Soliq xavfini
tahlil qilish va natijalarini baholash Davlat soliq qoʼmitasining
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning avtomatlashtirilgan tizimi
orqali yuritiladi.
Bu qanday
ishlaydi.
Soliq organlari
maxsus dasturiy mahsulot orqali soliq toʼlovchilar toʼgʼrisidagi ichki va
tashqi manbalardan olingan maʼlumotlarni ishlab chiqilgan mezonlar asosida
tahlil qiladi:
Misol uchun,
- davlat soliq
xizmati organlari oldida soliq qarzdorligining doimiy yuzaga kelishi;
- hisobotlarni
taqdim etish muddatidan kechiktirib taqdim etilganligi;
-xronometraj
koʼzdan kechirish oʼtkazilgandan keyingi davrlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)
realizatsiyasidan tushgan tushumlar kamayib ketganligi;
-hisobvaraq-fakturalari
orqali kirim qilingan tovarlar hajmiga nisbatan oʼrtacha oylik tushumlarining
farq qilishi;
- xoʼjalik
yurituvchi subʼektlarning topshirilgan naqd (plastik) pul mablagʼlari bilan
hisobotida koʼrsatgan tovar aylanmasining kamaytirib koʼrsatilganligi;
- rasmiy
tartibda buxgalteriya hisobini yuritish uchun hisobchi (buxgalter) roʼyxatga
olmagan xoʼjalik yurituchi subʼektlar.
Dasturiy
mahsulot olingan maʼlumotlarning toʼliq tahlilini oʼtkazadi va ball tizimida
soliqqa oid huquqbuzarlik darajasi boʼyicha yakuniy natijani beradi.
Oqibatlari:
Аvtomatlashtirilgan
dasturiy mahsulot orqali soliq xavfi mezonlari asosida, avtomatik ravishda ball
tizimida baholangan tadbirkorlik subʼektlari soliq huquqbuzarligining xavflilik
darajasidan kelib chiqib quyidagi uchta guruhga boʼlinadi:
a) soliq xavfi
yuqori boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari (qizil yoʼlak);
b) soliq xavfi
oʼrta boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari (sariq yoʼlak);
v) soliq xavfi
past boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari (yashil yoʼlak).
Soliq xavfi
yuqori (qizil yoʼlak) boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari shaxsiy kabineti orqali
davlat soliq xizmati organi tomonidan xabardor qilinadi hamda Oʼzbekiston
Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq auditi tayinlanadi.
Soliqqa oid
huquqbuzarlik sodir etish xavfi oʼrtacha (sariq yoʼlak) boʼlgan tadbirkorlik
subʼektlari Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda
kameral tekshiruvidan oʼtkaziladi.
Davlat soliq
xizmati organlari tomonidan soliq xavfi past boʼlgan tadbirkorlik subʼektlariga
soddalashtirilgan “yashil yoʼlak” tartibida xizmat koʼrsatiladi va tekshirish
tadbirlari tayinlanmaydi.