi;
§
rezidentlar tomonidan eksport-import shartnomalarida
nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari va etkazib berish yoki toʻlov
muddatlariga rioya qilmaganliklari uchun kontragent-norezidentlarga jarima
toʻlanishi;
§
import shartnomalari boʻyicha ishlarni bajarish yoki xizmatlar
koʻrsatish, royalti boʻyicha toʻlov, shuningdek chet el ta'sischilariga dividendlarni
oʻtkazib berish yoki foydani repatriatsiya qilish yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi;
§
norezidentlarga ular yuridik shaxs — Oʻzbekiston
Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aktsiyalar, ulushlar (paylar)
hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulkni realizatsiya
qilganliklari uchun toʻlovlar amalga oshirilishi;
§
rezident tomonidan kredit shartnomasi (qarz
shartnomasi) boʻyicha norezident foydasiga (xalqaro moliya institutlari va chet el
banklari tomonidan berilgan kredit (qarz)lardan tashqari) toʻlovlar amalga
oshirilishi;
§
jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan
jismoniy shaxslarning xorijdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazmasi, agar bir
kalendar yili davomida oʻtkazma summasining ekvivalenti yuz million soʻmdan
ortiq boʻlsa;
§
chet eldan jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi
rezidentining hisobvaragʻiga xorijiy yuridik shaxslardan pul mablagʻlarining kelib
tushishi;
§
tashqi savdo shartnomalari boʻyicha vujudga kelgan muddati
oʻtgan debitorlik qarzdorligi toʻgʻrisidagi ma'lumot.
Bosh tijorat banklari oʻzlarining filiallaridan kelib tushgan ma'lumotlarni
umumlashtiradi va har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar,
aloqa kanallari orqali yigʻma ma'lumotlarni elektron koʻrinishda belgilangan
shakllarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga har hisobot oyi uchun
alohida joʻnatadilar.
Davlat bojxona xizmati organlarining hududiy boshqarmalari har oyda,
hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar tegishliligi boʻyicha hududiy
davlat soliq boshqarmalariga yoki Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo
davlat soliq inspektsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga
quyidagi faktlar aniqlangan taqdirda ma'lumotni belgilangan shakllarda (shu
jumladan, aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda) taqdim etadilar:
§
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning
bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport
qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning ma'lum qilingan qiymatiga nisbatan
asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida notoʻgʻri ma'lumotlar koʻrsatilgan
hujjatlar taqdim etilganda (tasdiqlovchi hujjatlar hamda xulosa ilova qilingan
holda);
§
shartnoma boʻyicha kontragent boʻlmagan tovar etkazib
beruvchilar tomonidan tovar etkazib berilganlik faktlari aniqlanganda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan
keyingi oyning 15-sanasiga qadar, koʻrsatilgan faktlar yuzasidan yigʻma ma'lumotni
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga belgilangan shakllarda aloqa
kanallari orqali elektron koʻrinishda joʻnatadi.
Davlat soliq xizmati organlari tijorat banklari va davlat bojxona xizmati
organlaridan olingan ma'lumotni elektron axborot bazalaridagi hamda soliq
organlarida mavjud boshqa ma'lumotlar asosida monitoring qiladi.
Monitoring jarayonida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi
buzilganlik holatlari aniqlanganda, xoʻjalik yurituvchi sub'ektga valyuta operatsiyalarini
amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarni va axborotlarni taqdim etish yuzasidan
yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Soʻrovnoma elektron hujjat tarzida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga
yuboriladi. Yuborilgan hujjat oʻqib chiqilgandan keyin, lekin ushbu soʻrovnoma
joʻnatilgan sanadan e'tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar xoʻjalik yurituvchi sub'ektning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa,
soʻrovnoma Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni
etkazib berish, etkazilganligini tasdiqlash, ma'lumotlarni saqlash va hisobga
olishning yagona milliy tizimidan foydalanilgan holda pochta aloqasi ob'ektlari
tarmogʻi orqali yuboriladi hamda belgilangan nazorat muddatlarida etkazib
berilgan hisoblanadi.
Soʻrovnomada koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va axborotlar soliq organiga
soʻrovnoma olingan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida taqdim etilishi lozim.
Davlat soliq xizmati organlari monitoring natijasida mablagʻlarning
xorijga asossiz oʻtkazilishi yoki tovarlar qiymatini bojxona rasmiylashtiruvida
asossiz ravishda oshirilishi (kamaytirilishi) holatlari bilan bogʻliq shubhali
operatsiyalarni aniqlagan taqdirda tijorat banklari va boshqa davlat organlaridan
ushbu operatsiyalarga oid qoʻshimcha ma'lumotlarni soʻrab olishga haqli.
Monitoringni amalga oshirish jarayonida huquqiy ta'sir choralari
qoʻllanilmaydi va xoʻjalik yurituvchi sub'ektning faoliyati toʻxtatilmaydi.
Monitoring natijalari boʻyicha huquqbuzarlik faktlari sodir etilganligi
tasdiqlanganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻriladi yoki qonunchilik
hujjatlariga muvofiq tegishli choralar koʻrish uchun materiallar huquqni muhofaza
qiluvchi organlarga yuboriladi.
Monitoring natijalari boʻyicha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni
moliyalashtirish bilan bogʻliq holatlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati
organlari bu haqda uch kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga
yozma xabar beradi.
Shuningdek, tashqi savdo shartnomalari boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan
debitorlik qarzdorligi toʻgʻrisidagi ma'lumot asosida:
Tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlar repatriatsiya qilinishini (chet
eldan xorijiy valyutadagi mablagʻlar kelib tushishini yoki belgilangan bojxona
rejimlarida tovarlar respublikaga olib kirilishi va rasmiylashtirilishini, ishlar
bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishini yoki pul mablagʻlarining qaytarilishini)
belgilangan muddatlar tugagandan keyin 30 bank ish kuni (kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun — 60 bank ish kuni) mobaynida
ta'minlamagan xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarga davlat soliq xizmati organi
tomonidan jarima qoʻllash toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi.
Talabnoma xoʻjalik yurituvchi sub'ekt yoki uning vakiliga olganligi va
olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim, soliq toʻlovchining shaxsiy
kabineti mavjud boʻlgan taqdirda, u orqali yuborilishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan talabnoma pochta orqali buyurtma
xat bilan yuborilganda u joʻnatilgan kundan e'tiboran besh kun oʻtganidan soʻng
topshirilgan, shaxsiy kabinet orqali yuborilganda esa keyingi ish kuni xoʻjalik
yurituvchi sub'ekt tomonidan qabul qilib olingan kun deb hisoblanadi.
Talabnomada jarima summasi uni joʻnatish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisoblanadi.
Xoʻjalik yurituvchi sub'ekt davlat soliq xizmati organiga talabnoma olingan
kundan e'tiboran oʻn kun muddatda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan
debitor qarzdorliklarning bartaraf etilganligi yoki jarima summasi ixtiyoriy
ravishda toʻlab berilganligi haqidagi ma'lumot(lar)ni yozma yoki elektron shaklda
tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
Xoʻjalik yurituvchi sub'ekt tomonidan talabnomaga asosan jarima summasi
ixtiyoriy ravishda toʻlangan kundan 90 kun ichida tashqi savdo kontraktlari boʻyicha
valyuta mablagʻlarining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda
«erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar
bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishi ta'minlangan taqdirda, toʻlangan jarima
summasi qisqartirilishi ta'minlangan qarzdorlik miqdoriga mutanosib ravishda
qaytarib beriladi.
Xoʻjalik yurituvchi sub'ekt tomonidan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha
muddati oʻtgan debitor qarzdorliklar ixtiyoriy ravishda toʻlab berilmagan yoxud
toʻlashni rad etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi jarima qoʻllash haqidagi
ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Ariza kiritish sanasida xorijiy valyuta kursi oʻzgargan taqdirda,
talabnomada koʻrsatilgan summa qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Arizada koʻrsatilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha valyuta mablagʻlarining
tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda «erkin muomalaga
chiqarish (import)» bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar
koʻrsatilishi ta'minlangan taqdirda:
jarima qoʻllash masalasi sudda koʻrib chiqilayotgan paytda — arizani
qanoatlantirish qisqartirilishi ta'minlangan qarzdorlik miqdoriga mutanosib
ravishda rad etiladi;
sud hujjati qonuniy kuchga kirmagan vaqtda — ijroga qaratilmaydi.
Moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan
soʻng 90 kalendar kun ichida va uni shu muddat ichida ijro etish paytida arizada
koʻrsatilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻliq miqdorda valyuta
mablagʻlarining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda «erkin
muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar
bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishi ta'minlangan taqdirda — ish yuritish
tugatiladi va majburiy undirish boʻyicha koʻrilgan barcha choralar bekor qilinadi
(davlat soliq xizmati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan), shuningdek, undirilgan jarimalar
xoʻjalik yurituvchi sub'ektning arizasi asosida bank hisobvaragʻiga qaytarib
beriladi.
Bunda undirilgan mablagʻlar:
- undirilgan jarimalar xoʻjalik yurituvchi sub'ektning arizasi asosida
bank hisobvaragʻiga qaytarib beriladi. Bunda undirilgan mablagʻlar:
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro
byurosi depozit hisobvaragʻida saqlanayotgan boʻlsa, Majburiy ijro byurosi
tomonidan;
talabnomaga asosan jarima ixtiyoriy ravishda toʻlangan yoki moliyaviy jarima
qoʻllash toʻgʻrisidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng 90 kalendar
kun ichida tushgan valyuta mablagʻlari yoki respublikaga olib kirilgan hamda «erkin
muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimida rasmiylashtirilgan tovar,
bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar summasi talabnomada koʻrsatilgan
valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisob-kitob qilinadi;
Jarima qoʻllanilgandan keyin tushgan valyuta mablagʻlari yoki respublikaga
olib kirilgan hamda «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimida
rasmiylashtirilgan tovar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar summasi
talabnomada koʻrsatilgan valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisob-kitob qilinadi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng davlat soliq
xizmati organi xoʻjalik yurituvchi sub'ektning shaxsiy varaqasida qoʻllanilgan
jarima summasini hisobga oladi.
Hisobga olingan jarima summasi soliq qarzi sifatida e'tirof etilib,
belgilangan tartibda majburiy undiruv choralari koʻriladi.
Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar) ROʻYXATI
T/r | Hududning qisqa nomi | Hududning toʻliq nomi | Raqamli kodi |
1. | Amerika Samoasi | Amerika (Sharqiy) Samoasi | 101 |
2. | Angilya | Angilya (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 102 |
3. | Andorra | Andorra Knyazligi | 103 |
4. | Antigua va Barbuda | Antigua va Barbuda | 104 |
5. | Aruba | Aruba oroli (Niderlandiya Qirolligi) | 105 |
6. | Bagama orollari | Bagama orollari hamdoʻstligi | 106 |
7. | Barbados | Barbados | 107 |
8. | Beliz | Beliz | 108 |
9. | Bermud orollari | Bermud orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 109 |
10. | Britan hududlari | Hind okeanidagi Britaniya hududlari (Chagos oroli) | 110 |
11. | Bruney-Dorussalom | Bruney-Dorussalom davlati | 111 |
12. | Vayoming shtati | Vayoming shtati (Amerika Qoʻshma Shtatlari) | 112 |
13. | Vanuatu | Vanuatu Respublikasi | 113 |
14. | Virgin orollari | Virgin orollari (Amerika Qoʻshma Shtatlari) | 114 |
15. | Britaniya Virgin orollari | Britaniya Virgin orollari | 115 |
16. | Gvatemala | Gvatemala Respublikasi | 116 |
17. | Gibraltar | Gibraltar (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 117 |
18. | Gonkong-Syangan | Gonkong-Syangan maxsus ma'muriy hududi (Xitoy Xalq Respublikasi) | 118 |
19. | Grenada | Grenada | 119 |
20. | Delaver Shtati | Delaver Shtati (Amerika Qoʻshma Shtatlari) | 120 |
21. | Dominika | Dominika Hamdoʻstligi | 121 |
22. | Dominika Respublikasi | Dominika Respublikasi | 122 |
23. | Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollari | Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 123 |
24. | Djibuti | Djibuti Respublikasi | 124 |
25. | Kayman | Kayman orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 125 |
26. | Kergelen orollari | Kergelen Orollari (Frantsiya Respublikasi) | 126 |
27. | Kipr | Kipr Respublikasi | 127 |
28. | Kiribati | Kiribati Respublikasi | 128 |
29. | Kosta-Rika | Kosta-Rika Respublikasi | 129 |
30. | Kuk orollari | Kuk orollari (Yangi Zellandiya) | 130 |
31. | Labuan | Labuan Federal Hududi (Malay Federatsiyasi) | 131 |
32. | Liberiya | Liberiya Respublikasi | 132 |
33. | Livan | Livan Respublikasi | 133 |
34. | Lixtenshteyn | Lixtenshteyn Knyazligi | 134 |
35. | Mavrikiy | Mavrikiy Respublikasi | 135 |
36. | Madeyra oroli | Madeyra oroli (Portugaliya Respublikasi) | 136 |
37. | Makao-Aomin | Makao-Aomin maxsus ma'muriy hudud (Xitoy Xalq Respublikasi) | 137 |
38. | Maldiv | Maldiv Respublikasi | 138 |
39. | Malta | Malta Respublikasi | 139 |
40. | Marshall orollari | Marshall orollari Respublikasi | 140 |
41. | Monako | Monako Knyazligi | 141 |
42. | Montserrat | Montserrat (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 142 |
43. | Men oroli | Men oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 143 |
44. | Nauru | Nauru Respublikasi | 144 |
45. | Niderlandiya Antillari | Niderlandiya Antil orollari (Niderlandiya Qirolligi) | 145 |
46. | Niue | Niue Respublikasi (Yangi Zellandiya) | 146 |
47. | Normand Gernsi oroli | Normandiya Gernsi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 147 |
48. | Normand Jersi oroli | Normandiya Jersi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 148 |
49. | Normand Olderni oroli | Normandiya Olderni oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 149 |
50. | Normand Sark oroli | Normandiya Sark oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 150 |
51. | Palau | Palau Respublikasi | 151 |
52. | Panama | Panama Respublikasi | 152 |
53. | Pitkern | Pitkern (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 153 |
54. | Puerto-Riko | Puerto-Riko (Amerika Qoʻshma Shtatlari) | 154 |
55. | Samoa | Samoa Mustaqil Davlati | 155 |
56. | San-Marino | San-Marino Respublikasi | 156 |
57. | Seyshel Orollari | Seyshel orollari Respublikasi | 157 |
58. | Sen-Marten (Sint-Marten) | Sen-Marten (Sint-Marten) (Niderlandiya Qirolligi) | 158 |
59. | Sent-Vinsent va Grenadin | Sent-Vinsent va Grenadin | 159 |
60. | Sent-Kits va Nevis | Sent-Kits (Sent-Kristofer) va Nevis Federatsiyasi | 160 |
61. | Sent-Lyusiya | Sent-Lyusiya | 161 |
62. | Terks va Kaykos | Terks va Kaykos orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 162 |
63. | Tonga | Tonga Qirolligi | 163 |
64. | Urugvay | Sharqiy Urugvay Respublikasi | 164 |
65. | Fidji | Fidji Respublikasi | 165 |
66. | Filippin | Filippin Respublikasi | 166 |
67. | Frantsuz Polineziyasi | Frantsuz Polineziyasi (Frantsiya Respublikasi) | 167 |
68. | Shri-Lanka | Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi | 168 |
69. | Yamayka | Yamayka | 169 |
I. Quyidagi hollarda tovarlar (maxsus
tovarlardan tashqari), ish va xizmatlarni eksport qilish huquqingiz mavjud:
summasidan qat'iy nazar:
Xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan hollarda butunjahon Internet tarmogʻi
orqali:
• bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSh dollarigacha;
• xaridor bilan yozma shartnoma tuzmasdan;
• barcha yuridik va jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro
amaliyotga muvofiq hisobot yuritgan holda;
• Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga
axborot kiritmasdan;
• pochta aloqa xizmatlari koʻrsatish qoidalariga muvofiq;
• bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan.
Jismoniy shaxslar:
• umumiy qiymati 5 ming AQSh dollarigacha;
• bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan.
Tadbirkorlik sub'ektlari mazkur talablar va shartlar bilan eksport
qilganlarida qoʻshilgan qiymat soligʻining nol darajali stavkasi qoʻllaniladi va
buning natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summasini qaytarib olish huquqiga ega.
Bunda, qayd qilingan talab va shartlar eskportni tasdiqlovchi hujjat boʻlib
hisoblanadi.
II. Tadbirkorlik sub'ektlariga 2017
yilning 5 sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari boʻyicha hosil boʻlgan
kreditor qarzdorliklarni hisobdan chiqarish boʻyicha:
• boshqaruv organlari qaror qabul qilganida;
• hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summasiga soliqlar hisoblanmaydi.
III. Tadbirkorlik sub'ektlariga 2017
yil 1 dekabrdan boshlab tovarlarni (maxsus tovarlardan tashqari), ishlar va
xizmatlarni eksport qilish boʻyicha quyidagi huquq berilgan:
• eksport kontrakti tuzmasdan;
• invoys asosida;
• eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisob
raqamlariga oldindan toʻlov 100 foiz tushgandan soʻng;
• Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ma'lumotlarni kiritish sharti bilan.
Eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan — intizomli soliq to‘lovchilar |